5
nazariga ko‘ra vazifalar ancha murakkbroq qo‘yilmog‘i zarur, ya’ni yosh
xususiyatlari pedagogik jarayonda nafaqat inobatga olinishi, balki faol ravishda
shakllantirilib, shaxsning ijodiy salohiyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘mak
berishi kerak. Psixik taraqqiyotning o`ziga xos jihatlarini tadqiq qilish
psixologik hosilalarning tarkib topishi va genezisiga faol ta’sir o‘tkazishni
taqozo qiladigan faol shakllantirish funksiyasini belgilaydi.
Ta’lim-tarbiyaning asosiy vazifasi- shaxsning to‘laqonli psixik va shaxs
taraqqiyotini ta’minlashdir. Shu sababli turli hil yosh davrlarida shaxsning
psixik rivojlanish xususiyatlari va darajasini o‘rganish talab etiladi. Bunda esa
umumiy psixodiagnostika faniga oid bilimlar yordamga keladi.
Umumiy psixodiagnostika fani shaxsni har tomonlama, yani uning
kognitiv sohasi, xulq-atvori, individual-psixologik xususiytalarini o`rganishning
metodologiyasi, nazariyasi, metodlari haqidagi bilimlarni shakllantirish
imkonini beradi. Shu bilan bir qatorda shaxs rivojlanishini ilmiy asosda
diagnostika qilish, prognozlash, aniq amaliy tavsiyalar ishlab chiqish bilan
bo`gliq malaka va ko`nikmalar hosil bo`lishi uchun asosiy manbaa bo`lib xizmat
qiladi.
O‘quv qo‘llanmada psixologik diagnostikaning asosiy masalalari har
tomonlama yoritiladi. Mazkur qo’llanmaning nazariy qismi psixologiya fanlari
nomzodi, dotsent S.X.Jalilova tomonidan, amaliy mashg’ulotlar uchun mavzular
qismi N.A.G’ayibova tomonidan tayyorlandi.
Umumiy psixodiagnostika psixologiya fanlarining orasida alohida
ahamiyatga ega bo`lib, ushbu fanni bo`lajak psixolog mutaxassislar tomonidan
o`zlashtirilishi ularning kelajakdagi faoliyatlarini samarali amalga oshirilishini
ko`p jihatdan belgilab beradi.
Dostları ilə paylaş: