O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti s. T. Yunusxo‘jayev


Mashinaning asosiy qismlarini va tizimlarini diagnostikalash



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə18/117
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#193188
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   117
DIAGNOSTIKALASH.DARSLIK.Yunusxo`jayev

Mashinaning asosiy qismlarini va tizimlarini diagnostikalash

Mashinaning asosiy qismlarini yoki bazi tizimlarining texnik holati bir 
qancha diagnostikalash ko‘rsatkichlar bo‘yicha aniqlanadi. Buning uchun 
o‘lchamlarning hajmi va aniqlash ketma-ketligi aniqlanadi. Aniqlanadigan 
ko‘rsatkichlarning ichida umumlashgan va xsusiy ko‘rsatkichlar 
belgilanadi. Umumlashgan ko‘rsatkichlar elementning umumiy holatini 
baholasa, hsusiy ko‘rsatkich – elementni chuqurroq o‘rganish natizasida 
aniqlangan holatini baholaydi.
Umumlashgan ko‘rsatkichlar ko‘pincha tizimni diagnostikalashda 
qo‘llaniladi. Bunday o‘lchashlar uncha murakkab bo‘lmay, tezlikda 
bajarishga mo‘ljallangan. Umumlashgan ko‘rsatkichlarga qo‘yilgan 
talablar asosan tizimni o‘z vazifasini bajarishi uchun zarur chiqarish 
ko‘rsatkichlarini (texnik ko‘rsatkichlarni) qoniqtirishi lozim. Bu 
ko‘rsatkichlar mashinani faoliyat yuritishi, ko‘pchilik holatlarda resursni 
diagnostikalashda etarli hisoblanadi.
Umumlashtirilgan ko‘rsatkichlarni aniqlab, tizimning (qismni) ishga 
yaroqliligi yoki yaroqsizligi aniqlanadi. Agarda yaroqli bo‘lsa 
diagnostikalash to‘xtatiladi, ikkinchi holatda esa nosozlikning sababi 
aniqlanguncha tekshirish davom ettiriladi.
Elementlarning diagnostikalash texnologiyasini uning holatini 
baholash extimollari va bu ko‘rsatkichlarni tasdiqlovchi ma’lumotlarni 
aiqlashga asoslangan. Extimollar aniqlangan ma’lumotlarning o‘rtacha 


35 
qiymatiga asoslanadi. Diagnostikalashdagi har bir qadam undan avvalgi 
bajarilgan ishlarning natizasiga bog‘liq holda amalga oshiriladi.
Elementni chuqur diagnostikalash, umumlashtirilgan ko‘rsatkichning 
qiymati ruxsat etilgan qiymatdan tashqarida joylashgan bo‘lganida 
bajariladi. Nosozlikni aniqlash uchun elementning diagnostikalash 
ko‘rsatkichlari mustaqil aniqlanadi. Nosozlikni aniqlash ketma-ketligi 
quyidagicha, avval ish hajmi yuqori bo‘lmagan nazorat ishlari bajarilib tez 
buzilushga ega qismlar tekshiriladi.
Elementning diagnostikalash texnologiyasini ishlab chiqarishda 
aniqlangan 
ko‘rsatkich 
tanlangan 
texnologik 
xaritadagi 
barcha 
jarayonlarga tadbiq qilish imkoniyati mavjud bo‘lishi kerak. 
Diagnostikalash texnologiyasida aniqlangan qiymatlar keginchalik 
diagnostikalashga sarflangan mexnatni meyorlashda, rejalashda va ish 
haqqini to‘lashda qo‘llaniladi. Diagnostikalashning davomiylik qiymati 
mashinani 
bekor 
turib 
qolishini 
rejalashda 
foydalaniladi. 
Diagnostikalashdagi sarf harajatlar texnik xizmat ko‘rsatishga sarflangan 
harajatlarni aniqlashga yordam beradi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin