fiziognomika,
frenolodiya, grafologiya, xiromantiya
kabi vositalar tashkil etadi.
Fiziognomika insonning tashqi belgilariga qarab, unga psixologik tavsif
berish haqidagi tasavvurlarga asoslanadi. Xususan, yuz ifodasida shaxsning
ba`zi xususiyatlari aks etadi. Bu aloqalarni tushuntirib beruvchi ta`limot mavjud
bo`lib, unga muvofiq hayvonlar tashqi ko`rinishi bilan insonning muayyn
xususiyatlari o`rtasida o`xshashlik mavjud. Masalan, insonnig yuzi tulkinikiga
o`xshab ketsa, unga ayyorlik xos.
16
Uzoq vaqt davomida fiziognomika xarakterni tiplarga ajratishning manbai
bo`lib xizmat qilgan. Biroq, XIX asrning birinchi yarmida fiziognomika
unutilgan.
Frenologiya ta`limotining asoschisi F.Gall hisoblanadi. Frenologiyaning
asosiy g`oyasi shundaki, bosh miya yarim sharlari po`stlog`ida bir qator
markazlar joylashgan bo`lib, ular insonning muayyn qobiliuatlarini boshqaradi.
Agar insonda u yoki bu qobiliyat kuchli rivojlangan bo`lsa, miyaning uni
boshqaradigan markazi ham kuchli rivojlangan bo`lib, u kalla suyagi tuzilishida
o`z aksini topadi. Bu esa maxsus o`lchovlar yordamida frenologik xarita tuzish
imkonini beradi. XX asrda frenologiya psixologik diagnostika metodi sifatida
qo`llanilgan.
Grafologiya termini XIX asrning ikkinchi yarmida abbat Mishon
tomonidan kiritilgan. Insonning ruhiy xususiyatlari bilan uning yozuvi
o`rtasidagi aloqadorlik g`oyasi qadimdan ma`lum bo`lib, uning mavjudligini
Aristotel, Feofrast kabi mutafakkirlar ham ta`kidlaganlar. 1622 yilda italyan
olimi K.Valdo yozuvga qarab, shaxs xususiyatlarini aniqlash usullarini yoritgan
asarini nashr ettirgan. XIX asrda grafologiya keng yoyilgan.
Bugingi kunda emotsional holatlar hamda ONFining ba`zi tipologik
xususiyatlari bilan yozuv o`rtasida bog`liqlik o`rnatilgan fikrlar mavjud. Ba`zi
psixologik kasalliklarda yozuv o`ziga xos belgilarga ega bo`ladi. Masalan,
shizofreniya bilan kasallangan bemorlar yozuvi bo`yalgan bo’ladi. Shu sababli
yozuvni o`rganish diagnostik ahamiyat kasb etishi mumkin. Kriminalistikada
yozuv jinoyatchini identifikatsiya qilish imkonini beruvchi belgilarni aniqlash
maqsadida tahlil qilinadi. Shuningdek, sud psixologiyasida, differentsial
psixologiya va psixofiziologiyada boshqa metodlar bilan uyg`unlashgan holda
qo`llaniladi.
Xiromantiya insonning individual xususiyatlari, xaraktier qirralari,
boshdan kechirgan voqealarini teri-kaft rel`eflariga qarab aniqlash haqidagi
qadimiy ta`limotlardan biri hisoblanadi. Kaft yuzasidagi chiziqlar fleksor
17
chiziqlar, barmoq uchidagilar papillyar chiziqlar deyiladi. Xiromantiya
astrologiya bilan bog`liq. Rasmlar individual xarakterga ega.
Dostları ilə paylaş: |