O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə140/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Mavzu: Yig‘malar
Reja:
1.Yig‘malarga ta’rifi.
2.Yig‘malarning qo‘llanilishiga ko‘ra sinflarga bo‘linishi.
3. (Species fumales Cigarettae).


Yig‘malar (species)
Qirqilgan yoki maydalangan dorivor o‘simliklar qism-lari (ildizi, ildizpoyasi, yer ustki qismlari — poyasi, guli, mevasi va hokazolar)ning aralashmasina yig‘malar (to‘p-lamlar) deb ataladi. Yig‘malar tarkibiga bar xil tuzlar va efir moylari va boshqa moddalarni kiritish mumkin.
Disperslik tasnifiga ko‘ra, yig‘malar dispers muhitsiz, har to‘lonlama erkin dispers sistemalarga kiradi, kukunlardan farqli o‘laroq, ular yirik zarrachalardan iborat. Yig‘malar juda qadimdan qo‘llanib kelingan dori turi bo‘lib, uy sha-roitida ulardan turli xil choylar tayyorlanishi mumkin, ular siydik haydovchi, o‘t haydovchi, ich surishiga qarshi, isit-ma tushiruvchi dori vositalari sifatida qo‘llaniladi.
Yig‘malar tugallanmagan dori turiga kiradi, chunk! be-mor ularni dorixonadan olgach, shifokor ko‘rsatmasiga asosan ichish, chayqash va vanna qilish uchun damlama yoki qaynatma tayyorlaydi, og‘riq qoldirish maqsadida yig‘mani qizdirib qo‘yadi. Yig‘malar retseptda dozalarga bp'linmagan holda yoziladi. Ularni bemor uyda dozalarga bo‘lib oladi. Shuning uchun yig‘malar tarkibiga zaharli va kuchli ta'sir etuvchi moddalar qo‘shib berilmaydi.
Yig‘malar ichishga va sirtga qo‘llanish uchun mo‘l-jallangan bo‘lib, ichiladigan yig‘malar «Choylar» deb ata­ladi. Yig‘malar qo‘llanilishiga ko‘ra quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
a) qizdirib qo‘yish uchun beriladigan yig‘malar (Species ad captaplasmd). Bunda yig‘malarni bemor issiq suv bilan qorishtirib, bo‘tqa tayyorlaydi va toza surpga o‘rab, og‘-riyotgan joyga qo‘yadi;
b) quruq qizdirish yo‘H bilan ishlatiladigan yig‘malar (Sp. adfomenta seu sacculi medicati). Bunda yig‘malarni surp va xaltachada o‘rtacha qizdirib, og‘riyotgan joyga qo‘yiladi;
d) damlama va qaynatma uchun belgilangan yig‘malar (Species ad infusum seu decoctum), bu yig‘malardan bemor uyda shifokorlarning ko‘rsatmasi bo‘yicha damlama yoki qaynatma tayyorlaydi. Ular ichiladi, ba'zan og‘iz, to‘loq chayqaladi (Species pro qarqarisma);
e) chekish uchun beriladigan/yig‘malar (Species fumales Cigarettae). Bunda chekish vaqtida tutunning ajralib chiqib nafas yo‘li orqali bevosita o‘pkaga ta'sir etishi hisobga olin-gan. Yig‘malar tutaganda ajralib chiqqan uchuvchan dori moddalar nafas yo‘li retseptorlariga.ta'sir ko‘rsatadi. Bu yig‘malar yupqa qog‘ozga papiros yoki sigareta shaklida o‘rab beriladi. Yig‘malar o‘ralgan qog‘oz kraxmaldan tayyorlan-gan yelim bilan yopishtiriladi. Yig‘malarning tutashini tezlatish maqsadida natriy nitrat qo‘shiladi.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   136   137   138   139   140   141   142   143   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin