6
MAVZU: PSIXODIAGNOSTIKAGA KIRISH . Reja 1. Psixologik diagnostika tushunchasi
2. Psixodiagnostika fani predmeti, maqsad va vazifalari.
3. Psixodiagnostikani qo’llanish sohalari.
4. Psixodiagnostika fanining boshqa fanlar bilan bog`liqligi.
Tayanch tushunchalar: Psixologiya, psixodiagnostika, psixoprofilaktika,
psixologik tashviqot, psixologik korrektsiya, psixologik maslahat, psixologik
diagnoz.
Psixologiya insonning ruhiyatini organuvchi nazariy fan bo`lib qolmay,
balki hozirgi kunda turli xil sohalarda keng qo`llanilishi mumkin bo`lgan amaliy
fan hamdir. Insonni har tomonlama o`rganish, y`ani odamlar o`rtasidagi
individual farqlarni aniqlash ta`lim-tarbiya va mehnat faoliyati camaradorligini
belgilaydi.
Psixodiagnostika metodlarini ishlab chiqish bilan shug`ullanuvchi
psixologiyaning, yanada aniqroq aytadigan bo`lsak, amaliy psixologiyaning
asosiy va eng muhim yo`nalishlaridan biri bo`lgan psixodiagnostika fani va
uning asoslarini bilish muhim ahamiyat kasb etadi. Psixodiagnostika fani
predmeti ta`rifiga turli yondosuvlarni uchratish mumkin. Ularning ba`zilarini
keltitib o`tamiz.
Rus psixologlari A.A.Bodalev va B.B.Stolin psixodiagnostika fani
predmetiga quidagi ta`rifni beradilar:
Psixodiagnostika – shaxs individual-
psixologik xususiyatlarini o`lchash va aniqlash metodlarini ishlab chiquvchi
psixologiya fani sohasi.
7
Psixolog Gurevich K.M. fikriga ko`ra,
psixodiagnostika – insonlarni
psixologik va psixofiziologik belgilariga ko`ra tasniflash hamda farqlash
metodlari haqidagi fan
2
.
R.S.Nemovning
ta`kidlashicha,