O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta-maxsus ta'lim vazirligi islom karimov nomli toshkent davlat texnika universiteti s. T. Yunusxo‘jayev



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə25/117
tarix24.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#193188
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   117
DIAGNOSTIKALASH.DARSLIK.Yunusxo`jayev

Dvigatel 
silindridagi 
bosimni 
(kompressiyani) 
aniqlash

Kompressiya – fizikaviy kattalik, porshen yuqori tohtash nuqtasida (YTN) 
joylashganda, 
silindrda 
siqilgan 
holatdagi 
havo 
yoki 
yonilgi 
aralashmasining eng yuqori (maksimal) bosimi. Hosil bolgan bosimning 
qiymati yonilgini yonish darajasi, dvigatelda hosil boladigan quvvat va 
iqtisodiy korsatkichlarni belgilaydi. Benzinda va dizel yonilg‘isida 
ishlaydigan dvigatellardagi bosim quymatlari 7-jadvalda keltirilgan. 
2.3-jadval 
Benzinda va dizel yonilg‘isida ishlaydigan dvigatellarning silindridagi 
bosim qiymatlari 
Dvigatel turi 
Meyoriy bosim, MPa (kgs/sm
2

nominal 
chegaraviy 
Dizel 
2,8 (28) 
2,2 (22) 
Benzinli 
0,75…0,8 (7,5…8,0) 
0,65 (6,5) 
Bosimning pasayishiga turlicha sabablar sababchi bo‘ladi, buning 
asosiylaridan biri klapan mexanizmlarining issiqlik tirqishlarining 
sozlanganligining buzilishi, klapanlarning yo‘naltiruvchi vtulkalari 
eyilganligi va klapan o‘zaklarining deformatsiyalanishi, klapan yoki 
porshenning kuyishi, silindr blokining kallagida darz hosil bo‘lishi, 
forsunkalarning yoki o‘t oldirish shamlarining atrofida germetiklikning 
yo‘qolishi, kiritish va chiqarish klapanlarining to‘liq berkilmasligi, silindr 
kallagidagi yuqori qirralarda uqalanish alomatlari, silindr bloke kallagi 
prokladkasida nuqsonlar, silindr gilzasi, porshenlar va kompressiya 
halqalarining eyilganligi, porshen halqalarida ifloslarni to‘planishi, 
porshen tubida va yonish kamerasining devorlarida kuyindi qoldiqlarining 
to‘planishi sababchi bo‘lishi mumkin.


50 
Nosozlikning tashqi belgilariga – dvigatelning ishga tushirish 
murakkabligi, dvigatelni turli sharoitlarda ishlatish vaqtida turg‘un 
ishlamasligi, kiritish va chiqarish yo‘laklarida turli tovushlarni paydo 
bo‘lishi, yonilg‘i va moylash materiallarining sarfini ortishi, ishlab bo‘lgan 
gazning tarkibida ko‘k (och ko‘k) tutunlarning mavjudligi va boshqalar. 
Dizellardagi bosimni tekshirish КИ-1125 va КИ-2812 rusumidagi 
komprosometrlar, benzinli dvigatellarni esa – К-52 komprosometri bilan 
aniqlanadi.
Tezliklarni almashtirish dastagi neytral holatga qo‘yiladi mashina 
butunlay to‘xtatilib to‘xtab turish tormozi qoshiladi. 
Akkumulyator batareyasining texnik holati tekshiriladi, havo filtriga 
TXK ishlari bajariladi va klapanlarning issiqlik tirqishlari va klapan 
o‘zagining vtulka devorlari oralig‘idagi tirqishi tekshiriladi. Akkumulyator 
batareyasi zaryadlangan, filtr toza, tirqishlar nominal qiymatlarda bo‘lishi 
kerak. 
Dvigatel ishga tushirilib nominal haroratgacha qizdiriladi. Bunda 
sovitish suyuqligining harorati 85…95
o
C ni tashkil etishi kerak.
Benzinda ishlaydigan dvigatellarning o‘t oldirish shamlarining simli 
o‘tkazkichlarining uchliklari echiladi, dizellarda esa tekshirilayotgan 
silindrning forsunkasidan yonilg‘I uzatish naychasi uziladi va yonilg‘ini 
idishga quyish uchun unga rezinali shlang ulanadi.
Siqilgan havo bilan, silindr kallagidagi o‘t oldirish shamlari (forsunka) 
atrofidagi chuqurchalar tozalanadi, barcha shamlar burab chiqaziladi. 
Dizellarda esa faqatgina tekshirilayotgan silindr forsunkalari echiladi. 
Tirsakli valni ishga tushirish mexanizmi yordamida aylantirilib yonish 
kamerasidan 
chiqindi 
chiqishi 
tugaguncha 
davom 
etadi. 
Komprosometrning (2.2-rasm) uchligi tekshirilayotgan silindrning o‘t 
oldirish shamning yoki forsunkasining o‘rniga zich o‘rnatiladi.
Havo berkitish qurilmasi (benzinli dvigatel uchun) to‘liq berkitiladi va 
to‘siqqacha droselli berkitgich tepkisi bosiladi. 
Ishga tushirish qurilmasi qoshiladi va, tirsakli valning aylanishlar soni 
5 soniya davomida 250…450 daq.
-1
qiymatgacha 
ko‘tariladi, 
manometrning harakati bo‘yicha bosimning eng yuqori qiymati aniqlanadi. 
Qiymat aniqligini oshirish maqsadida o‘lchash kamida uch marotiba 
amalga oshiriladi. Manometrning ko‘rsatkichi chiqarish klapanini ishga 
tushirib bo‘shatiladi, va boshqa silindrlar bilan ham huddi shunday 
tekshirishlar amalga oshiriladi.


51 
Dizelning silindrlarida aniqlangan bosimning farqi 0,2 MPa, benzinli 
dvigatellarni esa 0,1 MPa dan ortmasligi kerak. 
2.3-rasm. Л-52 kompresometri: 
1-
uchlik; 2-korpus; 3-manometr. 
Aniqlangan ko‘rsatkichlar 2.3 jadvaldagi qiymatlar bilan 
solishtiriladi. Agarda qiymat kompressiyaning ko‘rsatkichi keskin 
kamayadigan (30…40%) bo‘lsa, bu silindrda nosozlikning mavjudligidan 
dalolat beradi: bularga halqalarning eyilganligi, ularni porshen 
ariqchalariga yopishib qolganligi extimollari mavjudligidan dalolat beradi. 
Kompressiyaning holati bo‘yicha aniqroq sababni aniqlash, silindrdan 
bosimni chiqib ketish belgilari va gazning sarfi bo‘yicha aniqlanadi.

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   117




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2025
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin