199
14. Kek saqlash
30. Tashabbuskor
46. Beriluvchanlik
15. Samimiylik
31. Shubhalanuvchanlik
47. Takabburlik
16. Injiqlik
32. Prinsipiallik
48. Egoizm
Sinaluvchi tanlab olgan sifatlarni, o‘zida qay darajada mavjudligiga
ko‘ra, qaysi sifat past darajada mavjud deb hisoblasa 1chi o‘ringa, eng
ko‘p deb hisoblangan sifat 20 o‘rinda bo‘ladi. Sifatlar quyidan yuqoriga
qarab yoziladi. (Masalan: eng ko‘p bor deb bilingan sifat 20 o‘rinda,
keyingisi 19 va hokazo.)
Keyingi
topshiriq esa, tanlab olingan sifatlarning yoqimlilik
darajasiga ko‘ra, 20 dan past daraja bo‘yicha terib chiqiladi. Bu erda ham
keltirilgan sifatlar orasidagi farq aniqlanadi.
Shaxsning o‘z-o‘ziga bahosini qay
darajada ekanligi quyidagi
formula orqali topiladi.
Bu erda: n-ranglar soni – 20 ta)
d- darajalar (o‘rinlardagi farq)
Σ d
2-
darajalarning miqdoriy farqlari kvadratlarining yig‘indisi
Agar Q=0,5 bo‘lsa, o‘z-o‘ziga bahosi normada ekanligini bildiradi.
Q=0,5-0,85 gacha sinaluvchining o‘z kuchi, imkoniyatlariga bahosining
yuqoriroqligi, va o‘ziga ishonchning ko‘pligidan dalolat beradi.
Q= +1 ga juda ham yaqin bo‘lsa, bunday odamlar o‘zlarini
juda yuqori
baholashadi. Ularda o‘ziga ortiqcha ishonch mavjud bo‘lib, o‘z-o‘zini tanqid
qilish yo‘q hisobi.
Q= 0,5 dan kichik. O‘z-o‘zini baholash
normadan juda ham sezilarli
bo‘lmagan past daraja.
Q= 0,5 dan -1gacha bo‘lsa past, o‘z-o‘zini baholashning pastligi, sabablari
ham turlicha bo‘lishi mumkin.