Dozalanmagan murakkab kukunlar
Dozalangan, ichish uchun mo‘ljallangan kukunlardan qo‘llanilishiga ko‘ra, uncha katta farq qilmaydi, chunki ular tarkibiga zaharli, kuchli ta'sir etuvchi moddalar kirmaydi. (6.17-retsept).
6.17. Rp.: Pulveris radicis Rhei
Magnesii oxydi aa 5,0 Natrii hydrocarbonatis Sacchari аи 20,0
M.f. pulvis DM scatulo
S. I choy qoshiqdan kuniga 2 mahal ovqat-dan 30 minut oldin ichiladi.
Tayyorlanish uchun 7-raqamli hovoncha ishlatiladi. Av-val qand maydalanadi, so‘ngra natriy gidrokarbonat va ra-voch ildizining kukuni qo‘shiladi, so‘ngra kukun yengil va to‘zg‘iydigan bo‘lganligi uchun magniy oksid oxirida qo‘shiladi. Tayyor aralashma mumsimon qog‘ozga o‘ralib, quti yoki xaltada beriladi.
Sirtga ishlatiladigan murakkab kukunlar
(Pulveres compositi ad usum externum)
Murakkab kukunlarni dozalash juda kam uchraydi.
Baxtsiz hodisalarning oldini olish uchun qadoqlangan kukunlarda qizg‘ish yorliqli «Sirtga ishlatish uchun» yozuvi bo‘lishi kerak.
6.18. Rp.: OsarsoliO,25
Streptocidi Acidi bond
Glucosi ag 0,3M.f. pulvisD.'t.d.№l2.
S. Qinni yuvish uchun.
Borat kislota 18 to‘lchi 96 % etanol bilan eziladi, so‘ngra maydalash va aralashtirish qolgan barcha ingrediyentlar uchun maydalangunga qadar davom ettiriladi. Kukunlar l,15g.dan tortiladi. Kukunlar yelimlangan holda signatu-rasi bilan qo‘shimcha «Ehtiyotlik bilan foydalanilsin» yo-zuvli yorliq yopishtiriladi.
Sirtga ishlatiladigan dozalanmagan murakkab kukunlar murakkab sepmalar holida bo‘ladi. Asos sifatida ko‘pincha talk, kraxmal, betonit, oq gil, likopodiy va boshqa moddalar qo‘shiladi. Tarkibiga ko‘ra, ayrim sepmalar suvni adsorbsiya qiladi (kraxmal, betonit), boshqalari — yog‘larni (rux oksid), uchinchisi ham suvni, ham yog‘ni (oq gil).
6.19. Rp.: Dermatoli5,QZinci oxydi 10,0 Talci 15,0 M.f. pulvis. D.S. Sepma.
Awal hovonchaga pyx oksid, so‘ngra dermatol solindi, oxirgi o‘rinda talk qo‘shiladi. Kukunning bir xilligini der-matolning bo‘yalishi bilan aniqlanadi. Shisha bankalarda beriladi.
6.20. Rp.: Formalini 10mlAcidi salicylici 3,0 Acidi borici 5,0 Lanolini 5,0 Talci 100,0 M.f. pulvis. D.S. Sepma.
Borat va salitsilat kislota etanol bilan birgalikda maydalanadi, talk aralashtiriladi. So‘ngra suvsiz lanolin bilan oz-ozdan emulgirlangan formalin qo‘shilib, bir xil sochiluv-chan modda hosil bo‘lgunga qadar aralashtiriladi. Shisha bankalarda beriladi.
Dostları ilə paylaş: |