O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Dorixona idishlari va yordamchi materiallar



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə131/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Dorixona idishlari va yordamchi materiallar
Dori turlarining sifati va turg‘unligi qanday idishlarda saqlanishi, joylanishi va berilishiga hog‘iq. Odatda dori turlarini har xil idishlarda olib kclish, saqlash va berishga to‘g‘ri keladi Dorilarning barqarorligi va sifatiga ko‘pincha yorug‘ik, havo, namlik va harorat tasir qiladi. Bundan tashqari, dorilar idishlarning tarkibidagi moddalar bilan reaksiyaga kirishishi natijasida ham o‘zgarishi mumkin. Shu munosabat bilan dorixona idishlari quyidagi talablarga javob berishi:
1. Dori moddalarning fizik, kimyoviy xossalarini o‘zgartirmasligi;
2. Kichik hajmli va yengil bo‘lishi;
3. Mcxanik ta'sirlarga bardosh berishi;
4. Dorilarni yorug‘ik, namlik va havo ta'siridan saqlashi;
5. Arzon va oson tayyorlanadigan bo‘lishi kerak.
Dorixona idishlari quyidagi matcriallardan tayyorlanadi:
A) Anorganik materiallar - temir, tunuka, aluminiy, qo‘rg‘oshin, po‘lat, shisha, chinni, fayans va hokazo.
B) Organik materiallar - qog‘oz (yozuv qog‘ozi, parafinlangan va mumlangan qog‘oz), karton, pergament, yog‘och va boshqalar.
C) Plastmassa materiallari - polietilen, karbolit, sellofan.
Shisha idishlar
Shishadan suyuq dorilar uchun flakonlar, mazlar uchun bankachalar, tabletka va granulalar uchun silindrsimon naychalar tayyorlanadi. Shisha idishlar turli shaklda (konussimon, silindrsimon, qirrali va hokazo) va har xil rangda (qo‘ng‘ir, to‘q sariq, qora va hokazo) bo‘lishi mumkin.
Shisha idishlarning og‘zi silindrsimon bo‘lishi lozim. Ular turli bajmda chiqarilib, ayrimlari jips yopiladigan shisha probka (tiqin) bilan ta'minlanadi. Dori solib beriladigan shisha idishlarning hajmi 5 ml dan 500 ml gacha, dorixonada har xil maqsadlarda qo‘laniladigan idishlarning hajmi esa 25 ml dan 19-20 / gacha bo‘ladi.
Shisha idishlar chidamli bo‘lishi, hech qanday boshqa moddalar saqlamasligi, bir xil qalinlikda bo‘lishi zarur. Inyeksiya qilinadigan dorilarni tayyorlash va saqlash uchun maxsus neytrai shishadan tayyorlangan idishlardan foydalanish lozim. (Bunday idishlarga bo‘lgan talablar ampulaga doir bobda batafsil kcltiriladi.)
Shisha idishlarning chidamliligi quyidagicha tekshirib ko‘riladi. Idishning 3/4 qismiga xlorid kislota bilan metil qizili eritmasidan iborat suyuqlik solinib, 30 daqiqa suv hammo‘liga qo‘yiJadi (suyuqlik tarkibi: I litr suv, 1 ml 0,1 n. xlorid kislota va 5 to‘lchi metil qizili). Shundan keyin idish ichidagi qizil bo‘yoq o‘z rangini o‘zgartirmasa, shisha talabga muvofiq deb topiladi
Dorixonalarda mazlar berish va saqlash uchun ham har xil shisha bankachalar ishlatiladi Ularning katta-kichikligi turlicha.
Bankachalar qanday maqsadlarda ishlatilishiga ko‘ra qopqoqli, ayrim hollarda qopqoqsiz chiqariladi. Bunday bankachalarga qo‘yiladigan talablar shisha idishlarga qo‘yiladigan talablarga o‘xshashdir.
Yuqoridagi idishlardan tashqari, tabletkalar, piiulalar va granulalar uchun silindrsimon shisha naychalar ham ishlatiladi.
Bayon qilingan shisha idishlardan tashqari, dorixonada dori modda- larni saqlash uchun turli hajmdagi idishlar mavjud bo‘lib, ular odatda, shtanglas deb yuritiladi. Bu idishlarga quruq moddalar solib qo‘yiladi. Kuchli kislotalar va ishqorlar saqlash uchun mo‘ljallangan shtang- laslarning og‘zi kislota, ishqorlar va issiqqa chidamli bo‘lgan qalpoqcha va shisha probka bilan berkitilib qo‘yiladi. Salga sinishi va yorug‘Iikni qisman o‘tkazishi ularning kamchiligidir. Keyingi vaqtda shisha idishlarning ichki devorlari yupqa qilib silikonda qoplanib, kimyoviy moddalar bilan ishlov berib va issiqqa chidamli qilib chiqarilmoqda.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   127   128   129   130   131   132   133   134   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin