O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti s. T. Yunusxo‘jayev


  I bob. MASHINALARNI TEXNIK DIAGNOSTIKALASH



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/117
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#193188
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117
DIAGNOSTIKALASH.DARSLIK.Yunusxo`jayev

 



I bob. MASHINALARNI TEXNIK DIAGNOSTIKALASH 
1.1. Traktor va mashinalarni texnik ishlatish va diagnostikalash
faning vazifalari 
 
Texnik ishlatish (ekspluatatsiya) mazmuni
. Mashinalarning 
ishlatilish avvalo ularni loyihalash, ishlab chiqarish, ishlatish va 
ro‘yxatdan o‘chirish davriga bo‘linadi. Mashinalarni ishlatish davrini 
uzaytirish uchun uning sifat ko‘rsatkichlarini saqlab qolish va qaytadan 
saqlashga etibor berilishi kerak. 
Odatda ishlatish ishlab chiqarish va texnik ishlatish bosqichlariga 
bo‘linadi. 
Ishlab chiqarishdagi ishlatish
mashinani (jihozni mo‘ljallangan 
maqsadda kerakli maxsulotni olish uchun qo‘llashga aytiladi. 
Texnik ishlatish
– mashinalarning amaliy faoliyati bo‘lib – bu texnik, 
iqtisodiy, tashkiliy va o‘z ichiga shularga o‘xshash tadbirlarni oladiki, ular 
mashinani isga qobiliyatligini saqlab turish, buzilmasligini, texnik 
nosozligi sababli bekor turib qolmasligini taminlashdan iborat. 
Mashinalarni texnik ishlatish fan sifatida mashinaning texnik 
holatidan samarali foydalanish, yuqori samaradorlikka, kam moliyaviy va 
moddiy harajatlar oqibatida erishish yo‘llarini izlab topishga qaratilgan.
Mashinalarni texnik ishlatish o‘z ichiga obkatka, texnik xizmat 
ko‘rsatish, diagnostikalash, ta’mirlash, saqlash, texnik ko‘ruv va 
ekspluatatsion materiallar bilan taminlashni o‘z ichiga oladi. 
Mashinalarni texnik ishlatishda (ekspluatatsiya) ishlatiladigan asosiy 
atamalar

Texnik holat
– mashinani ishlatish davrida o‘zgaradigan sifat 
ko‘rsatkichlari. Bu hxusiyatlar mashinani mo‘ljallangan vazifasi bo‘yicha, 
kerakli texnik xujjatlardagi sifat ko‘rsatkichlari bilan namoyon bo‘ladi. 
Texnik holatning quydagi turlari mavzud: ishga sozlangan, buzilgan, 
ishgayaroqli va ishga yaroqsiz. 
Ishga sozlangan
bu ob’ektning har tomonlama meyoruy-texnik va 
konstruksion xujjatlardagi talablarni qoniqtirishi tushiniladi. 
Ishga yaroqlilik
bunda ob’ektning holati, undan olinayotgan barcha 
ko‘rsatkichlarning qiymati, meyoriy-texnik va konstruksion xujjatlardagi 
talablatga javob beradi.
Mashina nosoz bo‘lib, ishga yaroqli bo‘lishi mumkin. Masalan, 
korpusdagi biron joyi jaroxatlangan-pachoq yoki bo‘yoqlari to‘kilgan 



bo‘lishi, lekin u to‘liq ishga yaroqli (ish unumdorligi, yonilg‘i sarfi va 
sh.o‘xsh.) bo‘lishi ham mumkin. Bu holda u ishga yaroqsiz hisoblanadi
chunki barcha meyoriy-texnik va konstruksion talablarni qoniqtirmaydi. 
Sotuv oldi xizmat ko‘rsatishda
ishlab-chiqaruvchi korxonadan 
olingan texnikani ishlatishga va so‘ngra sotishga tayyorlash tushiniladi.
Odatda 
obkatkalash
jarayoni yangi ishlab chiqarilgan yoki tubdan 
ta’mirlangan mashinalarda sekin astalik bilan yuklash ortirib boriladi, bu 
turli usullar bilan ishlov berib tayyorlangan detallarning yuzalari, ya’ni bir-
biri bilan ishqalanib ishlaydigan yuzalarni bir-biriga moslashishi uchun 
sharoit yaratib beriladi. Yangi mashinalarni obkatkalash jarayonini sotuv 
oldi xizmat ko‘rsatish vaqtida bajarish tafsiya qilinadi. 
Texnik xizmat ko‘rsatish
– mashinaning ishga yaroqliligi yoki sozlik 
holatini saqlab turish uchun bajariladigan bir qancha ishlar jamlamasi. 
Quyish (zapravka)
– mashinaning baki, karteri va boshqa yonilg‘i, 
moylash materiallari idishlarini (sovitish, moylash, elektrolit, yonilg‘i)
suyuqliklar bilan to‘ldirish). 
Mashinalarni saqlash
– mashinalarni qo‘yilgan joylarida o‘rnatilgan 
talablar bo‘yicha saqlash. 
Mashinalarni texnik ko‘ruv
– ma’lum ishlar jamlamasini bajarishdan 
avval mashinani tayyorlik darajasini, xafsizlik talablariga javob berishini 
va inson salomatligiga zarar ko‘rsatmasligini nazorat qilish uchun 
bajariladigan bir qancha nazorat ishlari jamlamasi. 
Mashinalarni diagnostikalash
– mashinani qismlarga ajratmasdan 
yoki qisman ajratib texnik holatini aniqlash. 
Mashinalarni ta’mirlash
– mashinalarni ishga yaroqlilik hxusiyatini 
yoki uning tarkibidagi qismlarini resursini tiklash uchun bajariladigan 
ishlar jamlamasi.
Ishlatilayotgan m
ashinalarni modernizatsiyalash
– mashinaning sifat 
ko‘rsatkichlarini yaxshilash uchun uning tashkil etuvchilarini huddi 
shunday tuzilishdagi yuqori sifatli boshqasiga yoki tuzilmaning boshqa 
konstruksiyadagi yig‘ma birlikka almashtirish uchun bajariladigan ishlar 
jamlamasi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin