O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta Maxsus Ta’lim Vazirligi Islom Karimov nomidagi Toshkent Davlat Texnika Universiteti Geologiya-Qidiruv va Kon-Metallurgiya Fakulteti Marksheyderlik ishi va Geodeziya Kafedrasi Yer Kadastri fanidan


Kadastr yig‘majildiga o‘zgartirishlar kiritish



Yüklə 0,81 Mb.
səhifə15/22
tarix02.12.2023
ölçüsü0,81 Mb.
#171598
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22
Furqat yer kadastiri kurs ishi

Kadastr yig‘majildiga o‘zgartirishlar kiritish
46. Kadastr yig‘majildiga o‘zgartirishlar ko‘chmas mulk obyektiga bo‘lgan huquq egalarining yoki ular ishonchli vakillarining talablariga muvofiq tegishli tartibdagi murojaatlari asosida kiritiladi.
47. Bino va inshootlarning konstruktiv qismlari, xonalar soni o‘zgartirilgan holda rekonstruksiya qilinganda, ular qaytadan texnik xatlovdan o‘tkaziladi hamda shu asosda bino va inshootlarning kadastr ma’lumotlari qaytadan tayyorlanadi.
48. Bino va inshootlarning konstruktiv qismlari, xonalar soni o‘zgarmagan holda unga nisbatan huquq turi va (yoki) huquq egasi o‘zgargan taqdirda, ko‘chmas mulk obyektiga qaytadan kadastr yig‘majildini tayyorlash taqiqlanadi.
49. O‘zbekiston Respublikasining davlat sirlari bilan bog‘liq (maxfiylik rejimidagi) bo‘lgan ko‘chmas mulk obyektlari bo‘yicha kadastr yig‘majildini tayyorlash uchun ko‘chmas mulkni balansida saqlovchi tashkilot yoxud ularning ishonchli vakillari tomonidan to‘g‘ridan to‘g‘ri Davlat kadastrlari palatasining hududiy boshqarmalariga murojaat qilinadi.
50. Kadastr yig‘majildiga o‘zgartirishlar kiritishda Davlat kadastrlari palatasining elektron arxivi hamda tegishli tuman (shahar) filiallari arxivida saqlanayotgan qog‘oz nusxasiga ham tegishli o‘zgartirishlar kiritiladi. Bunda kadastr yig‘majildining arxivda saqlanayotgan nusxasida mavjud bo‘lgan hujjatlarni olib tashlashga yo‘l qo‘yilmaydi, yangi holatlarni tasdiqlovchi hujjatlar kadastr yig‘majildiga yangilanishi bo‘yicha qo‘shib boriladi.
Kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida kadastr pasportini rasmiylashtirish
51. Ko‘chmas mulk obyektini kadastr hisobiga olish va kadastr yig‘majildini shakllantirish natijasida ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha elektron shaklda kadastr pasporti rasmiylashtiriladi.
Kadastr pasportida mulkdor va huquqni belgilovchi hujjatlar haqidagi ma’lumotlar aks ettirilmaydi.
52. Kadastr pasportining shakllari quyidagi turlar bo‘yicha belgilanadi:
ko‘p kvartirali uydagi turar joyning kadastr pasporti;
yakka tartibdagi turar joyning kadastr pasporti;
noturar joy toifasidagi ko‘chmas mulk obyektining kadastr pasporti;
yer uchastkasining kadastr pasporti;
ko‘p kvartirali uydagi noturar joyning kadastr pasporti;
qurilishi tugallanmagan obyektning kadastr pasporti;
ko‘p yillik daraxtning kadastr pasporti;
maxsus inshootlarning kadastr pasporti;
ko‘p kvartirali uyning kadastr pasporti.
53. Ko‘chmas mulk obyektiga kadastr pasporti quyidagi hollarda rasmiylashtiriladi yoki qayta rasmiylashtiriladi:
ko‘chmas mulk obyekti bo‘yicha birlamchi xatlov ishlari bajarilganda;ko‘chmas mulk obyektining bir qismi begonalashtirilganda yoki yer uchastkasi alohida bo‘linganda (bunda ko‘chmas mulk obyektining ikki qismiga alohida kadastr pasporti shakllantiriladi);
yer uchastkasining maydoni yoki chegara nuqtalari o‘zgarganda;
ko‘chmas mulk obyektining manzilini belgilashda yoki o‘zgartirishda;
ko‘chmas mulk obyektining toifasi o‘zgarganda.
54. Ko‘chmas mulk obyektining pasporti qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda rasmiylashtiriladi.

Yüklə 0,81 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   22




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin