O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə63/94
tarix29.11.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#169779
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   94
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

(15-bandning o‘n beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 24-iyundagi 63-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2157-1, 29.07.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 31-son, 416-modda)
ijtimoiy-madaniy tashkilotlarni ayrim guruhi uchun kiyim-kechak, poyabzal, choyshab, yotish anjomlari va boshqa yumshoq buyumlar sotib olishga ketadigan xarajatlar, moddiy ta’minotning me’yorlari asosida, lekin ajratilgan mablag‘lar doirasida hisoblanadi;
suv, o‘rmon xo‘jaligi va boshqa tashkilotlarni saqlash xarajatlari ularning bajarayotgan ish me’yori va hajmidan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
inspeksiya va qo‘riqlash faoliyati bilan bog‘liq xizmatlar to‘lovi xarajatlari tashkilotlar va ushbu xizmatlarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi shartnomaga muvofiq aniqlanadi;
tashkilotlarning binolar, inshootlar va transport vositalaridan foydalanish, binolar va transport vositalari, shuningdek boshqa davlat mulklari ijarasi bilan bog‘liq xarajatlari belgilangan limitlar va natural ko‘rsatkichlardan kelib chiqib aniqlanadi;
xizmat safarlari bilan bog‘liq xarajatlar tashkilotlarning oldiga qo‘yilgan vazifalaridan, shuningdek qonunchilikda belgilangan me’yorlardan kelib chiqqan holda aniqlanadi;
epizootik kasalliklarga qarshi tadbirlar va qishloq xo‘jaligi zararkunandalariga (chigirtkalar, tut parvonasi va boshqalar) qarshi kurashish bilan bog‘liq xarajatlar prognoz ish hajmlari va kimyoviy preparatlarga bo‘lgan ehtiyojlar, shuningdek bajariladigan ish turlaridan kelib chiqqan holda aniqlanadi.
Yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlar, shuningdek Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi bo‘yicha boshqa xarajatlarni aniqlashda boshqa ko‘rsatkichlar va uslublar qo‘llanishi mumkin, ularning asoslanganligi xarajatlar smetasini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tegishli moliya organlari tomonidan tekshiriladi.
16. Yuridik shaxs maqomiga ega bo‘lmagan va tegishli davlat boshqaruv organlari (bosh bo‘linma sifatidagi budjet tashkiloti) huzuridagi markazlashtirilgan buxgalteriyalar va tegishli hokimiyatlarning buxgalteriyalari tomonidan xizmat ko‘rsatilayotgan tashkilotlar bo‘yicha quyidagi alohida hollarda jamlanma xarajatlar smetasi tuzilishi mumkin:
bir turdagi kichik tashkilotlar bo‘yicha — veterinar uchastkalar va punktlar hamda boshqa tashkilotlar bo‘yicha;
bir turdagi yirik tashkilotlar bo‘yicha, qachonki ularga xo‘jalik xizmatlarini ko‘rsatish xo‘jalik xizmatlarni ko‘rsatuvchi maxsus guruhlar orqali markazlashtirilgan holda amalga oshirilsa;
fuqarolarni o‘zini o‘zi boshqarish organlari bo‘yicha;
ozodlikdan mahrum etilgan joylardan qaytgan shaxslarga ijtimoiy moslashuv markazlari hamda voyaga etmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlari bo‘yicha.
17. Markazlashtirilgan buxgalteriyalar tashkil etilgan tegishli davlat boshqaruv organlari (bosh tashkilotlar) rahbarlari va tegishli hudud hokimlari (ular vakolat bergan mansabdor shaxslar) jamlanma xarajatlar smetasi bo‘yicha budjetdan ajratilgan mablag‘larni taqsim qiluvchilar bo‘lib hisoblanadilar.
18. Jamlanma xarajatlar smetasi, xizmat ko‘rsatiladigan tashkilotlarning rahbarlaridan olingan buyurtmalar asosida hamda markazlashtirilgan buxgalteriyada mavjud bo‘lgan hisob va hisobot, shuningdek, iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlariga muvofiq markazlashtirilgan buxgalteriya tomonidan tuziladi.
Jamlanma xarajatlar smetasini tuzish uchun buyurtmalar hokimiyatlarning tegishli boshqarma va bo‘limlari tomonidan belgilangan shakllar yoki ko‘rsatkichlar ro‘yxati bo‘yicha xarajatlarning guruhlari bo‘yicha va ilovalarni hamda smetalarga qilingan hisob-kitoblarni ilova qilgan holda tashkilotlar tomonidan taqdim qilinadi.
Buyurtmalarda quyidagi ma’lumotlar ko‘rsatiladi:
isitish, yoritish, suv ta’minoti xarajatlarini hisoblash uchun zarur natural ko‘rsatkichlar;
sotib olish uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar va jihozlar ro‘yxati;
kapital va joriy ta’mirlash bo‘yicha asosiy ishlar ro‘yxati;
o‘rmon xo‘jaligi tashkilotlarining bajaradigan ishlari hajmi;
qonunchilikka muvofiq belgilangan kadastr yuritish bo‘yicha ishlar hajmi va boshqa ko‘rsatkichlar hisobi;
bino va inshootlarni kapital ta’mirlash bo‘yicha manzilli ro‘yxatga kiritish uchun hisob-kitoblarning asoslanganligi;
budjetdan mablag‘lar ajratishni asoslash uchun boshqa kerakli hisob-kitoblar.
Tashkilotlar tomonidan berilgan buyurtmalar markazlashtirilgan buxgalteriyalar tomonidan tegishli tashkilotlarning vakillari ishtirokida oldindan ko‘rib chiqiladi hamda jamlanma xarajatlar smetasini tuzishda hisobga olinadi.
19. Markazlashtirilgan buxgalteriya tomonidan tuzilgan jamlanma xarajatlar smetasining loyihalari tegishli tashkilotlar rahbarlari ishtirokida ko‘rib chiqiladi va tasdiqlanadi.
20. Tashkilotlarning xarajatlar smetasi uch nusxada tuzilib, tashkilotning rahbari yoki uning o‘rinbosari (birinchi imzo huquqiga ega shaxs), tashkilot bosh hisobchisi yoki uning o‘rinbosari (ikkinchi imzo huquqiga ega shaxs), shuningdek moliya-iqtisod bo‘limi boshlig‘i (shtatlar jadvaliga muvofiq moliya-iqtisod masalalari bo‘yicha mutaxassis) tomonidan imzolanadi hamda belgilangan tartibda moliya organida ro‘yxatdan o‘tkazilganidan so‘ng:
birinchi nusxasi — tashkilotda qoladi;
ikkinchi nusxasi — tegishli moliya organiga taqdim qilinadi;
uchinchi nusxasi — yuqori tashkilotga taqdim qilinadi (zarur hollarda).
21. Tegishli moliya organlari xarajatlar smetasini chuqurroq o‘rganish maqsadida tashkilotlarning xarajatlar smetasini tuzish va ijro etishning istalgan bosqichida ularning qo‘shimcha hisob-kitoblarini talab qilishga haqli.

Yuqorida ko‘rsatilgan xarajatlar, shuningdek Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifi bo‘yicha boshqa xarajatlarni aniqlashda boshqa ko‘rsatkichlar va uslublar qo‘llanishi mumkin, ularning asoslanganligi xarajatlar smetasini ro‘yxatdan o‘tkazuvchi tegishli moliya organlari tomonidan tekshiriladi.



Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   59   60   61   62   63   64   65   66   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin