42
va unga mos ravishda tepki bosiladi. Bu holatda traktor o‘zining koleyasi
kengligidagi radiusda joyida aylanishi kerak. Richaglarni va tepkilarni bir
tekisda boshqarilganda keskin o‘zgarishlar ro‘y bermasligi kerak.
G‘ildirakli
traktorlarning
rul
chambaragi
bir
tekisda
erkin
xarakatlanishi va hech narsaga ilakishmasligi lozim.
Traktorni burish
uchun rul chambaragiga tasir ko‘rsatiladigan kuch, gidrouselitel qurilmasi
bo‘lmagan traktorlarda 50 N (5 kgk) dan ortmasligi shart, gidrouselitel
qurilmasi bo‘lgan traktorlarda esa 35 N (3,5 kgk) dan yuqori bo‘lmasligi
shart. Traktorning tormoz yoli, ravon yo‘lda kattaroq uzatmada
harakatlanayotganida tekshiriladi.
7.
Transmissiya agregatlari traktor harakatlanayotganda va salt
ishlayotganida tekshirilib taqillashlar,
shovqinlar, korpus detallarida
haddan ziyod qizishlar mavjud emasligi aniqlanadi.
8.
Osma
mexanizmni
bir-necha
marotaba
ko‘tarib
tushirib
gidrotizimdagi suyuqlikning harorati ko‘tariladi. Gidravlik tizimning
ishlashi tekshiriladi. Osma mexanizm dastakni “ko‘tarish” holatiga
o‘tkazilganidan so‘ng bir tekisda, silkinishlarsiz ko‘tarilishi kerak.
Dastaklar “ko‘tarish” va “tushirish” holatlarida bajarilayotgan ishchi
harakatning tugaguncha o‘sha holatda saqlanishi
va kuch silindrini ishchi
harakati tugaganitugagandan so‘ng avtomatik ravishda o‘zining dastlabki
holatiga qaytishi shart.
9.
Traktor to‘htatiladi va dvigatel o‘chiriladi. Agregat va qismlardan
yonilg‘i, moy, sovutish suyuqligi va elektrolitni oqmayapganligi nazorat
qilinadi. Bazaviy detallar (rama, dvigatelning slindrlar bloke, transmissiya
korpusi va boshqalar) ning holati o‘rganiladi. Tashqi nazorat va metal
buyum bilan taqillatib ko‘rib darz, mixparchin va boltli brikmalarni,
payvand choklarini bo‘shab qolmaganligi tekshiriladi.
Ichki yonuv dvigatelni diagnostikalash.
Dizelda nosozlikni paydo
bo‘lishi albatta uning tashqi ko‘rsatkichlariga tasir ko‘rsatadi: dizelning
quvvati kamayishi, ishga tushishining murakkablashishi, ishlab bo‘lgan
tutunning quyuqlashishi va boshqalar.
Dizelning ishlashiga katta etibor beriladi. Tashqi belgilarda ma’lum
o‘zgarishlar ro‘y beradigan bo‘lsa, albatta uning sababi aniqlanib bartaraf
etish choralari ko‘riladi.
Tashqi nazorat qilishda mashinaning kapoti ochiladi, suv, moy, yonilgi,
elektrolitning siljiv oqish alomatlari mavjud emasligi tekshiriladi. Parrak
lopastlarini sekin astalik bilan qo‘l yordamida qo‘zg‘atib
uning qotirilgan
43
mix parchinlarida bo‘shab qolish belgilari tekshiriladi. Suv nasosining
podshipnikini o‘q bo‘yicha tirqishi, lyuft bor yo‘qligi bo‘yicha tekshiriladi.
Rezinali patrubkalani ko‘rinish holati, qotirish chambaraklarining
tarangligi tekshiriladi. Havoning harakatiga mo‘ljallangan patrubkalarda
darz ketish, o‘z oro surilish belgilari mavjudmasligi tekshiriladi.
Radiatorning qopqog‘i ochilib suvning yuzasida moy pardasi bor-
yo‘qligi tekshiriladi. Agarda moy mavjudligi aniqlansa,
uning paydo
bo‘lish sabablari aniqlanadi.
Agregatlarni
qotirilgan
mustaxkamligi
shaybalarning
deformatsiyalanishi, shpilkalardagi gaykaning joylashishi va boshqalar
bo‘yicha nazorat qilinadi.
Tasmaning holati va taranglik darajasi tekshiriladi.
Starterga,
generatorga,
avariya
habarchisiga
ulangan
elektr
o‘tkazishlarning tarmoqlarining holati baholanadi. Havoni tozalash
tizimiga, markazdan qochirma kuch bilan ishlovchi filtrga va yonilg‘ining
dag‘al filtriga xizmat ko‘rsatiladi. Bakdagi tindirgich va yonilg‘ining
mayin filtridagi qoldiqlar to‘kiladi.
Haydovchidan dvigatelda ro‘y berayotgan o‘zgarishlar haqida
so‘raladi. Buzilish haqida ma’lumotlar bo‘lsa, ularni bartaraf etish
choralari izlanadi.
Dostları ilə paylaş: