33
tafsiyalar, mashinalarni diagnostikalashdagi ish xajmining meyoriy
murakkabliklari keltiriladi.
Texnologik xarita
bajariladigan ishlarning ro‘yxati, ularni bajarish
usullari (dvigatel va mashinaning boshqa agregatlarining ishlash sharoitlari
va tafsiya etilayotgan diagnostikalash vositalari,
ularni mashinaga
o‘rnatish va ularni boshqarish tartibi), tekshirilayotgan maxanizm va
tizimlarning holatiga qo‘yilgan texnik talablarni o‘z ichiga oladi.
Xaritalada, biron umumlashtirilgan qiymatlarning ruxsat etilgan
ko‘rsatkich qiymatidan og‘ishi ro‘y berganda bajariladigan ishlarning
ketma-ketligi; bajaruvchilar soni, ularning malakasi, bajariladigan ishning
hodimlar orasida taqsimoti va ish hajmi keltiriladi. Odatda diagnostikalash
xaritasida bajariladigan barcha ishlarni ketma-ketlikda sxema ko‘rinishida
namoyon etish maqsadga mofuq hisoblanadi. Bunday xaritalar plakatlar,
bannerlar yoki planshetlar ko‘rinishida tayyorlanadi.
Diagnostikalash xaritasi
– diagnostikalash natijalari keltirilgan
asosiy xujjat xisoblanadi, unda mashinaning texnik holatidan tashqari
TXK da bajariladigan asosiy ishlarning ro‘yxati, murakkab sozlash va
agregatlarni ta’mirlashda bajariladigan ishlarning ro‘yxati ham keltiriladi.
Xaritaning kirish qismida mashina to‘g‘risidagi asosiy ma’lumotlar, ilgari
mashinani
ishlash vaqtidagi nosozliklar, xo‘jalikda ularni bartaraf etish
uchun bajarilgan ishlar keltiriladi. Xaritaning asosiy qismida mashina
holatining sifat ko‘rsatkichlaridagi o‘zgarishlar, resurs qiymatlarning va
funksional ko‘rsatkichlarning aniqlangan qiymatlari keltiriladi. Hulosa
qismida esa mashinaga bajarilishi kerak bo‘lgan ta’mirlash-xizmat
ko‘rsatish ishlarning ro‘yxati keltiriladi.
Texnikani diagnostikalash texnologiyasi unvarsallik prinsipiga (bir
qancha mashinalarga yoki traktorlarga qo‘llash imkoniyati)
asoslanadi;
diagnostikalashda shartli algoritmlarni (ketma-ketliklarni) qo‘llash
imkoniyati; texnik talablarda ruxsat etilgan qiymatlardan (chegaraviy
qiymatlardan emas) foydalanish imkoniyati; agregatlarni qoldiq resursini
bashorat qilish.
Barcha diagnostikalash jarayoni tayyorgarlik, asosiy va yakuniy
bosqichlardan tashkil topadi.
Tayyorgarlik ishlari bosqichi
diagnostikalash maqsadiga bog‘liq
bo‘ladi. Masalan, 3-TXK da diagnostikalash ishlarini bajarish uchun
mo‘ljallangan barcha ishlar hajmi (mashinani yuvish va tashqi nazoratdan
o‘tkazish, mashinani va diagnostikalash vositalarini ishlashga tayyorlash)
va mo‘ljallangan bajariladigan ishlarning taxminiy ro‘yxati tuziladi. Talab
34
bo‘yicha diagnostikalashda esa bunday ishlar faqatgina nosoz agregatga
taluqli bo‘ladi.
Asosiy bosqichda dvigatel ishga tushirilib qizdiriladi, dvigatel va
boshqa agregatlarga kerakli
ishlash sharoitlari yuklanadi, diagnostikalash
ko‘rsatkichlarini olish uchun dastlabki va tasdiqlovchi ko‘rsatkichlar
olinadi, agregatlarning holati taxlil qilinadi va kerak bo‘lsa qo‘shimcha
chuqur tekshirish ishlari bajariladi. Rejalangan ketma-ketlikda dvigatel va
boshqa agregatlardagi nososliklarni yo‘qotish va murakkab sozlash
ishlarini bajarish uchun tadbirlar aniqlanadi.
Yakuniy bosqichda mashinadan diagnostikalash vositalari echiladi,
murakkab sozlash ishlari bajariladi, imkoniyat
darajasida nosozliklar
bartaraf etiladi, mashinaning holati taxlil qilinadi va ta’mirlash-xizmat
ko‘rsatish bo‘yicha tafsiyalar beriladi.
Diagnostikalash texnologiyasi tuzilayotganda bajariladigan nazorat
ishlari va to‘liq diagnostikalashdagi ish hajmi ham aniqlanadi.
Dostları ilə paylaş: