170
Agar sinaluvchining javoblari tekshiruvchi savollarga 3 tadan ortiq
darajada mos kelsa, bu sinaluvchining o‘zini juda yaxshi ko‘rsatish, o‘z
sifatlarini oshirib ko‘rsatish uchun etarlicha samimiy bo‘lmaganligini bildiradi.
Bunday holatlarda sinaluvchining javoblaridan ishonchli axborotni olish
imkoniyati yo‘qoladi.
Agar sinaluvchining tekshiruvchi savollarga mos keladigan javoblari 3
tadan past bo‘lsa, uning javoblariga ishonish mumkin.
Natijalarni baholash va temperament xususiyatlarining rivojlanganlik
darajasi haqidagi xulosalar
Agar sinaluvchining u yoki bu temperament xususiyati bo‘yicha to‘plagan
ballari
9 va undan yuqori
bo‘lsa, unda ushbu temperament xususiyati bo‘yicha
yuqori
darajada;
5-8 ballar
o‘rta
darajada rivojlanishni;
4 va undan past
ballar
quyi
rivojlanish darajasida ekanligni bildiradi.
Turli temperament xususiyatlari bo‘yicha olingan natijalarni taqqoslash
orqali qaysi temperament xususiyatlari yuqori ekanligi aniqlanadi. Quyida turli
temperament tiplariga mos keluvchi xususiyatlar birikamalari keltirilgan.
Sangvinik
- barcha xususiyatlar bo‘yicha o‘rtacha rivojlanish ko‘rsatkichi.
Xolerik
- kuch-quvvatlilik (energichnost) bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich, temp
va emotsionallik bo‘yicha o‘rtacha yoki egiluvchanlik bo‘yicha yuqori
ko‘rsatkich.
Dostları ilə paylaş: