66
Uzatmalar qutisining gidroqurilmasini diagnostikalash. К-701, МТЗ-
100,
МТЗ-102,
Е-150К
traktorlarining
uzatmalar
qutisining
gidroqurilmalari КИ- 24038 qurilmasi yordamida tekshiriladi.
Gidroqurilmaning umumiy holatini tekshirish
nazorat qilish va yig‘ma
birliklarning qotirilganligini hamda detallarning
bikirligini tekshirishdan
boshlanadi. Zichlagichlardan moyni siljib oqishi, moy uzatish naylarining
ezilganligiga ruhsat berilmaydi. So‘ngra quyidagi ishlar bajariladi:
uzatmalar qutisining moyni nazorat teshigidagi tiqin burab
chiqariladi va moyning sathi tekshiriladi. Moyning sathi etarli bo‘lsa, u
holda teshikdan moy silzib chiqishi kerak;
dvigatel ishga tushiriladi, moyning
harorati nominal ishlash
sharoitidagicha (85…90
o
C) ko‘tariladi;
traktorni harakatlanish, uzatmalarni almashtirish vaqtida
gidroqurilmaning ishlashi tekshiriladi. Bunda
uzatmalarning almashtirish
mayin va qulay, shovqinlarsiz va katta kuch sarflamasdan bajarilishi kerak.
Bu vaqitda manometer ko‘rsatkichida (gidroakkumuliyatordagi bosimni
yo‘qolishi) mo‘ljallangan meyorlarda 0,45…0,70 MPa (4,5…7,0 kgs/sm
2
)
bo‘lishi kerak. Turli uzatmalarda bosimning farqi 0,1 MPa (1 kgs/sm
2
) dan
oshmasligi kerak;
Filtrning tekshirish uchun
uzatmalar
qutisining korpusidan bosim
datchigi burab chiqariladi va uning o‘rniga o‘tkazgich bilan (КИ-24038
qurilma komplektida mavjud) nazorat manometri o‘rnatiladi:
filtirning qotirish bolti burab olinadi va uning o‘rniga (qurilma
komplektidagi) manometer uzaytirgich bilan ulanadi;
dvigatel ishga tushiriladi, tirsakli valning aylanishlar soni
nominal qiymatga ko‘tariladi va manometrning ko‘rsatkichi aniqlanadi.
Bosimning o‘zgarishi 0,1 MPa dan ortmasligi kerak.
Aks holda filtr
elementlari tozalanadi.
Nasosning uzatishini tekshirish uchun, nasosning so‘rish yolagiga
o‘tkazgich yordamida (2.10-rasm) klapan (qurilmaning komplektida
mavjud) ulanadi. So‘ngra quyidagi ishlar bajariladi:
sxemada ko‘rsatilgan bo‘yicha КИ-24038
qurilmasi uzatmalar
qutisining gidravlik tizimiga ulanadi;
dvigatel ishga tushiriladi va, ko‘p marotaba uzatmalarni
almashtirish dastagi harakatlantirilib voyning harorati ko‘tariladi. Moyning
harorati 35
o
C dan past bo‘lmasligi shart;
67
tirsakli valning aylanishlar sonini nominal
qiymatga keltiriladi
va, droselning dastagi bir tekisda aylantirilib, so‘rish yo‘lagidagi bosim 1,0
MPa (10 kgs/sm
2
) ga ko‘tariladi;
qurilmaning limba shkalasini ko‘rsatkichi bo‘yichanasosning
uzatishini boshlanishi aniqlanadi va uni normative qiymat (2.11-jadval)
bilan solishtiriladi.
Agarda qiymatning ko‘rsatkichi chegaraviy qiymatdan past bo‘lsa, u
holda nasos ta’mirlanadi.
2.11-jadval
Dostları ilə paylaş: