86
O‘z-o‘zini nazorat va muhokama qilish uchun savollar:
1.
Psixodiagnostik metodikalarni yaratuvchilar hamda qo`llovchilar
uchun qanday normativ talablar mavjud?
2.
Psixodiagnostik adabiyot va metodik materiallarga
qanday talablar
qo`yiladi?
3.
Hujjatlar uchun qanday talablar farqlanadi?
4.
Ilmiy axborot nimalarni o’z ichiga oladi?
5.
Axborot-metodik nashrlarda nimalar aks etadi?
6.
Instruktiv hujjatlar nima?
7.
Ommabop nashrlar uchun psixodiagnostikaning talabi?
8.
Psixodiagnostik tadqiqot o`tkazishning qanday bosqichlari farqlanadi
9.
Psixodiagnostika bilan shugullanuvchi psixologga qanday talablar
qo`yiladi?
10.
Psixodiagnostika mutaxassisi qanday sifatlarga ega bo`lishi kerak?
87
MAVZU:
KOGNITIV QOBILIYATLAR PSIXODIAGNOSTIKASI.
Reja:
1.Bilish jarayonlariga umumiy tavsif.
2.Diqqat va sensomotor reaktsiyalar psixodiagnostikasi.
3.Xotira va mnemik faoliyat diagnostikasi.
4. Intellekt diagnostikasi.
Tayanch tushunchalar:
Diqqat, intellekt, divergent
tafakkur,
konvergent tafakkur, ijtimoiy intellekt, emotsional intellekt, intellekt testlari,
intellektual koeffitsent.
Bilish jarayonlari yoki psixik jarayonlar
yordamida shaxsning bilish
faoliyati amalga oshiriladi. Psixik jarayonlar ob`ektiv voqelikdagi narsa va
hodisalar hamda ularning xususiyarlarini bilish imkonini beradi. Bu jarayonlar -
sezgilar, idrok, xotira, diqqat, tafakkur, nutq va boshqalardir.
Sezgilar o‘zlariga adekvat (mos) bo‘lgan qo‘zg‘atuvchilarni aks ettirish
shakllaridan biri hisoblanmish bilish jarayonlaridir.
Qo‘zg‘atuvchi sezgi asosida ta’sir qilishi bilan darhol sezgi hosil
bo‘lmaydi, balki u bir qancha daqiqadan keyin vujudga keladi.
Ana shu qisqa
vaqt sezgining latent (yashirin) davri deb ataladi. Latent davri sezgi turlari uchun
har xil fursatda kechadi. Masalan, taktil sezgilari uchun latent davri 130
millisekund, og‘riq sezgilari uchun esa 370 millisekundga to‘g‘ri keladi, maza-
ta’m sezgisi esa til yuzasiga ta’sir etilgandan so‘ng 50 millisekundgacha vaqt
oralig‘ida hosil bo‘ladi.
Sezgilarni o‘lchashni asosan ikki metodi psixologiya fanida hukm surib
keladi. Ulardan biri bevosita metod deb atalib sub’ektiv ravishda baholashga
asoslanadi. O‘lchashning ikkinchi metodi esa alamatlarni ob’ektiv
ravishda
baholashga asoslangan bo‘lib sezgilarning bilvosita (bevosita) mavjudligiga
qaratilgandir.
88
Bevosita metod yoki qo‘zg‘atuvchining so‘z bilan baholash metodi
quyidagicha tuzilishga egadir: sinaluvchiga teri, tovush, yorug‘lik ta’sir qila
oladigan qo‘zg‘atuvchi
havola qilinadi, dastavval qo‘zg‘atuvchi minimal
intensivlikka (jadallikka) ega bo‘ladi, so‘ng ularning kuchi orttirib boriladi.
Mazkur tadbirlan keyin sinaluvchi “u qaysi bir sezgi qo‘zg‘atuvchisining dastlab
sezganligiga” javob berish so‘raladi.
Teri sezgirligini o‘lchash uchun maxsus asbob “esteziometr” qo‘llaniladi.
Eshitish sezgirligini o‘lchash audiometr yordamida amalga oshirilib,
tovushlarning turli darajalaridjagi intensivligi aniqlanadi. Ba’zan kichkina temir
sharni har xil balandlikdan tashlab ko‘rish orqali ham yuqoridagi maqsad
amalga oshiriladi. Ko‘rish sezgirligini aniqlash esa sinaluvchi ko‘ziga
yorug‘likning turli tuman intensivlikda yuborish orqali (goho qorong‘ilikda),
quyidan yuqoriga yorug‘lik birligi (ya’ni lyuks) orttirib boriladi. Ta’m
va hid
bilish sezgirligi ham maxsus asboblar yordamida o‘lchanadi, goho kimyoviy
usul ham qo‘llaniladi.
Bevosita metodi ob’ektiv alomatlarga asoslanib ish yuritishni taqazo
etadi. Sobiq sovet psixologlari, psixofiziologlari G.V.Gershuni, E.N.Sokolov,
O.S.Vinogradov va boshqalar mazkur metod yordamida ko‘p
yillar mobaynida
ilmiy tadqiqot ishlarini olib borganlir. Ma’lumki, sezgilar hech mahal sust bilish
jarayoni bo‘lmagan binobarin, ular vegetativ, elektrofiziologik, nafas olish olish
jarayonlari o‘zgarib boradi, shuning uchun o‘z tabiati bilan reflektor jarayondir.
Sezgilardagi
reflektor
o‘zgarishlar ularning ob’ektiv ravishda yuz
berayotganligining ko‘rsatkichi hisoblanadi. Masalan, sezgilarni hosil qiliuvchi
har qanday qo‘zg‘atuvchi reflektor jarayonlarni ham vujudga keltirishga qodir:
qon tomirlarining torayishi, tekri galvanik refleks (teri
elektr qarhshiligining
kamayishi), miyaning elektr aktivligi chastotasining o‘zgarishi (alfa, ritma,
depressiyasi holati) qo‘zg‘atuvchiga qarab ko‘zning yo‘nalishi, bo‘yin
muskullarining taranglashuvi va boshqalar. Mana bu narsalarning barchasi
sezgilarning paydo bo‘lishini ob’ektiv ko‘rsatkichi bo‘lib hisoblanadi.
89
Yuqoridagi tadqiqotchilarning fikriga qaraganda, sinaluvchiga kuchsiz
qo‘zg‘atuvchi bilan ta’sir etilsa, ya’ni sub’ektga kuchsiz qo‘zg‘atuvchi
bilan
ta’sir etilsa, u holda sub’ektda hech qanday sezgi hosil bo‘lmaydi, shuningdek,
sanab o‘tilgan reflektorlarda ham o‘zgarish yuz bermaydi.
Qon tomir yoki elektrofiziologik reaksiyalar kuchsiz qo‘zg‘atuvchi
ta’sirida ham aniq namoyon bo‘lishi mumkin, aksincha sezish jarayoni esa
amalga oshmaydi. Bu holatni elektroensefagrafik reaksiyalar tasdiqlaydi.
Tovush qo‘zg‘atuvchiga kelib chiqqan holda G.V.Gershuni inson subsensor
diapazonga ega degan ilmiy g‘oyani olg‘a suradi. Bu narsa anglashinilmagan
fiziologik reaksiyalar, sezib bo‘lmas qo‘zg‘atuvchilarga asoslanadi.
Diqqat - bu inson ongining biror ob`ektga yo`naltirilishi va to`planishidir.
Dostları ilə paylaş: