O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə148/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Qattiq dori modda eritmalari
Qattiq dori moddalarning aksariyati kristall moddalardir. Kristall moddalarning erishi bir vaqtda sodir bo‘ladigan 2 ta jarayondan iborat. Bu solvatsiya (gidratatsiya) va kristall panjaralari yemirilishidir.
Bu hol quyidagi natriy xlor misolida kcltirilgan. Natriy xlorid ionlari qutbli suv molekulalari bilan birgalashib Na(+) ioni suv molekulasining manfiy qutbiga, Cl(-) anioni esa suvning musbat qutbiga qaratilgan bo‘lib, suvning qutbli molekulalari sekin-asta Na(+) va Cl(-) ionlari orasiga kirib, ularni kristall panjarasidan ajratadi.
Erish jarayonining jadalligi, erituvchi molekulasi bilan eriydigan modda zarrachalari orasidagi bog‘lanish kuchi bu zarrachalarning o‘zaro bog‘lanish kuchidan yuqori va yoki past bo‘lishiga bog‘iq. Boshqa erituvchilarga nisbatan suvning qutblik xususiyati ancha yuqori. Suvning ana shu xususiyati qutbli moddalarni ionlarga bo‘ladi va ularni kristall panjarasidan ajratadi. Moddalar erishida eritmalar isishi yoki sovishi hollari uchraydi. Eritmaning isishi undagi energiyaning sarflanishini ko‘rsatsa, sovishi esa encrgiya sarf bo‘lishini bildiradi. Bu hodisa qattiq jismning suyuqlanishi, ya'ni kristall panjarasi buzilishida, albatta maMum bir cncrgiya sarf bo‘lishini ko‘rsatadi. Natriy xlorid tarkibidagi natriy va xlor ionlari uni crishigacha kristall panjara bog‘amlari orqali bir- biri bilan bog‘angan. Bu bog‘am bo‘g‘inlarida ionlar faqat aylanma va tcbranma harakatga cga bo‘ladi. Modda erigandan so‘ng esa bu ionlar butun critma hn‘ylab harakat qiladi va buning uchun esa kinetik quvvat sarflanadi. Bu kinetik quvvat critma harorati sovishi hisobiga to‘planadi Kristall panjaradagi ionlarning bir-biri bilan bog‘iqligi qanchalik kuchli bo‘lsa, ular eriganda eritma harorati shunchalik pasayadi. Modda critilganda critma harorati ko‘larilishi solvatsiya jarayoni hisobiga bo‘ladi. Ya’ni erituvchi molekulalari bilan eruvchi modda molekulalarining birikishi (tezligi) hisobiga. Erituvchi molekulasi kristall modda ionlari va molekulalari bilan oson biriksa va hu jarayon qanchalik kuchli bo‘lsa, erituvchi va eruvchi modda molekulalari shunchalik oson va tcz harakatga keladiki, bu harakat natijasida critma harorati ko‘lariladi
Eritma haroratining ko‘tarilishiga sarf bo‘lgan encrgiyani /K/ modda va erituvchi orasidagi solvatatsiya cnergiyasi bilan /K/ kristall panjara parchalashga /-S/ kctgan encrgiya yig‘indisi deb qarash kcrak.
K = K + /-S/
K - eritma haroratining ko‘tarilish energiyasi faqat musbat qiy- matli, ya'ni doim eritma haroratini ko‘taradigan qiymatga ega bo‘l- may, balki ba'zi vaqtlarda manfiy qiymatli yoki eritma haroratini pasay- tirishi ham mumkin. Kristall panjara qanchalik kuchli bo‘lsa yig‘il- madagi /-S/ qiymati katta bo‘lsa, erituvchi harorati pasayadi. Aksa- riyat, bu ikki qiymat bir-biriga teng yoki yaqin bo‘lishi eritma harorati o‘zgarmasligini ko‘rsatadi va biz uni sezmaymiz. Eritma haroratini o‘zgarishi birligi hisobida 1 g mol moddani yetarli miqdordagi erituv- chida critilgandagi o‘zgarishi olinadi. Masalan, eritilganda harorati pasayadigan eritmalarga KN03 eritmasi K=-8,52 k.kal/g. mol KCl uchun (K=—5,11). NaCl, (K= 1,2). NaVr (K=-0,19) va boshqalar. Eritilganda harorati ko‘tariladigan eritmalarga AgNO^; K=+5,4 k.kal/g mol NaOH; (K=10,0k. kal/mol) va boshqalar. Kristall suvi bo‘lgan kristallogidratlarni erishidagi eritma haroratining ko‘tarilishi quruq moddalarga nisbatan ancha past bo‘ladi.
Masalan: CaC12 = +17,4. k. kal/g. mol
CaCl, H,0 uchun esa K=-4,31 k.kal/g. mol.
Buning ayirmasi (+17,41)-(-4,31)=21,72 k. kaloriya kristallogidrat hosil bo‘lgandagi sarf bo‘lgan cnergiya miqdoridir.
Eritma tarkibida 3% gacha bo‘lgan moddalarni o‘lchab olingan hajmdagi crituvchida to‘g‘ridan-to‘g‘ri critish mumkin. Eritmaning umumiy hajmini hisoblaganda modda hajmi hisobga olinmaydi, chunki bu miqdordagi moddalar eritma hajmini sezilarli darajada o‘zgartirmaydi. Fritmaning bu holdagi hajmi o‘zgarishi rcglamentlarda keltirilgan sharoitda yo‘1 qo‘yilishi mumkin bo‘lgan xatolik darajasida bo‘ladi.
Eritma tarkibidagi quruq modda miqdori 3% va 3% dan oshiq bo‘lsa, unda albatta suyultiriladigan eritmalardan foydalanish kerak. Suyultiriladigan eritmalari bo‘lmasa, ularni albatta hajm o‘lchovli idishlar yordamida og‘irlik-hajm usulida tayyorlanadi. Yoki erituvchi miqdon oldindan hisoblab olinadi. Bu hisoblashda moddani hajm oshish koeffitsiycnti, ya'ni 1 g modda eriganda eritma hajmining ko‘payish miqdori hisobga olinadi. Eritma solishtirma og‘irligini hisobga olib ham hisoblash mumkin. 3% va undan ortiq quruq modda saqlagan eritma tayyorlashda, moddani o‘lchab olingan suvda eritish to‘g‘ri bo‘lmaydi, chunki modda erishi natijasida suyuqlik hajmini ko‘payishi ko‘rsatilgan normadan oshib ketadi. Bu holda hajm o‘lchov asboblari bo‘lmasa, albatta
modda hajm oshishi koeffitsiyenti yoki eritmani solishtirma og‘irtigi hisobga olinishi kerak va 0‘zbekiston Respublikasi Sog‘iqni saqlash vazirtigining 2002-yil 29-dekabr 582-sonli buyrug‘ bilan tasdiqlangan «Dorixona muassasalarida suyuq dori turlarini tayyorlash bo‘yicha qo‘llanma»ga asosan suyuq doriiar og‘irlik-bajm usulida tayyorlanadi.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   144   145   146   147   148   149   150   151   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin