O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə136/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Dori turiga tavsifnoma
Barcha kristall moddalarni maydalash, qattiq jismning sirtqi qatlamlaridagi kristall tuzilmalarning buzilishiga olib keladi. Dori moddalarni maydalash natijasida zarracljalar sirtida amorf qatlamlar hosil bo‘ladi, bu bilan qattiq /jism-larning fizik-kimyoviy xossalari faollashadi, masalan, shimislr va erish faol xossalari oshadi. Disperslik darajasi oshishi bilan kukunlarhing umumiy sirti oshadi. Shunday qilib, dori moddalar kukun holida yuqori shifobaxsh ta'sirga ega bo‘ladi, agar kukun qancha mayda bo‘lsa^ bu xossa shun cha yuqori bo‘ladi. Oson va qiyin eriydigan dori moddalarning zarrachalarini dispersirlash natijasida ularning shimilishi osonlashib, tezlashadi. Maksimal darajada yuqori dispers holatidagi suvda erimaydigan moddalar (aktivlangan ko‘-mir, vismut nitratning asosli tuzi, oq loy, talk va boshqalar) adsorfasiya (shimish), o‘rab olish va antiseptik xossalarini namoyon qiladi.
Maydalangan kukunlar ichish uchun oson va aniq do-zalanadi, ularning tayyorlanish texnologiyasi oddiydir. Ayni vaqtda kukunlarning afzalliklaridan tashqari, ayrim kam-chiliklari ham mavjud. Masalan, dori moddalar maydalan-ganda namlikni, gazlarni o‘ziga tez tortadi va uning gigrosko-pik xususiyati ortadi: suyuq dorilarga nisbatan kech ta'sir etadi. Ayrim moddalar shilliq pardalarni ta'sirlantiradi (Natrii bromidum, Kalii bromidum, Chloralum hydratum va boshqalar).
Umumiy texnologik jarayonlar
Kukunlarni tayyorlash quyidagi jarayonlardan — may-dalash, clash, aralashtirish, dozalarga bo‘lish, qadoqlash va berishdan iborat. Kukunlarning tarkibi, xarakteriga ko‘ra yuqorida aytilgan ayrim jarayonlarni bajarmaslik ham mum-kin.
Maydalash (Pulverisatio). Qattiq dori preparatlarini maydalash katta ahamiyatga ega bo‘lib, faqatgina shifobaxsh ta'sirni oshiribgina qolmay, balk'i qunt bilan aralashtirish va aniq dozalanishiga ham ijobiy ta'sir qiladi. Maydalanganda dori moddalar zarrachalarming o‘lchamlari tenglashadi, shundan so‘ng ular oson va yaxshi aralashib, qatlamlar hosil qilmaydi.
X DFda tayyor kukunlarning maydalanish darajasini oddiy ko‘z bilan ko‘rib bo‘lmasligi baholanadi. Normal odam ko‘zi 25 sm masofa, agar kukun rangi u solingan idishdan farq qilsa, 50 mkm kattalikdagi zarrachalarini ko‘ra oladi. Bir xil rangdagi tayyor kukunlar ayrim zarrachalarining kattaligi 70 mkm.dan oshsa, ularni ajratish mumkin bo‘ladi. Qattiq dori moddalari kristall va amorf holida bo‘ladi. Kristall kukunlar navbatdan tashqari maydalanadi, ammo dori xonada amorf jismlarni maydalashga to‘g‘ri keladi, shu-ningdek, dorivor o‘simliklarining ayrim qismlarini ham dorixona sharoitida uncha katta bo‘lmagan miqdordagi mod­dalar maydaligiga to‘g‘ri keladi, buning uchun dorixona uchun moslashtirilgan oddly apparatlardan foydalaniladi.
Dorixonaning kundalik rshida kerak bo‘ladigan asbob-lardan biri hovoncha (mortaria) va uning dastasidir (pistil-Id). Hovoncha chinni, shisha, agat, cho‘yan, po‘lat, mis-dan ishlangan bo‘lib, ularning shakli va hajmi har xil bo‘ladi. Hovonchalar pishiqligiga qarab, turli xil mexanik kuchlar uchun foydalaniladi. Chinni va shisha hovonchalarda ishqa-lab eziladi, metall hovonchalarda yanchiladi. Agat hovon-chalar juda qattiq moddalarni maydalash uchun ishlatiladi. Dorixonada chinni hovonchalar ko‘proq ishlatiladi, ular yetti xil raqamlarda chiqariladi. Chinni yuqori qattiqlikda mo‘rt buyum hisoblanib, biroz kuch bilan ishqalashga chidamlidir. Hovonchaning yu/asi silliq, yaltiramaydigan bo‘lib, namlikni 0,2% dan ortiq shimmasligi zarur.
Yaxshilab maydalash uchun hovoncha tubi hovoncha dastasining boshiga to‘g‘ri kelishi kerak, aks holda maydalan-magan zarrachalar dastasining botiq joylariga kirib qoladi. Turli kattalikdagi dorixona chinni hovonchalarining tex-nologik parametrlari 6.1-jadvalda Davlat standarti bo‘yicha keltirilgan.


6.1-jadval Dorixona hovonchalarining parametrlari

T/r

diamet-ri, mm

ishchi sirti, sm2

hovon­cha koef-ti

ishchi hajmi, sm3

mayda­lash vaqti

yuklash

maksi-mal

opti­mal'

1.

50

45

1

20

60

1

0,5

2.

75

90

2

80

90

4

1,5

3.

86

90

2

80

90

4

1,5

4.

110

135

3

160

120

8

3

5.

140

225

5

320

150

16

6

6.

184

450

10

960

210

, 48

18

7.

243

765

17

2240

300

112

42

Hovonchada dori tuygandaj tez charchab qolmaslik maqsadida o‘ng qo‘lining tirsak va yelka bo‘g‘imlarini emas, faqat barmoqlarnigina harakatga keltirish mumkin. Hovon­cha dastasini hovonchaning tubi va devorlariga ortiqcha kuch sarflamay bir tekis ishlatish. lozim. Zaharli va kuchli ta'sir ko‘rsatuvchi hamda shilliq qavatlarni ta'sirlantiruvchi mod-dalarni (veratrin, ipekakuanaildizi) maydalashdaog‘zi berkitiladigan hovonchalardan foydalanish, bimda yuzga, orasiga paxta solingan doka niqob tutish va himoya ko‘zoynak taqib olish zarur.


Hovonchaning ishchi sirti teshikli bo‘lib, teshiklar kat-taligi 30 mm.dan kichik bo‘lishi kerak. Hovoncha va uning dastasinmg sirtidagi g‘adir-budirligini silliqlab kamaytiri-ladi, teshiklar kattaligi qisqaradi.
Dori moddalarni hovonchada maydalayotganda ularning bir qismi hovoncha teshiklariga kirib yo‘qoladi, yo‘qotish miqdori 30 mkm.dan kichik zarrachalarning hosil bo‘lishiga bog‘liq. Hovoncha teshikchalari birinchi ezilgan modda bi-lan to‘ladi, shuning uchun murakkab kukunlarni tayyor-lash jarayonida dori preparatlarning hovonchadagi yo‘qotish miqdorini bilish kerak, ular keng miqyosda o‘zgarib tura-di.
I .A. Muravev va V.D. Kozminlar 1-raqamli hovonchada tajriba o‘tkazib, qattiq dori preparatlarining maydalash jarayonida yo‘qolish miqdorini aniqladilar (6.2-jadval).
Boshqa kattalikdagi hovonchalardagi yo‘qolish miqdorini aniqlash uchun 1-raqamli hovonchadagi yo‘qolish miq­dorini har bir hovonchaning ishchi sirti koeffitsiyentiga ko‘paytiriladi va shu maqsadda dori preparatlar yo‘qolish miqdorinmg jadvali keltirilgan. Shuning uchun murakkab kukun tayycrlanayotgan vaqtda birinchi maydalashning yo‘qolish miqdori kam bo‘lgan moddadan boshlanadi, agar tarkibida yordamchi moddalar bo‘lmaganda (masalan, qand).
Har bir raqamli hovoncha uchun maksimal to‘ldirish miqdori mavjud, ya'ni hovonchaning — hajmidan oshir-

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   132   133   134   135   136   137   138   139   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin