81
markazga jo`natadi hamda metodikani qayta ko`rib chiqishda ularni inobatga
olishni talab qiladi;
Psixolog tekshiriluvchidan “shaxsiy ishonch” asosida qo`lga
kiritgan psixodiagnostik axborotni yashirin holda, konfidentciyal saqlanishini
ta`minlashi shart. Psixolog tekshiriluvchini albatta natijalar kim tomonidan va
qanday maqsadlarda foydalanishi haqida ogohlantiradi. Psixolog psixologik
diagnostika asosida chiqaraladigan xulosa va qarorlarni tekshiriluvchidan
yashirishga haqli emas;
Psixolog kasbiy sirni saqlay bilishi zarur: psixodiagnostika
amaliyotini olib borolmaydigan shaxslarga instruktiv hujjatlarni berishi,
potentciyal sinaluvchilarga u yoki bu psixodiagnostik metodika sirlarini ochib
berishi mumkin emas;
Psixolog ehtimoldan holi bo`lmagan diagnostic tahmin bilan bir
qatorda alternative ( muqobil) tahminni ham albatta nazarda tutadi;
Psixolog psixodiagnostika tamoyillarining buzilishi to`g`risida
psixologlar jamiyatining markaziy va xududiy bo`limlariga xabar berishi,
psixodiagnostikani noahloqiy qo`llanilishiga shaxsan to`sqinlik qilishi zarur.
Dostları ilə paylaş: