O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Baxmal iqtisodiyot va turizm texnikumi


-Mavzu nomi:Moliyaviy xujjat- xarajatlar smetasi



Yüklə 1,63 Mb.
səhifə62/94
tarix29.11.2023
ölçüsü1,63 Mb.
#169779
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   94
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi j

12-Mavzu nomi:Moliyaviy xujjat- xarajatlar smetasi
Moliyaviy Xarajatlar smetasini tuzish
Xarajatlar smetasi O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarining iqtisodiy tasnifiga muvofiq xarajatlar guruhlari bo‘yicha, 4 guruh xarajatlarining to‘liq yoyilmasini va hisob-kitoblarni o‘z ichiga olgan holdagi ilova bilan birgalikda, shuningdek mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha tuziladi.
Ilova xarajatlar smetasining ajralmas qismi bo‘lib, smetasining prognoz hisob-kitoblarini asoslaydi va hisobot tuzish maqsadida foydalaniladi.
O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining xorijiy muassasalarini saqlash uchun ajratiladigan budjet mablag‘lari bo‘yicha umumiy xarajatlar smetasi so‘mda mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha tuziladi.
(12-bandning uchinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 24-iyundagi 63-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 2157-1, 29.07.2013-y.) tahririda — O‘R QHT, 2013-y., 31-son, 416-modda)
Bunda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligining har bir xorijiy muassasalari bo‘yicha xarajatlar smetasi erkin almashtiriladigan valyuta va so‘mda xarajatlar guruhlari bo‘yicha, boshqa xarajatlarning to‘liq yoyilmasi va hisob-kitoblarni o‘z ichiga olgan holdagi ilova bilan birgalikda mazkur Nizomning 1a-ilovasiga muvofiq shakl bo‘yicha tuziladi.
(12-band O‘zbekiston Respublikasi moliya vazirining 2013-yil 24-iyundagi 63-sonli buyrug‘iga (ro‘yxat raqami 2157-1, 29.07.2013-y.) asosan xatboshi bilan to‘ldirilgan — O‘R QHT, 2013-y., 31-son, 416-modda)
13. Xarajatlar smetasini tuzish bo‘yicha ishlarni tashkil etish davomida O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari, idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo‘limlari o‘zlariga bo‘ysunuvchi tashkilotlarga tegishli xalq deputatlari Kengashi sessiyasining budjetni tuzish tartibi va muddati to‘g‘risidagi qaroridan va moliya organining ushbu masala bo‘yicha ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, kelgusi yil uchun smetalarni tuzish tartibi va muddatlari to‘g‘risida ko‘rsatmalar beradilar.
Buning uchun O‘zbekiston Respublikasi va Qoraqalpog‘iston Respublikasi vazirliklari va idoralari, tegishli hokimiyatlarning boshqarma va bo‘limlari o‘zlariga qarashli tashkilotlarning rahbarlari hamda tegishli xodimlari kengashini chaqiradilar va xarajatlar smetasini tuzish tartibi va muddatlari to‘g‘risida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadilar, ularga tashkilotlarning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga va ularga xarajatlar smetasini tuzish masalalari bo‘yicha qonunchilik talablarini tushuntiradilar, budjet mablag‘lari bo‘yicha xarajatlar smetasi hisob-kitoblarini albatta qonunchilikka muvofiq kelishi, xarajat qilishda moliya intizomiga, iqtisod qilish tartibiga rioya qilish haqida ko‘rsatmalar beradilar, shuningdek, xarajatlar smetasini tuzish hamda blankalarni to‘ldirish texnikasi masalalari bo‘yicha yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatadilar.
Bir vaqtning o‘zida o‘zlariga qarashli tashkilotlarga ijtimoiy rivojlanishning iqtisodiy ko‘rsatkichlari asosida (sinflar, o‘quvchilar, bolalar, shifoxonalarda joy-kunlar, bola-kunlar soni va boshqalar) kelgusi yil uchun ishlab chiqarish ko‘rsatkichlarini yozma ravishda xabar qiladilar.
14. Xarajatlar smetasi bo‘yicha xarajatlarni hisoblab chiqish mablag‘larga bo‘lgan ehtiyojga muvofiq iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish ko‘rsatkichlarini va iqtisod qilishning qat’iy tartibini amalga oshirishni hisobga olgan holda amalga oshirilishi shart.
15. Xarajatlarni hisoblab chiqishda quyidagilarga amal qilish kerak:
O‘zbekiston Respublikasi qonunlari va O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari, qarorlari va farmoyishlari, O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari va farmoyishlari, shuningdek Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, tegishli hokimiyatlarning ularga berilgan huquq va vakolatlar doirasida qabul qilingan qaror va farmoyishlariga;
budjet tashkilotlarining belgilangan tartibda tasdiqlangan xarajatlar me’yorlariga;
tovar va xizmatlarni davlat tomonidan tartibga solinadigan baholari va tariflariga.
Jumladan:
xarajatlar smetasiga ish haqi uchun mablag‘lar qonunchilik bilan belgilangan maoshlari va ish haqi stavkalari va ularga qo‘shimcha to‘lovlardan, amaldagi namunaviy shtatlar va me’yorlarga rioya qilishdan kelib chiqib kiritiladi. Ishbay usul bilan bajariladigan ishlar uchun ish haqi xarajatlar smetasiga budjet yiliga xarajatlar smetasida ko‘zda tutilgan ish hajmlaridan kelib chiqib kiritiladi;
pedagog xodimlar ish haqi uchun mablag‘larni ajratishda, qonunchilikda belgilangan ish haqi stavkalaridan va o‘quv rejasiga muvofiq daftar tekshirish, sinf rahbarligi va boshqalar uchun qo‘shimcha haq to‘lashni hisobga olgan holda tuzilgan tarifikatsiyalardan kelib chiqilishi lozim;
tibbiyot xodimlari ish haqi uchun mablag‘larni ajratishda, ish haqi stavkalari va qonunchilikka muvofiq mehnatga haq to‘lash shartlarini hisobga olgan holda tuzilgan tibbiyot xodimlari tarifikatsiyalaridan kelib chiqilishi lozim;
oliy o‘quv yurtidan keyingi ta’limda ta’lim oluvchilarni stipendiya xarajatlari belgilangan stipendiyalar miqdori va stipendiya ta’minoti tartibidan kelib chiqqan holda hisoblanadi;
mehnatga haq to‘lash jamg‘armasidan yagona ijtimoiy to‘lovni to‘lash xarajatlari xarajatlar smetasiga O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qarorlariga muvofiq belgilangan stavkalarda, qonunchilikka muvofiq yagona ijtimoiy to‘lov to‘lanadigan barcha to‘lov summalaridan kelib chiqqan holda kiritiladi;
ish beruvchining fuqarolik javobgarligini majburiy sug‘urta qilish bo‘yicha sug‘urta mukofotini to‘lash xarajatlari xarajatlar smetasiga qonunchilikda belgilangan tartibda ish beruvchining barcha xodimlarining o‘tgan yilgi ish haqining haqiqiy xarajatlaridan kelib chiqqan holda kiritiladi;
xo‘jalik xarajatlari, jumladan, kommunal xizmatlar uchun xarajatlar limitlar doirasida kommunal xizmatlar uchun baho va tariflarni hisobga olgan holda hisoblanadi;
telefon va boshqa telekommunikatsiya xizmatlari xarajatlari abonent raqamlari soni va xizmatlar uchun tasdiqlangan tariflaridan kelib chiqib hisoblanadi. Bunda, limitdan oshiq foydalanilgan shaharlararo (davlatlararo) so‘zlashuvlar uchun aloqa xizmatlari, internet bo‘yicha xizmatlar va boshqa aloqa xizmatlari xarajatlari budjet tashkilotlarining xarajatlar smetasida tegishli moliya organlari bilan kelishilgan holda o‘zlarining faoliyat xususiyatlaridan va ushbu xizmatlarga bo‘lgan talabdan kelib chiqib ko‘zda tutiladi;
davolash, bolalar va boshqa ijtimoiy soha muassasalarida ovqatlanishga ketadigan xarajatlar tashkilotlarning har bir turi uchun tasdiqlangan ovqatlanish kunining o‘rtacha yillik sonidan va natural me’yorlaridan kelib chiqib hisoblanadi;
dori-darmonlarga ketadigan xarajatlar kuniga bir bemorga hisoblangan dori-darmonlar me’yoriga qarab belgilanadi;

Yüklə 1,63 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin