18
1.3. Diagnostikalash asosiy tushunchalari
Sifat ko‘rsatkichlar
– son ko‘rsatkichlarini hisobga olmagan holda
ob’ektning texnik holatini aniqlovchi ko‘rsatkichlar: moyni, yonilg‘ini,
siljib yo‘qolishi, taqillashlarning mavjudligi va boshqalarni hisobga oladi.
Bu ko‘rsatkichlar insonning sezish organlari yordamida aniqlanadi.
Texnik holatining ko‘rsatkichlari
– turli fizik kattalaklar bo‘lib,
ob’ektni ishga yaroqliligini yoki sozligini belgilovchi turli fizik
kattaliklar.
Diagnostikalash ko‘rsatkichlari
– mashinaning texnik holatini
aniqlash uchun qo‘llaniladigan (xarorat, shovqin,
tebranish, bosim,
kuchlanish, tok kuchi va boshqalar) ko‘rsatkichlar.
Bu ko‘rsatkichlar nominal, ruxsat etilgan va chegaraviy qiymatlarga
bo‘linadi.
Ko‘rsatkichlarning nominal qiymatlari
П
н
– yangi ishlab chiqarilgan
yoki tubdan ta’mirlangan (TT) mashinalar uchun texnik xujjatlarda
belgilangan dastlabki qiymatlar.
Ruxsat etilgan qiymatlar
П
д
– nazorat
qilinib bu qiymatlar
aniqlanganidag so‘ng mashina ishlatish uchun ruxsat beriladi, chunki
mashina bu ko‘rsatkichlar bilan navbatdagi TXK yoki ta’mirlashlargacha
ishonchli ishlashi mumkin.
Ko‘rsatkichlarning chegaraviy qoymatlari
П
п
– diagnostikala–
nayotgan ob’ektda
bunday qiymatlarni anqlanishi, uning buzilish
bo‘sag‘asida turganligi yoki buzilganligidan dalolat beradi.
Texnik diagnostikalash – ob’ektning texnik holati bo‘yicha ma’lum
aniqlik bilan diagnostikalanayotgan jarayon. Texnik holatini aniqlanishi
zarur bo‘lgan ob’ekt sifatida maxsulot,
uning tashkil topuvchilari,
elementlari diagnostikalash ob’ekti bo‘lib xizmat qilishi mumkin.
Diagnostika – ob’ektni qismlarga ajratmasdan yoki qisman ajratib
texnik holatini aniqlash nazariyasi, usullari va vositalarini o‘rganuvchi
ilmiy fan hisoblanadi.
Ma’lum vaqt t davomida buzilmasdan ishlash extimoli
– bu qiymat,
ob’ektlar
m
sonini
statistic qiymatini,
t
vaqtgacha buzilmasdan
ishlaganligi,
n
sonli ob’ektlarga nisbatan, dastlabki ishchi holatiga nisbati
(n → ∞), p=m/n.
Qoldiq resurs
– bashorat qilinayotgan
vaqtdan chegaraviy holatga
o‘tguncha, buzilmasdan ishlash extimoliy muddati.