Mustahkamlash 1. Stеril dоrilаr to‘liq stеrillаngаnligi qаndаy bilinаdi?
2. Stеril shаrоitdа qаndаy dоri shаkllаri tаyyorlаnаdi?
3. Stеril eritmаlаrning chidаmliligigа erishish uchun qаndаy mоddаlаr
qo‘shilаdi?
4. Stеril eritmаlаr tаyyorlаsh uchun mo‘ljаllаngаn idishlаrni yuvish
uchun qаysi mоddаlаr ishlаtilаdi?
5. Stеrilizаtsiya usulini tаnlаsh nimаlаrgа bоg‘liq,
6. Stеril dоrilаr SSV ligining qаysi buyrug‘igа аsоsаn tаyyorlаnаdi?
№3 –ILOVA. Kichik guruhlarga bo‘lib, ishlash qoidagi bilan tanishtiriladi. Rotatsiya usuli Bu metod mashg‘ulot mavzuini har bir kichik guruh alohida-alohida muhokama qilib chiqishi, yozganlarini butun guruh jamoa bo‘lib tahlil qilib ko‘rishi uchun qo‘llaniladi va quyidagi bosqichlarda amalga oshiriladi:
-dars mavzusi bo‘yicha nomerlangan topshiriqlar (masalan, rejadagi mavzuchalar) plakatlarga yozilib doskaga osib qo‘yiladi;
-topshiriqlar soni uchta bo‘lsa, talaba-o‘quvchilar ham shuncha kichik guruhlarga ajratiladi va guruhchalar nomerlanadi;
-kichik guruhlar o‘zlarining nomerlariga mos nomerdagi topshiriqni va uni bajarishda foydalaniladigan yozma ma’lumotlar paketini oladi;
-kichik guruhlar o‘zlariga taqdim etilgan materiallarni hamkorlikda o‘rganishib topshiriqqa javoblarini yozishadi;
-javoblar kichik guruhdagi husnixati chiroyli bir talaba-o‘quvchi tomonidan yoziladi;
-topshiriqlarga yozilgan javoblar varag‘i, ma’lumotlar paketi kichik guruhlararo almashtiriladi va qo‘shimchalar qilinadi, biroq javoblarning takrorlanishiga yo‘l qo‘yilmaydi;
-javoblar qaysi kichik guruhniki ekanligi ajralib turishi uchun ularga har xil rangdagi flamasterlardan foydalanish tavsiya etiladi. SHuningdek kichik guruhlar nomerlanib, ular o‘zlarining javoblarini shu nomer ostida yozishlari ham mumkin;
-javoblar yozilgan varaqlar doskadagi osig‘liq plakatlarga skochda yopishtirilib, o‘qituvchi ishtirokida muhokama qilinadi, umumlashtiriladi va to‘g‘ri javoblar daftarlarga yozib olinadi;
-to‘g‘ri va mukammal javoblar soniga qarab talaba-o‘quvchilar rag‘batlantiriladi va baholanadi.