O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə39/122
tarix12.10.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#154570
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova

Axborot-metodik nashrlar. 
Bunday nashrlarda yo`riqnoma 
hujjatlar, topshiriqlar matni (savollar), kalit, qoidalar keltirilishi mumkin. Biroq 
bunday nashrlarga psixologik tayyorgarlikka ega bo`lgan mutaxassislar uchun 
chiqariladigan nashr mavqei berilishi lozim. 
3.
Instruktiv hujjatlar.
Bunda metodika mazmuni, diagnostika 
predmeti, qollanilish sohasi, tekshiriluvchilar kontingenti hamda uni qo`llash 
jarayoni yoritib beriladi. Axborot nashrlari va instruktiv hujjatlar vaqti-vaqti 
bilan qayta ko`rib chiqilishi zarur, chunki metodikani qo`llash shartlari o`zgarib 
turadi. Bunday hujjatlarda metodikani qo`llovchilarga qo`yiladigan talablar ham 
beriladi. 
4.
Ommabop nashrlarda 
psixolog
-
muallif kasbiy sirni oshkor 
etmasliklari zarur, ya`ni diagnostic 
metodikalarni qo`llash mohiyati 
yuritilmasligi . 
 Metodikalarni qo`llovchilarga qo`yiladigan talablar. 
Metodikani 
qo`llovchi psixolog quidagi talablarga javob berishi kerak: 

Psixodiagnostikaning umumiy-nazariy-metodologik tamoyillarini 
bilishi va amaliyotda qo`llay olishi; differentciyal psixometrikaning asoslarini 


80 
egallagan bo`lishi; psixodiagnostika bo`yica joriy metodik adaiyotni kuzatib 
borishi; muayyan soha bo`yicha qo`llaniladigan metodikalar kartotekasini 
mustaqil tarzda tuzishi hamda metidikalar shaxsiy kutubxonasiga ega bo`lishi 
lozim; 

Psixolog 
test 
natijalariga 
javobgar 
bo`lib, 
metodikalar 
reprezentativligi va validligini ta`minlashi hamda noprofessionallar tomonidan 
xatoliklarga yo`l qo`yish oldini ola bilishi kerak; 

Psixolog 
noprofessionallarga 
nisbatan 
psixodiagnostikani 
qo`llashda ustunlik va huquqlarga ega; tadqiqot protokollaridan kasbiy-
ma`naviy tamouillarga amal qilgan holda hamda psixologiyaning qiziqishlaridan 
kelib chiqib foydalanishi mumkin. Psixolog diagnoz ishonchliligini parallel 
ravishda standartlashtirilgan va strukturalashtirilmagan metodikalarni qo`llash, 
shuningdek, ekspert baholash metodini qo`llash orqali ta`minlaydi; 

Tadqiqot dasturi uchun metodikalarni tanlashda psixolog o`zining 
metodikaga bo`lgan sub`ektiv munosabatlari va baholaridan kelib chiqmay, 
balki diagnostikaning maksimal darajadagi samaradorligi talablaridan kelib 
chiqishi.”kam kuch sarflab, yuqori ishonchlilikka erishish” qoidasiga amal qilish 
zarur; 

Psixolog metodikalarni qo`llash bilan bir qatorda ilmiy-uslubiy 
ishni ham olib borishi lozim. Muayyan sohada metodikani qo`llash 
samaradorligini qo`lga kiritilgan ma`lumotlar asosida tahlil qilish talab qilinadi. 
Bu orqali amaliy psixolog metodik tashkilotlar bilan aloqada bo`lib turadi, 
ularga olingan natijalar protokollari nusxasini berib, ulardan instruktiv metodik 
hujjatlar olib turadi; 

Psixolog tadqiqotning standart metodikalarini o`tkazish uchun 
barcha talablarga to 
liq amal qilinishini ta`minlaydi. Ballarni hisoblash, 
tavsiflash, prognoz qilish metodik ko`rsatmalarga mos ravishda amalga 
oshiriladi. Psixolog metodikani qo`llashda sandartdan chetga chiqishga haqqi 
yo`q. Metodikani qo`llash bo`yicha barcha takliflarni psixolog metodik 


81 
markazga jo`natadi hamda metodikani qayta ko`rib chiqishda ularni inobatga 
olishni talab qiladi; 

Psixolog tekshiriluvchidan “shaxsiy ishonch” asosida qo`lga 
kiritgan psixodiagnostik axborotni yashirin holda, konfidentciyal saqlanishini 
ta`minlashi shart. Psixolog tekshiriluvchini albatta natijalar kim tomonidan va 
qanday maqsadlarda foydalanishi haqida ogohlantiradi. Psixolog psixologik 
diagnostika asosida chiqaraladigan xulosa va qarorlarni tekshiriluvchidan 
yashirishga haqli emas; 

Psixolog kasbiy sirni saqlay bilishi zarur: psixodiagnostika 
amaliyotini olib borolmaydigan shaxslarga instruktiv hujjatlarni berishi, 
potentciyal sinaluvchilarga u yoki bu psixodiagnostik metodika sirlarini ochib 
berishi mumkin emas; 

Psixolog ehtimoldan holi bo`lmagan diagnostic tahmin bilan bir 
qatorda alternative ( muqobil) tahminni ham albatta nazarda tutadi; 

Psixolog psixodiagnostika tamoyillarining buzilishi to`g`risida 
psixologlar jamiyatining markaziy va xududiy bo`limlariga xabar berishi, 
psixodiagnostikani noahloqiy qo`llanilishiga shaxsan to`sqinlik qilishi zarur. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin