113
Firmaviy xizmatni
- texnikani ishlab chiqaruvchi firma tomonidan
amalga oshiradi, bu ishni bajaruvchi xizmat ko‘rsatish korxonasi shu firma
ixtiyorida, balansida bo‘ladi.
Bunday yondashuvning qulayligi firma mashinalarni ishlatish
jarayonidan xabardor bo‘lishiga, mijozning har bir murojati va
mashinaning tuzilishidagi nosozliklarni bartaraf etishiga juda qulay sharoit
yaratiladi. Noqulayligi esa juda ko‘p sondagi xizmat ko‘rsatish
korxonalarining firma tarkibidaligi hisoblanadi.
Ana shunday tashkilotlar
turkimiga КамАЗ va ВАЗ birlashmalarini kiritish mumkin.
Texnik xizmat ko‘tsatishning dilerlik tizimi
, bunda TXK va
nosozliklarni bartaraf qilish dilerlar tomonidan amalga oshiriladi. Bunday
tizimning qo‘llashdan
asosiy maqsad, dilerdan tashqari, o‘rtada ishtirok
etushi mumkin bo‘lgan uchunchi shaxslarsiz, faqatgini
ishlab chiqaruvchi
va istemolchi ishtirokida ishlarni bajarishga erishish xisoblanadi. Dilerlik
xizmatlarini tashkil qilish uchun avvalo moliyaviy ta’minlanganlik va
kerakli mqdorda moddiy-texnik baza bo‘lishi darkor. Shu talablar
bajarilgan holdaishlab chiqaruvchi-firma bilan kerakli dilerlik shartnomasi
tuziladi. Bunday korxona bir yo‘la bir-necha ishlab chiqaruvchi firmalar
bilan dilerlik shartnomalarini tuzishi mumkin
va bu uning nomlanishiga
hech qanday tasir ko‘rsatmaydi. Bunday yondoshish bir qancha davlatlarda
juda keng tarqalgan.
Dostları ilə paylaş: