O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Dorilarning ishlatilishiga qarah guruhlarga bo‘linishi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə126/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Dorilarning ishlatilishiga qarah guruhlarga bo‘linishi. Orga- nizmga yuborish yo‘Ilariga dorilar, asosan ikki guruhga: enteral (yunoncha entcron - ichak) - me’da-ichak yo‘llari orqali va parenteral - me'da-ichak yo‘llaridan tashqari yo‘llar orqali yuboriladigan guruhga bo‘linadi.
Entcral usullarga: a) og‘iz orqali - preparat (rer os); b) to‘g‘ri ichak orqali - rektal (per rcktum) yuborish usullari kiradi.
Parenteral usullarga: a) dorilarni nafas yoilari (traxeya, bronx) orqali (ingalatsiya usuli); b) teriga qoilanish; d) shilliq va seroz pardalar orqali yuborish; e) tildan (perlingval; lingua - til) va til ostidan (sublingval) yuborish; f) tcri ostiga, muskullar orasiga, qon to‘lirlariga, teri ostiga, orqa miya kanaliga yuborish usullari va boshqalar kiradi.
Dorini qanday usulda qo‘lanish kcrakligini tanlashda shifokor juda ko‘p sharoitlarni, birinchi galda bemorning ahvolini hisobga oladi. Behush yotgan bemorga dorini ichirib bo‘lmasligi shak-shubhasizdir. Bundan tashqari, dorining ta'sir etish tezligi va kuchi ham hisobga olinadi. Har bir dori moddasi qo‘lanish usuliga qarab turlicha ta'sir ko‘rsatadi, albatta. Masalan, dori to‘g‘ri ichak orqali yuborilsa - 7 daqiqa davo‘lida, ichilsa - 30 daqiqa davo‘lida so‘riladi, vaholanki shu dorining o‘zini venaga yuborilsa, 1-2 daqiqadan kcyin o‘z ta'sirini ko‘rsatadi.
Dorini qo‘llanish usulini tanlashda shifokor shu dorining orga- nizmning asosan bir sohasiga yoki butun organizmga ta'sir ko‘rsatishini ham albatta, hisobga olishi lozim.
Vuqorida keltirilgan dorivor moddalar klassifikatsiyasidan tashqari, keyingi yillarda ayrim avtorlar o‘z klassifikatsiyalarini taklif etdilar (A.S. Prozorovskiy, I.A. Muravyev). Lekin bu klassifikatsiyalar to‘liq ishlab chiqilmagani va sovct dorivor moddalar tcxnologlari to‘lonidan to‘la-to‘kis e'tirof qilinmagani uchun biz bu o‘rinda ularni keltirmadik.
lnsonni oliy Zot etib yaratgan Alloh unga bahra olib yashaydigan tabiatni ham in'o‘l etdi. Uning hayoti nabotot va hayvonot olamiga mustahkam bog‘langan. 0‘zining rizq-ro‘zisi, yemak-ichmagini u shu olamdan oladi, biror kasallikka chalinganda ham, tabiatdan shifo izlab undan dori-darmon topadi.
Ko‘hna Sharq insoniyat tibbiy qarashlarining qadimiy o‘chog‘i hisob- lanadi. Turkiy va forsiy tillarda so‘zlashuvchi xalqlarning og‘zaki ijodi va «Avesto»dagi dalillar buni aniq tasdiqlaydi.
Avcsto - (Aves - e'tiqod, ishonch ma'nosida) - miloddan oldin bi- rinchi ming yillikning birinchi yarmida Zardusht to‘lonidan yozilgan bo‘lib, 0‘rta Osiyo xalqlari hayoti to‘g‘risidagi birinchi yozma bayonlar kcltirilgan qutlug‘ kitobdir.
Tarixiy dalillarga ko‘ra, 0‘zbekiston xalqlari tabobat bilan shug‘ul- lanishlari ibtidoiy tuzum oxiri va quldorlik jamiyatining boshlanish dav- riga to‘g‘ri keladi.
Bu davrga kelib, qon ketishini to‘xtatish, yarani berkitib davolash, yallig‘lanishlarni og‘riq qoldiruvchi, narkotik, ich yumshatuvchi, ich qotiruvchi xususiyatlarini bilib foydalanganlar. Ularni chaynab yoki suvda bo‘ktirib iste'mol qilishgan.
Sharqshunos olim Bahro‘liyning ta'kidlashicha, «Avesto»da mingdan ziyod dorivor o‘simliklar, giyohlar ro‘yxati keltirilgan, ulardan dori olish va tayyorlash yo‘1!ari ko‘rsatilgan. Dorilar ko‘pincha shira, barg, gul, meva, don, buta, giyoh ildizi va shirasidan, zafaron, koski, kunjut, ko‘knori, hazoraspand, zira, xurmo, sabzi, behi, asal, zaytun moyi, savsan, zirk, bargizub, do‘lana kabi giyoh va o‘simliklardan tayyorlangan. «Oq Xum» barcha dorivor giyohlarning shohi hisoblangan.
Tashriq paytida sharobchi qum hamda nasha shirasi qo‘shib, oq xum qilishda foydalanilgan
«Avesto»dagi tibbiy dalillar ota-bobolarimizning tabobatga doir qarashlari rum, yunon va arab tabobatlaridan ko‘hnaroq va uzoqroq tarixga ega ekanligini ko‘rsatdi. Undagi tibbiy ma'lumot ko‘proq «Vendidodi»ning turli boblarida uchraydi. «Avesto»dagi muhit tozaligini saqlash, kasalliklarning oldini olish vositalari haqidagi mulohazalar, sterilizatsiya va mikroblarga qarshi kurashish usullari hozir ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.
Tibbiyot va farmatsiya, shu bilan birga dori texnologiyasining IV-V-asrlardagi holatidan xabar bcradigan manba bu «Gippokrat to‘plami»dir.
Bu to‘plamda ko‘rsatilishicha, Gippokrat davridagi shifokorlar qo‘lla- gan dori vositalari asosan Ebers papirusida keltirilgan tarkiblardan tashkil topgan edi.
Bu tarkiblarni o‘rganish asosida, o‘sha davrda oddiy va murakkab tarkibli dori moddalari tayyorlanganligi to‘g‘risida xulosa qilish mumkin. Dori texnologiyasi to‘g‘risidagi ma’1umotlar ba'zan qisqa va ba'zan to‘la keltirilgan.
Dorilarni dozalarga bo‘lishda aniq o‘lchamga kelinmagan bo‘Iib, unda «kiyik tovoniga teng yoki qo‘zi suyagi barobarida, uch barmoq bilan ushlanadigan qismda» kabi iboralar ishlatilgan.
Ba'zi bir keltirilgan tarkibdagi aralashmalarni biror-bir dori shakliga o‘xshatish qiyin.
Shunisi ajablanarliki, ko‘p dori ashyosi sifatida qo‘laniladigan manbalar - asal, sharob, o‘simlik sharbatlari, moy va shu kabilar dori preparati sifatida ko‘rsatilgan.
Qattiq dori shaklida keltirilgan elaki dori, hab dorilarni tayyorlash usullari berilgan.
Elaki dorilarni maydalash asosida tayyorlash ko‘rsatilsa, hab dori tayyorlashda asal va sirkadan foydalanish zarurligi uqdirilgan.
Suyuq dori sifatida eritmalar, osilmalar, suvli ajratmalar olish usullari berilgan.
Surtma dorilarni tayyorlashda asos sifatida yangi qo‘y, cho‘chqa yog‘arini ishlatish tavsiya etiladi.
Qin kasalliklarini davolashda esa shamdorilar qo‘lanilgan.
Qadim yunon farmatsiyasi, Misr va qadim sharq mamlakatlari farmatsiya yutuqlaridan foydalanib, empirik holda bo‘lsa ham ilmiy asoslangan farmatsevtik texnologiyaning rivojlanishiga asos soldi.
Abu Bakr Ar-Roziy 865-yili 28-avgust kuni Roy shahrida tug‘ilgan. Yoqimli qo‘shiqlar aytadigan iste'dodli kishi bo‘lgan. Dastlab zargarlik bilan, so‘ng kimyo fani bilan shug‘ullangan. Har xil modda bug‘i va tutuni ta'sirida uning ko‘zi og‘rib qoladi va u tabibga murojaat qiladi. Tabib davolashga 500 oltin so‘raydi Roziy shuncha pulni to‘lagach, al- kimyoni tashlab tabobatni o‘rganishga tushadi.
Beruniy, Roziy asarlarining qo‘lyozmalaridan «Muhammad Zakariyo Roziy kitoblarining faxriyoti» no‘lli maxsus risola yozgan va u bizgacha yetib kelgan. Unda ko‘rsatilgan Roziyning 184 ta asaridan 33 tasi tibbiyotga va 56 tasi tabobatga bag‘ishlangan.
Roziyning o‘ziga xos tibbiy maktabida tarbiyalangan va keyinchalik mashhur tabib bo‘lib yetishgan Abul Qosim Mukoniy va Abu Bakr Robiy ibn Ahmad al-Axavoniy al-Buxoriy kabi shogirdlari bo‘lib, keyingisi bizgacha yetib kelgan asari bilan sharq tabobati tarixida o‘chmas iz qoldirgan.
0‘rta asr farmatsiyasi va dori texnologiyasi tarixida salmoqli 0‘rinni arab va 0‘rta Osiyo olimlari olgan. Bu borada tibbiyot ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino (980-1037) alohida o‘rin tutadi.
Uning «Tib qonunlari» no‘lli 5 jildli asari yunon, rum, hind va 0‘rta Osiyo olimlarining tibbiyot sohasidagi fikrlari majmuasi sifatida yoritilgan.
Bunda Abu Ali ibn Sino o‘zining tibga oid asarlarida, xususan, «Tib qonunlari»ning ikkinchi va beshinchi kitoblarida 810 ta sodda (yakka) va 275 ta murakkab dorilarni bayon ctgan. Juda ko‘p murakkab dorilaming 2-3 va undan ham ortiq nusxalarini (variantlarini) keltirgan. Bundan tashqari, Ibn Sino 64 xil yurak dorilarini alohida bayon etgan. Shularning hammasini hisobga olsak, Ibn Sino ko‘rsatgan murakkab dorilarning soni 400 dan ortib ketadi.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   122   123   124   125   126   127   128   129   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin