O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi jalilova s. X., G`Ayibova n. A


T.LIRINING SHAXSLARARO MUNOSABATNI O‘RGANISH



Yüklə 3,49 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/122
tarix12.10.2023
ölçüsü3,49 Mb.
#154570
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   122
Umumiy ps.diag. Jalilova.Gayibova

T.LIRINING SHAXSLARARO MUNOSABATNI O‘RGANISH 
METODIKASI
Mazkur metodika 1954 yili T.Liri, G.Leforj, R.Sazeklar tomonidan 
shaxslararo munosabatlarni o‘rganish uchun ishlab chiqilgan.
T.Liri metodikasi shaxslararo munosabatlar psixodiagnostikasi uchun qulay 
bo‘lib, ushbu metodika orqali sinaluvchining shaxslararo munosabatlardagi 
pozitsiyadan o‘zini o‘zi baholashi, o‘zidan qoniqmaslik, shaxslararo 
munosabatdagi kutilmalarni yoritish uchun qo‘llaniladi.
Metodika bir necha modifikatsiyaga ega. Liri metodikasining ruscha 
modifikatsiyasini Y.A.Reshetnya va G.S.Vasilchenko ishlab chiqqan. Mazkur 
metodikaning o‘zbekcha modifikatsiyasini psixolog olimlar E.G‘.G‘oziev va 
R.Y.Toshimovlar yaratgan.
Empirik isbotlanganki, ziddiyatlar o‘z-o‘zini baholash strukturasi (real 
“Men” va ideal “Men”)dagi jiddiy o‘zaro nomuofiqlik shaxsning ichki 
disgarmoniyasidan darak berib, uning nizo uyg‘otuvchi xulq-atvoriga sabab 
bo‘ladi.
Shaxs atrofdagilar bilan o‘zaro ta’sirini dolzarblashgan jarayonidagi xatti-
harakatlarida namoyon bo‘lishiga asoslanib Timoti Liri empirik kuzatishlari
shaxslararo o‘zaro ta’sirining 8 ta umumiy yoki 16 ta toboro 
konkretlashtirilgan oktantlari - variantlari ko‘rinishida sistemalashtirilgan. 
Shaxslararo xulq-atvor tiplariga muvofiq jami 128 ta anchagina oddiy
tavsif-epitetlardan so‘rovnoma ishlab chiqilgan. Sifat ta’siri u yoki bu 
shaxslararo munosabatlar variantini aks ettiruvchi ustuvor tiplari aniqlashni 
ko‘zda tutadi. Oktantlarning ifodalanganlik darajasi tegishli ballar va shaxsning
ma’lum tavsiflari bilan belgilanadi. 
T.Liri metodikasi 128 ta xarakterologik xususiyatlarni mujassamlashtirgan 
tuzilma bo‘lib, ular 8 ta psixologik tendensiyalarga guruhlashtirilgan: 
I.
Hukmron -liderlik 
II.
Egoistik. 
III.
Tajavuskor


201 
IV.
Ishonchsizlik(skeptizm) 
V.
Itoatkorlik. 
VI.
Tobelik. 
VII.
Do‘stonalik 
VIII.
Bag‘ri kenglik-fidokorlik. 

Yüklə 3,49 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   122




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin