23
resursli ko‘rsatkichlarga turli brikmalarning, masalan gilza-porshen
oralig‘idagi, asos va shatun bo‘yinchasidagi podshipniklarning
tirqishlarning
qiymatlari, hamda karterga singib o‘tayotgan gazning
sarfi kabi ko‘rsatkichlar hizmat qiladi.
Ta’mirlash oldi va ta’mirlangandan keying diagnostikalash
odatda mashinalarni ta’mirlashdan avval va ta’mirlash (joriy yoki
tubdan ta’mirlashda) vaqtida bajariladi.
Bunday diagnostikalashdan
maqsad mashinaning agregat va tashkil topuvchi qismlarini resursini
tekshirish hisoblanadi.
Ta’mirlangandan keying diagnostikalash
bajarilgan ta’mirlash
ishlarining sifat ko‘rsatkichlarini tekshirish, bu ko‘rsatkichlarni
mashinani faoliyat ko‘rsatishi uchun va navbatdagi ta’mirlash
ishlarigacha ishonchli ishlashini kafolatlash uchun amalga oshiriladi.
Bunday diagnostikalash ob’ekti agregat
yoki toliq jamlangan
mashina bo‘lishi mumkin.
Mashinani ro‘yxatdan o‘chirishdan avvalgi diagnostikalash
odatda mashina o‘zining ishlash muddatini o‘tab bo‘lganidan so‘ng,
korxonaning umumiy ro‘yxatidan o‘chirish vaqtida bajariladi. Bu
jarayonning asosiy vazifasi ro‘yxatdan o‘chirilayotgan mashinaning
agregatlarining qaysi birini boshqa shunday mashinalarni ishlatishda
qo‘llash mumkinligi nazorat qilinadi. Amaliyotdan ma’lum bo‘lganki
ro‘yxatdan o‘chirilayotgan mashinalarning deyarli 50 % agregatlarini
maxsus TXK yoki T ishlari bajarilganidan so‘ng,
shu turkumdagi
mashnalarga o‘rnatib ishlatish mumkin ekan.
Dostları ilə paylaş: