197
yo‘naltirilgan. Metodikaning ijtimoiy psixologik mohiyati shundaki,
respondent “Men kimman?” degan savolga miyasiga kelgan o‘ziga aloqador
sifatlarni sanab o‘tadi, avvalo ijtimoiy tajribasida mavjud bo‘lgan
identifikatsiya
maxsulotlarini yodga olib, birin-ketin sifatlarni sanay
boshlaydi. Ushbu vazifani berilganda 20 qatorda “Men kimman?” savoliga
birin-ketin imkon boricha tezroq yozib chiqish vazifasi topshiriladi. O‘zida
ko‘proq refleksiv sifatlarni mujassam etgan respondent tezroq va ko‘proq
o‘zini tavsiflashga ulguradi. O‘z
hissiyotlariga berilgan, o‘zini anglashga
qiynalayotgan shaxslar bu vazifani bajarishga biroz qiynaladi. Yana bir qoida
– ro‘yxatning boshida berilgan sifatlar aynan shaxsga yaqinroq bo‘ladi.
Olingan ma’lumotlarni qayta ishlashda kontent-analiz qilinadi:
-
oilaviy va shaxslararo rollar (masalan, men – onaman, xotin, o‘g‘il,
er, dugona, opa, singil va x-zo);
-
professional rollar (men – talaba, o‘quvchi, kelajakda vrach,
psixolog, tadbirkor, izlanuvchi va shunga o‘hshash);
-
boshqa ijtimoiy rollar (masalan, men –
tomoshabin, jamoatchi,
sayohatchi, xaridor va shunga o‘hshash).
Bu
ajratilgan
uch
kateogoriya
aslida
insonning
shaxsiy
identifikatsiyasini tashkil etadi va unga quyidagilar kiradi:
a) feminin sifatlar – an’anaviy ayol obraziga monand bo‘lgan shaxs sifatlari
(masalan, men - g‘amho‘r, nazokatli, tobe, yumshoq, latif, hayolparast,
mehribon kabi);
b) maskulin sifatlar – erkaklarning stereotip obrazi bilan bog‘liq bo‘lgan shaxs
sifatlari ( masalan, men – kuchli, dadil,
maqsadga intiluvchan, mustaqil,
badjahl, irodali kabi);
v) neytral sifatlar – maskulin-feminin sifatlarga uyg‘unlashgan shaxs sifatlari
(masalan,
men xushchaqchaq, kelishgan, sadoqatli, saranjom-sarishta,
mehnatkash, dangasa kabi).
Shu tariqa olingan empirik
ma’lumotlar
maxsus
tablitsaga
solinib,
umumlashtiriladi.