32
Kiritish quvurlari
karbyuratorni aralashtirgich bo‘linmasining
kiritish klapani tuynuklari bilan tutashtirib,
yonuvchi aralashmani
karbyuratordan dvigatel silindrlariga yuborish uchun xizmat qiladi.
7.1 – rasm. Karburatorli dvigatel ta’minlash tizimining sxemasi:
1 – havo filtri; 2 – karbyurator; 3 – kiritish quvuri; 4 – chiqarish
quvuri; 5 – naycha; 6 – yonilg‘i nasosi; 7 – filtr-tindirgich;
8 – so‘ndirgichning qabul qiluvchi trubasi; 9 – naycha; 10 – shovqin
so‘ndirgichi; 11 – chiqarish quvuri; 12 – yonilg‘i baki; 13 – yonilg‘i
quyish bo‘g‘zi; 14 – qopqoq; 15 – qalqovichli qurilma; 16 – yonilg‘i
zaxirasini ko‘rsatuvchi asbob.
Avtomobil dvigatelining
gaz chiqarish tarmog‘i
chiqarish quvuri
va so‘ndirgich (glushitel) dan iborat. Chiqarish quvurining bir tomoni
chiqarish klapanlarining kanallari, ikkinchi
tomoni esa qabul quvuri
orqali so‘ndirgich bilan birlashgan.
Dvigatel silindrlaridan ishlatilgan gazlar katta tezlikda shiddat
bilan harakatlanib, alanga va uchqun aralash
shovqin hamda shitob
bilan tashqariga chiqadi. Bu kamchilikni kamaytirsh uchun chiqarish
quvuriga qabul qilgich quvurchasi va so‘ndirgich o‘rnatilgan. Yengil
avtomobillarga asosiy so‘ndirgichdan
oldin ishlatilgan gazlarni
kengaytiruvchi birlamchi so‘ndirgich qo‘yiladi. Bunday qo‘shimcha
so‘ndirgich yordamida kengaytirilgan gazlar soviydi va ularning
jamgarilgan energiyasi birmuncha kamayadi.
Dostları ilə paylaş: