163
Bosch firmasi tomonidan yaratilgan universal programma ESItronik
bilan ishlashini o’rnatish tartibini ko’rib chiqamiz. XIII rangli rasmda
darchalarni joylashishi keltirilgan. Bu darchalar Case 2366
rusumdagi don o‘ruvch kombayinning dvigatelini diagnostikalovchi
boshqarish blokiga o‘rnatilgan. Tizimni diagnostikalash bo‘yicha
kerakli
axborotlar
aniq
turkumdagi
mashinalarning
TXK
yo‘riqnomalarida keltirilgan.
Shu qatorda, bunday axborotlarni
xizmat ko’rsatish electron tizimlaridan ham olish imkoniyati mavjud.
Rusumning turkumi aniqlangandan so‘ng (ishlab chiqaruvchi
korxona ruxsati mavjud bo‘lishi shart) bizni qiziqtirgan bo‘limga:
extiyot qismlar katalogiga,
diagnostikalash programmasiga, elektr
tizim kutubxonasiga, ta’mirlash vaqt meyorlariga va bosqalarga
o‘tiladi (XIV rangli rasm).
Programmalarga
kirish imkoniyati, ishlab chiqaruvchi kodi
bo‘yicha tuzilgan parol kiritilgandan so‘ng yoki maxsus kompakt-
diskka yozib olingan holda amalga oshiriladi. Buning turli variantlari
mavjud bo‘lib, unda kompakt-disk shu texnika model ko‘rinishi yoki
xizmat ko‘rsatish bo‘limlari ko‘rinishida tayyorlangan bo‘lishi
mumkin.
Yo‘riqnomalar bilan tanishilganidan so‘ng diagnostikalash
qurilmasi xizmat ko‘rsatilayotgan mashinaga OBD blokidagi adaptor
orqali ulanadi, unda universal adaptor o‘tkazgich
simi yoki CARB
multipleksori qo‘llaniladi.
Yuqorida keltirilgan adaptor simlari bo‘lmagan hollarda,
adaptatsiyalash (moslashish) jarayoni uchun sinash ishlariga yaroqli
o‘tkazgichlardan foydalanish ham mumkin hisoblanadi. Agarda
moslashish jarayonida chiqarish yo‘lakchasi noto‘g‘ri bo‘lsa, u holda
aloqa yuzaga kelmaydi. Diagnostikalanayotgan vajifalarning
murakkabligi va turli tizimlarning
diagnostikalash aloqalarini
o‘rnatish faqatgina bir qancha shartlarni bajargan holdagina amalga
oshishi mumkin. Masalan, dvigatelning bir turdagi tizimlari bilan
aloqani o‘rnatish uchun, dvigatel to‘xtatilgan holatda olinadi, boshqa
bir tizim uchun esa ishchi holat talab etiladi. Tormoz tizimlari (ABS,
ABS/ASR, ABS/ABD, ESP) diagnostikalashdagi moslashish
jarayoni g‘ldiraklarning aylanish chastotasi 10 km/s
dan ortmasligi
va bazi hollarda hatto 0 km/s ni tashkil etishi talab etiladi. Mashina
bilan aloqa o‘rnatilganidan so‘ng esa, harakatlanish mumkin bo‘lib,
164
g‘ildiraklarni qo‘l yordamida yoki tormozlash stendi bilan aylantirish
mumkin bo‘ladi, chunki bunday holatlarda aloqa uzilmaydi.
Bir qancha holatlarda qo‘shimcha qurilmalarni (masalan,
manitor) testor ulansa va u electron tizimlarni ko‘rmasligi ham
mumkin. Demak, bunday holatlarda diagnostikalash mumkin
bo‘lmaydi, shu sababli bunday holatlarda vaziyatga ta’sir
ko‘rsatayotgan boshqa jihozlarni vaqtinchalik o‘chirib qo‘yish talab
etiladi.
Mashina
rusumi
aniqlanib,
kerakli
dignostikalash
programmasiga kirilganidan so‘ng mavjud
boshqarish bloklaridan
kerakli bo‘lgan EBB ni skanerlash jarayoni (XV rangli rasm)
boshlanadi. Programma to‘xtatilgan holatda EBB bilan barcha
ma’lumotlarni olish imkoniyatlari aniqlanadi. Ushbu bosqichga,
diagnostikalash jarayonini engillashtirish uchun bir qancha
programmalar mo‘ljallangan. Masalan,
diagnostikalash aloqa
protokolini (ISO, CAN, SAE) (F7 klavishi) tanlash, ushbu modelning
abzalliklari va diagnostikalash tirqishining joylashganligi (F4
klavishi), bosqichma-bosqich electron blokka o‘tish jarayoni (F3
klavishi) o‘rganiladi.
Dostları ilə paylaş: