14
3 – LABORATORIYA ISHI
KRIVOSHIP-SHATUN MEXANIZMI TUZILISHI VA
ISHLASH PRINSIPINI O‘RGANISH
3.1. Ishdan ko‘zda tutilgan maqsad:
Talabalarni
krivoship-shatun
mexanizmiining
vazifasi
va
dvigatelda kuchlarni uzatish va harakatni boshqa turga aylantirib
berishdagi roli bilan tanishtirish. Mexanizmning asosiy detallarini va
ularning dvigatel ish jarayonidagi rolini ko‘rsatish.
3.2. Ish bo‘yicha qisqacha nazariy ma’lumotlar
Krivoship-shatunli mexanizm porshenning ilgarilanma-qaytma
harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga o‘zgartirib beradi.
3.1 - rasm. Bir silindrli porshenli ichki
yonuv dvigateli krivoship-
shatunli mexanizmi: 1- silindr; 2 – silindr kallagi; 3 – karter;
4 – porshen, 5 – porshen barmog‘i; 6 – shatun; 7 – tirsakli val;
8 – maxovik
15
Krivoship-shatunli mexanizm quyidagi detallardan tashkil
topgan: silindrlar bloki, silindrlar blokining kallagi, silindr gilzalari,
porshen
va porshen halqalari, porshen barmoqlari, shatunlar, tirsakli
val va uning podshipniklari (vkladishlari), maxovik va dvigatel
karteri.
Silindrlar bloki
dvigatelning asosiy bazis detali bo‘lib, u
tuzilishi jihatidan nisbatan murakkab hisoblanadi.
Shuning uchun
silindrlar blokini tayyorlash nisbatan qimmatga tushadi. Silindrlar
blokini ishlash muddatini oshirish maqsadida yuk avtomobili va ayrim
yengil avtomobili dvigatellarida uni gilzali qilib tayyorlanadi.
Silindrlar bloki kallagi
alyuminiyli qotishmadan tayyorlanadi.
Bunday kallaglar yengil va issiqlikni yaxshi o‘tkazuvchan bo‘ladi.
Bunday xususiyat dvigatelning siqish darajasini, quvvatini yonilg‘i
tejamligini oshirish imkoniyatini beradi.
Silindr ichida sodir bo‘ladigan ish siklining barcha jarayonlari
porshen
yordamida bajariladi. Porshen
yuqori bosim va harorat
sharoitida ishlaydi, bundan tashqari unga o‘zgaruvchan inersiya
kuchlari ta’sir etadi. Shuning uchun porshen quyidagi talablarga javob
berishi kerak: issiqlik o‘tkazuvchan, yedirilishga chidamli va yengil
bo‘lishi kerak.
Porshen halqalari
o‘zining vazifasiga ko‘ra kompression va
moy sidirgichli bo‘ladi. Kompression halqalar
porshenning silindrda
jipsligini ta’minlaydi. Natijada porshen yuqorisidagi gazlarni karterga
o‘tishidan saqlaydi. Moy sidirgich halqalar silindr yuzasidagi ortiqcha
moylarni sidirib karterga qayta tushiradi. Shu bilan moylarni yonish
kamerasiga o‘tib ketishidan saqlaydi. Porshen halqalari maxsus
cho‘yandan tayyorlanadi. Ayrim hollarda po‘latdan ham tayyorlanishi
mumkin.
Porshen barmog‘i
porshen bilan shatunni o‘zaro sharnirli holda
biriktirib turadi. Porshen barmog‘ini nisbatan yengil bo‘lishligi uchun
uni kavakli qilib tayyorlanadi.
Shatun
porshenni tirsakli valning shatun bo‘yni bilan
birlashtiradi. Shatun, shuningdek porshenning to‘g‘ri
chiziqli
ilgarilanma-qaytma harakatini tirsakli valning aylanma harakatiga
o‘zgartirib berishga ham xizmat qiladi.
Tirsakli val
porshen orqali shatundan berilayotgan kuchni qabul
qilib aylanma harakat qiladi.
16
Maxovik
dvigatelning ishlashi jarayonida tirsakli valning bir
tekis aylanishini ta’minlaydi. Ish yo‘li taktida maxovik energiya yig‘ib
qo‘shimcha taktlarning bajarilishida va porshenning,
chekka
nuqtalardan o‘tishida tirsakli valning aylanishiga yordam beradi.
Yig‘ilgan energiya hisobiga dvigatel o‘t olishini osonlashtiradi va
avtomobilning o‘rnidan qo‘zg‘alishini yengillashtiradi.
Dostları ilə paylaş: