O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə143/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Mavzu: Eritmalar
Reja:
1.Suyuq dori turlarini qo‘llanilishi, dispers holatiga ko‘ra sinflarga bo‘linishi.
2.Tozalangan suv, uning olinishi, saqlanishi.
3. Chin eritmalar.
4.Eritmalarga retseptlar yozish qoidalari.


Suyuq dori turlarini tayyorlashning asosiy qoidalarl
Suyuq dori turlarini tayyorlashda to‘yingan eritmalarda ro‘y bera- digan holatlarni oldini olish yoki kamaytirish maqsadida ma'lum tartib- ga rioya qilinadi. Suvli critmalar tayyorlashda kerakli hajmda suv (toza- langan suv, inyeksiya uchun ishlatiladigan suv, xushbo‘y suv) o‘lchab oli- nadi va unda birinchi navbatda quruq dorilar, so‘ng yordamchi moddalar, ularning eruvchanligini hamda o‘zaro ta'sirini hisobga olgan holda critiladi.
Bunda dastlab zaharli, giyohvand, psixotrop moddalari eritiladi.
Ma'lum qismda criydigan, kam criydigan, sckin eriydigan moddalarni erishini tczlatish maqsadida ularni isitish, eruvchi moddani oldindan maydalab olish va aralashtirish mumkin.
Juda kam va amalda erimaydigan moddalardan eritma tayyorlashda yuqorida ko‘rsatilgan usullardan tashqari, me'yoriy hujjatlar asosida ularning cruvchan tuzlarini hosil qilish usulidan foydalaniladi.
Tayyorlangan critmalarning fizik-kimyoviy xususiyatiga qarab filtr turi tanlanadi va fiakonga suzib o‘tkaziladi, kcyin unga konsentrlangan critmalar, suyuq dori turlari (nastoykalar, suyuq ckstraktlar, suvli va spirtli critmalar, xushbo‘y suvlar, xushta’m va dorivor siroplar, novogalen prcparatlar) hajm miqdorida o‘lchab, quyidagi tartibda qo‘shiladi:
- Suvli havoga uchmaydigan va hidsiz suyuqliklar;
- Suv bilan aralashadigan, havoga uchmaydigan boshqa suyuqliklar;
- Havoga uchadigan suvli suyuqliklar;
- Spirtli suyuqliklar, bunda spirt konscntratsiyasi kam bo‘lgan suyuqlik oldinroq quyiladi;
- Hidli va havoga tez uchadigan suyuqliklar.
Eritmaga barcha suyuq dori turlarini qo‘shishda ularning suvda cruvchanligi va aralashish xususiyati, shuningdck qaysi guruhga kirishi hisobga olinadi.
Erituvchi sifatida yopishqoq uchuvchan suyuqliklar ishlatilganda, bemorga dori vositasi bcriladigan idishga avval dori moddasi va yordamchi vositalar solinadi, ustiga erituvchi suyuqlik (grammda) tortib quyiladi, crituvchi sifatida spirtdan foydalanilsa hajmda o‘lchanadi.
Erituvchi sifatida glitscrin yoki moylardan foydalanilganda, dori vositasini fizik-kimyoviy xususiyatiga qarab isitiladi, agar erituvchisifatida spirt yoki xloroform qo‘llanilsa, faqat zaruriyat bo‘lganda, ehtiyot choralarini ko‘rib isitiladi.
Tarkibida havoda uchuvchan dori vositasi bo‘lgan eritmalar 40-45° C gacha isitiladi. Tarkibida cfir yoki uning spirtli aralashmasi bo‘lgan eritmalar isitilmavdi.
Tayyor critmaning qovushqoqligini, havoga uchuvchanligini hisobga olib, yo‘qotish miqdorini kamaytirish choralarni ko‘rgan holda, quruq filtr tanlanadi va suziladi.
Suyuq dori turining umumiy hajmi uning tarkibiga kiruvchi suyuq moddalarga uning hajmi qo‘shib aniqlanadi.
Misol:
Rp: SoiutionisGlucosi 10 % - 200 ml
Solutionis Cilrali spiriluosae 1% - 2 ml Magnii sulfatis 4,0 Natrii bro‘lidi 2,0
Mikstura hajmi 202 ml ga (200+2) teng.
Mikstura magniy sulfat, natriy bro‘lid va glukozaning konsentrlangan eritmalaridan foydalanib tayyorlanadi. Flakonga avvalo 130 ml tozalan- gan suv o‘lchab olinadi, so‘ngra 40 ml 50% (1:2) glukoza eritmasi, 20 ml 20 % (1:5) magniy sulfat eritmasi va 10 ml 220 % (1:5) natriy bro‘lid eritmasi quyiladi. Oxirida 2 ml titralning I %li critmasi qo‘shiladi.
Tayyor bo‘lgan dorining hajmi, yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan hajm oshish mc'yoridan oshmasligi kerak.
Agarda retseptda eritma tarkibidagi suyuq dori vositasi og‘irlik bo‘yicha ko‘rsatilsa, uning hajmi, zichligini hisobga olgan holda 1.12 bandda keltirilgan formula asosida aniqlanadi.
Suyuq dori turlarini tayyorlashda kukun holidagi moddaning miqdori 3 % va undan ko‘proq bo‘lganda ushbu moddalarning konsentrlangan eritmalaridan foydaianiladi.
Kukun (poroshok) holida yozilgan moddalarni konsentrlangan eritmalari bo‘lmaganida ularni o‘lchov idishida tayyorlanadi, bunda moddalarning hajm oshish koeffitsiyenti (HOK) hisobga olinadi.

N - dorining hajmi o‘zgarilishiga yo‘l qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolik darajasi.


HOK - Hajm oshish koeffitsiyenti.
Misol.
Rp: Solutsionis Calcii chloridi 5 % - 200 ml Glucosi 60,0 Natrii bro‘lidi 3,0 Mikstura hajmi 200 ml.
Mikstura tayyorlashda konsentrlangan critmalardan foydalaniladi. Flakonga 45 ml suv, 20 ml 50% (1:2) kalsiy xlorid eritmasi. 120 ml 50% (1:2) glukoza critmasi va 5 ml 20% (1:5) natriy bro‘lid eritmasi solib tayyorlanadi.
Agar dorixonada glukozaning konsentrlangan (50% yoki 40%) eritmasi bo‘lmasa, u holda mikstura o‘lchov idishda tayyorlanadi: idishga taxminan 120 ml toza qaynoq suv quyilib unda 60,0 gr glukoza eritilib sovitiladi; sovigan eritma boshqa o‘lchamli idishga o‘tkaziladi va hajmi 165 ml ga yctkaziladi; so‘ng fiakonga suzib o‘tkaziladi; eritmaga 20 ml 50 % (1:2) kalsiy xlorid eritmasi, 15 ml 20 % (1:5) natriy bro‘lid eritmasi qo‘shiladi.
Mikstura tayyorlash uchun zarur bo‘lgan erituvchi miqdorini glukozaning hajm oshish koeffitsiyenti bo‘yicha ham hisoblash mumkin. Bunda 60 gr eritilganda olinadigan hajm (0,69*60) = 41,5 ml dir. 200 ml eritma tayyorlash uchun olinadigan tozalangan suv miqdori 200 - (20+ 1 5+41,4)= 123,6 ml ni tashkil etadi.
Kalsiy xloridning maxsus fizik va kimyoviy xossalarini (o‘la gigroskopik) hisobga olib suyuq dori turlarini tayyorlashda uning 20- 50% konsentrlangan eritmalari ishlatiladi.
Agar suyuq dori turi tarkibida o‘simliklardan olingan suvli ajratmalar bo‘lsa, unda kukun holatdagi dori moddalarni suzib o‘lkazilgan va sovitilgan ajratmada critiladi. Zarur bo‘lsa critma ko‘lsatilgan hajmda yetkazilib, yana bir marta suzilgach, flakonga quyiladi.
Bunday hollarda konsentrlangan eritmalardan foydalanishga ruxsat etilmaydi.
O‘simliklarning suvdagi damlamasi ishlatish uchun tayyor bo‘lgan- dagina, unga sharbatlar tindirmalar (nastoyka), suyuq ckstrakt shuning- dek, boshqa galen va novogalen preparatlari qo‘shiladi. Dorixonalarda dorivor o‘simliklardan «konsentrlangan damlamalar» tayyorlash taqiq-
lanadi. Chunki, bu holda o‘simlikdan suvga chiqishi kerak bo‘lgan moddalar to‘la-to‘kis ajralib chiqmaydi.
Misol:
Rp: Infusi herbae Leonuri 12,0-200 ml Nalrii bro‘lidi 4,0 Tincturae Valerinae 6 ml.
Miksturaning hajmi - 206 ml. Arslonquyruq o‘t damlamasi amaldagi farmakopeya maqolasida bayon qilingan suv yutish koeffitsiyenti hisobga olingan qoidalar bo‘yicha tayyorlanadi. Tayyor bo‘lgan damlamada 4 gr natriy bro‘lid eritilib, flakonga suzib olinadi va unga 6 ml valeriana nastoykasi qo‘shiladi.
0‘simlikning suvli ajratmalarini tayyorlashda dorivor o‘simlik o‘rniga umumiy ekstrakt-konsentratlaridan (suyuq ckstrakt 1:1 va 1:2 nisbatda) foydalanish mumkin. Bunday hollarda dori tayyorlashda konsentrlangan eritmalardan foydalanish mumkin.
Quruq ekstrakt konsentratlarni suyuq dorilarda critish kukun moddalarini eritish kabidir. Ularda critish suyuq ekstraktlar va galen preparatlari oxirida qo‘yiladi.
Misol:
Rp: Infusi rhimozatis cum radicibus Valerianae 6,0-200 ml Natrii bro‘lidi 2,0 Coffeini natrii benzoatis 0,6 Tincturae Convallariae 5 ml Mikstura hajmi 205 ml.
Damlama valeriananing 1:2 nisbatli suyuq konsentrati va dori moddalarining konsentrlangan eritmalardan foydalanib tayyorlanadi. Flakonda 172 ml tozalangan suv 10 ml 20 % (1:5) natriy bro‘lid eritmasi, 6 ml 10 % (1:10) kofein-natriy benzoat eritmasi, 12 ml valeriananing suyuq ekstrakt-konsentrati va 5 ml marvaridgulining tindirmasidan quyib dori tayyorlanadi.
Gistiiogik jihatdan har xil tuzilishga ega bo‘1gan talaygina dorivor o‘simliklardan tayyorlanadigan damlamalar bir xil ekstraksiyasi rejimini talab etsa ular bitta infundirkada tayyorlanadi.
Misol:
Rp: Infusi rhizo‘latik cum radicibus
Valerianae ex 10,0 - 200 ml

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   139   140   141   142   143   144   145   146   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin