44
4.
Tirsakli valni harakatlantirib forsunkadan tarqalayotgan o‘ziga
yarasha tovush bo‘yicha yonilg‘i purkash mavjudligi va sifati baholanadi.
Sinash uchun dvigatel ishga tushirib ko‘riladi. Agarda ishga tushirish vaqti
qisqarmagan bo‘lsa tekshirish
ishlari davom ettiriladi; qaytadan past
bosimli tizimda havoni (gazni) paydo bo‘lishi, forsunkaning drenaz
yo‘lakchasidan ro‘y berayotganini bildiradi.
5.
Yonilg‘ining uzatish avalroq uzatish burchagi tekshiriladi. Dvigatelni
sinov ishga tushiriladi. Agarda uning davomiyligi kamaymagan bo‘lsa,
nosozlikni izlash davom ettiriladi.
6.
Gaz taqsimlash mexanizmidagi issiqlik tirqishlarining sozlanganligi
tekshiriladi.
7.
Yonilg‘i nasosining reykasi yoki dozatorining
harakatlanish qiymati
va mayinligi tekshiriladi.
8.
Patrubkani uzib qo‘yilgan holatda, dvigatel sinov ishga tushirib
havoning havo yo‘lagida va havo filtiridagi qarshiligi tekshiriladi.
Ishlab bo‘lgan gazlar bo‘yicha nosozlik aniqlanadigan bo‘lsa quyidagi
yo‘riqnomadan foydalaniladi:
mashina katta hajmdagi ishlarni bajarishida
chiqib ketayotgan
gazning rangi quyuqlashib qorayadigan
bo‘lsa, bu yonilg‘ini to‘liq
yonmayopganidan, yoki jarayonda havoni etishmasligidan, yoki yonilg‘ini
notekis va sifatsiz purkalishidan dalolat beradi. Agarda dizel barcha
ishlash sharoitlarida tutaydigan bo‘lsa, u holda buning sabablaridan biri
forsunkaning purkagichini chqindi quyqalari bilan ifloslanganligi bo‘lishi,
yonilg‘ining sorish
burchagining ortda qolganligi, havo filtrining haddan
ziyod ifloslanganligi, trubokompressorning nosozligi, og‘r fraksiyali
yonilg‘i ishlatilayotganligi bo‘lishi mumkin;
agarda dizildan faqatgina
yuklangan holatda quyuq tutun chiqadigan
bo‘lsa, keltirilgan nosozliklar qatoriga turbokompressorning nosozligi ham
qo‘shiladi, chiqarish kollektoridagi
qarshilikni ortganligi, issiqlik
tirqishlarining
sozlanganligini
buzilganligi
va
klapanlarni
to‘liq
yopilmasligi sabab bo‘lishi mumkin. Oxirgi holatda chiqarish quviridan
uchqunlar chiqishi, hamda kiritish va chiqarish
kollektorlaridan turli
paqillashlar eshitilishi mumkin;
chiqayotgan gazning tarkibida
ko‘k (och ko‘k) ranglarning
mavjudligi silindrda yonayotgan maxsulotlar tarkibida moyning borligidan
va uning sarfi ko‘payganligidan dalolat beradi. Bu silindrporshen gruhi
detallarining eyilishini ortishiga yoki halqalarni
ifloslanishiga sababchi
bo‘ladi. Bundan tashqari, silindrga moyning tushishiga, trubokompressor
45
rotorining halqalarini to‘liq berkilmasligi sabab bo‘lishi mumkin.
Yonish
mahsulotlarida moyning mavjudligi chiqarish quviridagi tirqishda
moyning qoldiqlarini paydo bo‘lishiga sababchi bo‘ladi;
dvigatel karteridan moyning kamayishi ko‘pchilik holatda sapundan
Dostları ilə paylaş: