O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/122
tarix12.10.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#154570
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova

Proyektiv metodlar tarixi 
Proektiv metodikalar klinik yo‘nalishlarga ega 
bo‘lgan o‘ziga xos, turli – tuman psixodiagnostik vositalar guruhidir. Klinik 
yo‘nalish deganda bu erda shaxsning anomal holatlarini aniqlash emas, balki 
xulq – atvorning individual uslubi, nizoli va boshqa xolatlarda affektiv hissiyot 
hamda kechinmalarni, shaxsning ongsizlik holatlarini aniqlashga qaratilgan 
metodikalar tushuniladi. Proektiv metodikalar tarixi 1904 – 1905 yillarda 
K.YUng tomonidan yaratilgan so‘zli assotsiatsiyalar testiga borib taqaladi. 
Keyinchalik assotsiativ testning turli variantlari aybdorlik hissini aniqlash 
(detektor lji M.Vertgayler va A.R. Lauriya), normani patologiyadan ajratish va 


23 
boshqalar uchun qo‘llanildi. Tugallanmagan hikoya yoki gap testi ham 
YUngning assotsiativ testidan kelib chiqqan deb hisoblanadi. 
Proektiv diagnostikaning kelib chiqishi1921 yilda G.Rorshax tomonidan 
Bernda, nemis tilida “Psixodiagnostika” asarining nashr qilinishi bilan 
bog‘langan. O‘zi rassomlikdan voz kechishiga qaramay, Germon Rorshax san’at 
va rassomlik tarixi bilan ko‘proq qiziqardi. Unga ma’lum bo‘lishicha, buyuk 
Leonardo da Vinchi o‘z xayolini osmondagi bulutlar, ulardagi turli shakllarni 
uzoq vaqt davomida kuzatish va ularni tahlil qilish orqali mashq qildirar edi. Bu 
xususiyat, ya’ni atrofimizdagi predmetli dunyoni “jonlantirish” barchaga, 
ayniqsa rassomlar va yosh bolalarga xos bo‘lgan xususiyatdir. 
G.Rorshaxning taxminiga ko‘ra, siyoh dog‘lari, ya’ni ko‘rishga 
yo‘naltirilgan siyoh dog‘lari motor (harakat) fantaziyalarini jonlantiradi. 
G.Rorshaxdan avval siyoh dog‘lari bilan boshqa psixologlar, masalan 
Rassiyada F.E.Ro’bakov; A.Bine va V.Anri – Fransiyada eksperimentlar 
o‘tkazishgan. Biroq G.Rorshax birinchi bo‘lib fantaziya obrazlarini shaxsning 
asosiy sifat va xislatlari bilan aloqasini isbotlab berdi. Rorshax g‘oya va 
tadqiqotlari hozirgi kunda ikki yirik yo‘nalishda – Amerika ( Vesk, Klopfer, 
Daviolson) va Evropa (Bohm, doosli – listeri) yo‘nalishlarida namoyon bo‘ladi. 
Rassiyada Rorshax testini qo‘llashga dastlabki urinishlar 20 – 30 yillarga 
to‘g‘ri kelib, u asosan shaxs anomal xususiyatlarini aniqlash, nevroz va 
psixopatlar diagnostikasi, shuningdek epilepsiya kasalligini tadqiq qilishda 
fo‘ydalanildi. 60 yillardan boshlab Rorshax testi psixologlarning tadqiqotva 
klinik diagnostik ishlarida keng tadbiq qilina boshlaydi. Dastlabki metodik 
qo‘llanmalar yuzaga keladi. Bu testdan tashqari proektiv metodikalar qatoriga 
1935 yilda dastlab jurnalda nashr qilingan tematik appersepsion testini ham 
(TAT) kiritish mumkin. Bu test fantaziyani eksperimental o‘rganish metodikasi 
sifatida yuzaga keldi. Uning avtori G. Myurrey hisoblanadi. Rorshax testi 
singari bu testning ham o‘z tarixi mavjud. Psixolog va psixiatrlarga shu narsa 
oldindan ma’lum ediki, tekshiriluvchilar uchun maxsus tanlab olingan syujetli 
rasmlar asosida tuzilgan hikoyaga qarab, insonning qiziqishlari, mayllari haqida 


24 
xulosa chiqarish mumkin. Ba’zida esa psixikaning kasallik holatini ham aniqlash 
mumkin. Bir qarashda TAT fikri, G.Rorshax g‘oyasiga qaraganda ancha sodda 
va aniq ko‘rinar edi. Ammo bunda “avtor” aynan qaysi shaxsiy tajribasi uning 
“qahramonalar”i taqdiri va portretini to‘g‘ridan to‘g‘ri aks etadi – yu va 
qaysilari qarama – qarshi ma’noda aks etishini tushunish murakkab edi. 
30 -50 yillar davomida o‘tkazilgan tadqiqotlar Myurreyning TAT 
hikoyalarida uyqudan qolish, bo‘lib o‘tgan muvaffaqiyatsizliklar yoki omad aks 
etishi haqidagi fikrini tasdiqladi. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin