Suyuqliklar va konsentrlangan eritmalar ishtirokida miksturalar tayyorlash SSV ning 582 buyrug‘iga asosan:
Dorixonalarda tayyorlanadigan suyuq dorilar og‘irlik-hajm usulida tayyorlanib, bemorga hajm (ml) bo‘yicha o‘lchab bcriladi Miksturalarni og‘irlik-hajm usulida tayyorlashda buretka moslamasi, pipetkalar, o‘lchov kolbalari, silindrlardan foydalaniladi. Ishlatiladigan konsentrlangan eritmalar ro‘yxati ilovada keltirilgan.
Miksturalarni tayyorlashdan oldin nazorat pasporti tuzib olinadi, ya'ni miksturaning umumiy hajmi, olinadigan konsentratlar va suv miqdori hisoblanadi.
Miksturaning umumiy hajmi retseptda keltirilgan suyuqliklar hajmi yig‘indisidan iborat bo‘ladi. Konsentrlangan eritma miqdorini hisoblash uchun dorivor modda miqdorini 1 g preparatga to‘g‘ri keladigan konscn- trat hajmiga (1:2, 1:5, 1:10, 1:20) ko‘paytirish kcrak.
582 sonli buyruqqa binoan: agar retscptda erituvchi miqdori aniq ko‘rsatilgan bo‘lsa;
1) Tozalangan suv miqdori miksturaning umumiy hajmidan ishlatilgan konsentratlar, galen, novogalen preparatlari hajmlarini ayirib tashlab hisoblanadi.
Rp: Natrii hydrocarbonatis
Natrii salicylatis ana 2,0
Tincturae Valerianae 5 ml
Sirupi sacchari 10 ml
Aquae purificatae 180 ml
M. D. S. I osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.
Nazorat savollari: 1. Suyuq dorilarni ng‘irlik-hajm usulida layyorlash og‘irlik usulida tayyorlashdan qanday farq qiladi?
2. 0‘lchov kolbasi bo‘lmaganda korsentrlangan eritmalar qanday tayyorlanadi?
3. Hajtn oshish kocffitsiyenti deb nimaga aytiladi?
4. Nima uchun konscntrlangan eritmalar aseptik sharoitda (ayyorlanadi?
5. Agar layyorlangan konsentrlangan eritma quvvati keragidan yuqori bo‘lib chiqsa, uni suyultirish uchun kerak bo‘ladigan suv miqdori qanday hisoblanadi?
6. Agar tayyorlangan konsentrlangan eritma quvvati keragidan kam bo‘lib chiqsa, uni quyultirish uchun kerak bo‘ladigan dorivor modda miqdori qanday hisoblanadi?
7. Agar mikstura tarkibiga 3% dan ko‘p quruq modda kirsa, uni qanday qilib tayyorlanadi?
8. Agar mikstura tarkibiga 3% gacha quruq modda qo‘shilsa, uni qanday qilib tayyorlanadi?
9. Mikstura tarkibiga nastoyka, suyuq ekstrakt, sharbat, novogalen preparallari va boshqa suyuqliklar qanday tartibda qo‘shiladi?
10. Qand sharbatini dozalashning o‘ziga xosligi nimadan iborat?