4
hodimlari, boshqalar singari moliyaviy qiyinchiliklarga to‘g‘ri keldilar.
Bularning bari narxi qimmat bo‘lmagan, birinchi
navbatta texnik xizmat
ko‘rsatish uchun mo‘ljallangan vositalarni yaratishga sababchi bo‘ldi.
Bularga misol qilib o‘sha vaqtlarda yaratilgan dvigatellarni
diagnostikalash priborlari; silindrni germetikligini
aniqlash analizatori va
forsunka hamda plunjer juftliklarini texnik holatini baholovchi
mexanotestorlarni keltirish mumkin.
Ilmiy tekshirish inistitutida diagnostikalash va mashinaning texnik
holatini nazorat qilish uchun kompyuter programmalari yaratildi. Ularning
yordamida mashinalarni
diagnostikalash algoritmi, sifat ko‘rsatkichlari
bo‘yicha mashinani nosozligini aniqlash; qism va agregatlarni qoldiq
resursini aniqlash usullari yaratildi.
XXI asrning boshlanishidan ishlab chiqarilayotgan ko‘pgina
zaminaviy qishloq xo‘jaligi mashinalari yuqori samaradorligi bilan ajralib
turishi bilan bir qatorda, o‘ziga o‘rnatilgan turlicha electron priborlar bilan
ajralib turadi. Ko‘pgina zamonaviy boshqarish
avtomatik tizimlar va
diagnostikalash vositalari o‘rnatilmoqda. Shu sababli ushbu bo‘lg‘usi
xizmat ko‘rsatish soxalarida faoliyat yurituvchi mutaxasislarni ushbu
adabiyot bilan chuqurroq tanishishi faqatgina ular uchun foyda
xisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: