O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə134/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Probka va qopqoqchalar
Bular dorixona idishlarining ajralmas bir qismi hisoblanadi. Ular, birinchidan, idish ichidagi moddalarni to‘kilib ketishdan, ikkinchidan esa, dori moddalarning tashqi ta'sirlardan saqlaydi. Biroq ayrim hollarda probka bilan dori moddalar bir-biriga ta’sir ko‘rsatishi mumkin, masalan, kuchli oksidlovchilar (yod, kaliy permanganat), kuchli kislota va ishqorlar yog‘och probkani buzadi. Shu munosabat bilan probkalashdan oldin idishdagi dori modda xususiyatini hisobga olish zarur. Yumshoq yog‘och probkalar sifatli hisoblanadi, chunki bunda yosmiq donachalari bo‘lmasdan, u toza va elastik bo‘ladi. Idishlarni probkalashdan oldin probkalarning elastikligini oshirish va idishlarning og‘ziga jips yopishib turishini ta'minlash maqsadida maxsus presslar yordamida siqiladi. Dorixonada ishlatiladigan rezina probkalarni maxsus rezinadan tayyorlash lozim, ularning tarkibida eruvchan moddalar va hid bo‘lmasligi kerak. Rczina probkatar kislota, ishqorlar, suvli va spirtli eritmalarga nisbatan ancha turg‘un bo‘lib, ko‘pgina organik erituvchilar (benzin, xloroform va boshqalar)ga nisbatan esa chidamsizdir, Rezina probkalarni ishlatishdan oldin iliq suvda yaxshilab yuvish lozim.
Shisha probkalar - rezina va yog‘och probkalarni ishlatish mumkin bo‘lmagan holatlarda qo‘llaniladi, bular jips yopiladigan bo‘lishi kerak. Shisha probkalar asosan donxonaning o‘zida saqlanadigan suyuqliklar uchun ishlatiladi
Dorixonada ba'zan ilgari ishlatilgan yog‘och va rezina probkalardan foydalanishga to‘g‘ri kcladi. Bunda ularni kaliy permanganatning issiq suvdagi 0,2% li eritmasi bilan tozalanadi, so‘ngra suv bilan chayib quritiladi.
Dorixona idishlari mctall va plastmassa qopqoqchalar bilan ham berkitilishi mumkin. Uiar, odatda, og‘zi burab berkitiladigan idishlarga mo‘ljaltangan hoiadi.
Idishlarni tozalash va yuvish dorilarni sifatli tayyorlashda juda katta ahamiyatga ega. Dorixonaga yangi keltirilgan va ayniqsa, ilgari ishlatilgan idishlarni juda diqqat bilan tozalash, yuvish va dczinfeksiya qilish talab ctiladi. Yangi idishlarni 1-2 soat iliq suvga solib qo‘yiladi, so‘ngra sovun, soda va iliq suv bilan yuvib, yaxshilab chayiladi. Ilgari ishlatilgan idishlarni esa (aholidan yig‘ilgan, kasalxonalardan keltirilgan) bir necha soat davo‘lida dezinfeksiyalovchi suyuqlik (xloroformning 2 %li eritmasi yoki xlorli ohak) quyilgan bakka solib qo‘yiladi. Keyin suv bilan chayiladi, sodaning 2% li eritmasida 30 daqiqa qaynatiladi. Shundan so‘ng sovun bilan iliq suvda yuvilib, avval oddiy suv, kcyin distillangan suv bilan chayiladi.
Idishlarni yaxshi dezinfeksiya qiluvchi modda sifatida diosidni tavsiya etsa boiadi. Idishlarni sterillash uchun diosidning 1:5000 eritmasida bir soat davo‘lida qoldiriladi.
Tozalangan idishlarni quritib, sterilizator yoki avtoklavda 100" Cda 30-60 daqiqa yoki quritish shkafida 160-170° Cda I soat sterillanadi. Sterillangan idishlarni steril pergament qog‘oz o‘ralgan probka bilan berkitib, yaxshi yopiladigan shkaflarda saqlanadi. Bankachalar shkafga to‘nkarib qo‘yiladi.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   130   131   132   133   134   135   136   137   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin