213
qilish, bajarilayotgan ishlarda sifat ko‘rsatkichlarini meyoriy xujjatlar
darajasida saqlab qolish hisoblanadi.
ATXKS da sifatni nazorat qilish mashinani qabul qilishda, chiqarib
yuborishda va bajarilgan ish bo‘yicha baholanadi.
Qabul qilishdagi va chiqarib yuborishdagi
nazoratlar injner-texnik
hodimlar tomonidan amalga oshiriladi.
TXK va JT uchun qabul qilinayotgan avtomobillar to‘liq jamlangan
bo‘lishi kerak. Avtomobil yoki agregatda yuzaga kelgan nosozlik, uni
tabiy ishlash oqibatida, masalan detallarni eyilishi natijasida kelib chiqqan
bo‘lishi lozim.
Avariyaga uchragan avtomobillar O‘zbekiston IIV YXX hodimlari
tomonidan berilgan akt mavjud bo‘lgan holda, tubdan ta’mirlash (TT)
talab etilmasdan, bu ishlarni ATXKS bajarish imkoni bo‘lsa qabul qilinishi
mumkin.
Agarda avtomobilning kabinasi yoki ramasi mashinani ishlatishga
yaroqsiz bo‘lsa, kamida uchta agregat TT shi lozim bo‘lsa, u holda bunday
avtomobillar TXK va JT uchun qabul qilinmaydi.
Bajarilgan ishlarni sifatini nazorat qilish biron operatsiya yoki
texnologik jarayon tugaganidan so‘ng ish joyida amalga oshiriladi. Bu
ishni nazorat komisuyasi yoki ishni bajaruvchi
masul shaxs bajarishi
mumkin.
Ishlar bajarilib bo‘lingandan so‘ng qabul qilishdagi nazorati – bu
barcha ishlar yakunlangandan so‘ng nazorat qilinib, ob’ekt ishlatishga
yaroqli ekanligi aniqlanadi.
Avtomobillarga TXK va JT ishlari bajarilganidan so‘ng qabul qilish
avtomobilning ishlatishdagi sifat ko‘rsatkichlari; ishni bajarish imkoniyati;
xafsizlik ko‘rsatkichlari; ekologik ko‘rsatkichlar; xizmat ko‘rsatish
ko‘rsatkichlar va estetik ko‘rsatkichlar bo‘icha nazorat qilinadi.
ATXKS laridan avtomobillarni chiqarib yuborishda akt tuziladi va
kerakli jurnalga yozib qo‘yiladi. TXK bajarilgan avtomobilga talon
beriladi. Avtomobilda TXK va JT da bajarilgan ishlar akt bo‘yicha qabul
qilinadi va buyurtma-naryadi tuziladi.
TXK
va JT ishlarini bajarish uchun, kerakli materialni olish
vedomosti tuziladi. Bajarilgan TXK va JT ishlari davomida
diagnostikalash xaritasi ham to‘ldiriladi.
214
Xulosa
Korxonaning ta’mirlash-texnik bazasi mashinalarga TXK va JT
tizmining asosini tashkil etadi, u o‘z ichiga ishlab chiqarish ob’ektlari,
mashinalarga xizmat ko‘rsatish ko‘chmas va ko‘char
vositalarini qamrab
olgan.
Kerakli bunday bazalarni tashkil qilish va uni zamonaviy texnik
vositalar bilan jihozlash mashinalarning ishonchli ishlashiga zamin
yaratadi.
Nazorat savollari
1.
Mashinalarga
texnik xizmat ko‘rsatish vositalari qanday
turkumlanadi?
2.
Xo‘jalik va brigadaning ta’mirlash-texnik bazasining asosiy
elementlarini keltiring.
3.
Markaziy ta’mirlash ustaxonalarida mashinalarni diagnostikalash va
xizmat ko‘rsatish uchun bo‘limlar qanday jihozlar bilan jamlanadi?
4.
Avtomobillarga texnik xizmat ko‘rsatish
stansiyalarida qanday
postlar tashkil qilinadi?
5.
Avtomobillarga
texnik
xizmat
ko‘rsatish
stansiyalarida
avtomobillarni diagnostikalash bo‘yicha qanday ishlar bajariladi?
6.
Qishloq sharoitida TXK, diagnostikalash va ta’mirlash texnik
bajalari deganda nimani tushinasiz?
7.
Zamonaviy qishloq xo‘jaligi klasterlarida joylashgan texnik bajada
TXK, diagnostikalash va ta’mirlash bo‘yicha qanday ishlar
bajariladi?
8.
Traktorlarga TXK, diagnostikalash va ta’mirlash
hdudida qanday
bo‘limlar joylashadi?
9.
Avtomobillarga TXK, diagnostikalash va ta’mirlash hdudida qanday
bo‘limlar joylashadi?
10.
Don o‘rish kombayinlariga TXK, diagnostikalash va ta’mirlash
hdudida qanday bo‘limlar joylashadi?
11.
Texnikani saqlashga qo‘yish postida qanday jihozlar
joylashtiriladi?
12.
Shinomantaj,
kameralarni
yamash
va
balansirovkalash
bo‘limida qanday jihozlar joylashtiriladi?