O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə150/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Mavzu: Suspenziyalar
Reja:
1.Suspenziyalarga ta’rif
2.Suspenziyalarning hosil bo‘lish omillari.
3. Dispersion usijl bilan suspenziyalarni tayyorlash
Suspenziyalar - mikrogeterogen sistema bo‘lib, qattiq dispcrs faza va suyuq dispers muhitdan iborat. Qattiq moddalarning suspenziyadagi zarrachalar kattaligi 0,1 dan - I mkm gacha, qo‘pol dispers suspen- ziyalarda I mkm dan ortiq. Dorixona amaliyotida ko‘pincha suspenziya holida beriladigan dorilar qattiq moddalar bo‘)ib, suvda juda kam eriydigan yoki amalda erimaydigan prcparatlardan tashkil topadi. Suspenziya hosil bo‘lishidagi asosiy o‘lil cruvchanlik bo‘lib, shu xususda moddalar cruvchanligini o‘zgartirishi mumkin bo‘lgan quyidagi hollarda ham suspenziya hosil bo‘ladi.
Suspenziya lotincha dispcrgere tarqalmoq so‘zidan olingan bo‘lib, qattiq faza zarrachalari dispers muhitda osilma holida tarqalgan bo‘ladi.
1. Dispers faza dispcrs muhitda erimasa.
2. Eritma tarkibidagi modda miqdori eruvchanlik chegarasidan ortiq bo‘lsa.
3. Ikki xil erituvchining qo‘shilishidan moddaning eruvchanligi yo‘lonlashsa.
4. Eritmada erigan moddalarning kimyoviy rcaksiyasi natijasida erimaydigan yangi modda yuzaga kelsa.
Suspenziya tarkibida asosan ichishga mo‘ljallangan dori moddalar bo‘lib, bu dori turlari murakkab tarkibli suyuq dorilar qismida ko‘p uchraydi va ularni amaliyotda «mikstura» deb ham yuritiladi. Miksturaning suspenziya turi sifatida ahamiyati shundaki, suvda erimaydigan dori moddalar yuqori darajada dispcrslangan (maydalangan) bo‘lib, kukunlarga nisbatan organizmga tezroq so‘riladi va samarali davolash xususiyatiga ega bo‘ladi.
Suspenziyalarning xossalari va stabjllash sharoitlari
Mikstura - suspenziyalar yetarli darajada turg‘un boiishi kerak. Bundagi zarrachalarning juda sckin-asta cho‘kishi miksturalarni ichish davrida yetarli darajada to‘g‘ri dozalarga boiish imkoniyatini yaratadi. Shunday boiishiga qaramay, mikstura - suspcnziyalar tarki- bida zaharli va kuchli ta'sir ko‘rsatadigan moddalar bcrilmaydi. Miks- tura - suspcnziyalar shubhasiz, suzilmaydi va filtrlanmaydi. Mikstura - suspenziyalar magistral yozmalar bo‘yicha cxtemporae tayyorlanadi. Suspenziyalarni zollardan farqi diffuziyalanmaydi, ulardagi osmotik bosim va kinetik encrgiyasi, zarrachalarni bctartib harakatlanishi bilan bog‘liq. Shuning uchun suspenziyalar fazani harakati uni dispers daraja- siga, muhitni qovushqoqligi kabi o‘lillarga bog‘liq bo‘ladi (cho‘kadi). Umuman fazani cho‘kish tezligi Stoks formulasi bilan ifodalanishi mum- kin. Modomliki, turg‘unlik qiymat hisoblanib o‘lchov birligi sifatida sedimcntatsiya tezligiga tcskari bo‘lgani uchun Stoks formulasi quyida- gicha ifodalanadi:
Boshqacha qilib aytganda, suspenziyalar turg‘unligi zarrachalar diametrini kvadratiga, dispcrs faza va dispcrs muhitni solishtirma og‘irligini farqiga, tortilish kuchi tezlanishiga teskari, dispersion muhitning qovushqoqligiga to‘g‘ri proporsionaldir. Formulani to‘g‘ri talqin qilinib, amaliyotda qo‘lanilsa, ularning ba'zi bir ko‘rsatkichlari suspenziyalar turg‘unligini oshirishda amaliyotda qo‘llasa bo‘ladi. Buning uchun shunday qilmoq zarurki, d - qiymatini iloji boricha kamaytirish va h - qiymatini mumkin qadar ko‘tarish, muhit qovush- qoqligini oshirish lozim. Ayniqsa, d - qiymatini o‘zgartirsa kuchli ta'sir qiladi. Masalan, dc = l (suv) va dr=2,7 va h=0,OI5 (suv) va zarrachaning radiusi 10 mkm bo‘lsa, I sm ga cho‘kish vaqti 31 soniya, zarracha radiusi 1 mkm — 52 daqiqa 0,1 mkm radiusida bo‘lsa, 86 soatda cho‘kmaga tushadi. Dori moddalar zarrachalari zichligi, kvars zarrachalariga yaqin bo‘lsa, misolda kcltirilishiga, ularga o‘xshash tezlikda cho‘kmaga cho‘kishini ko‘z oldimizga keltirishimiz qiyin emas. Bundan xulosa qilib, suspenziyalarni tayyorlaganda ularning zarrachalarini kattaligi 10 mkm dan oshmaydigan qilib olish kcrak (dorixonadagi suspenziyalar ko‘p dispersli sistcmadir). Shunday qilganimizda mikstura tarkibidagi suspenziya zarrachalari cho‘kmaga cho‘ktirmay, dozalarga bo‘lishda xatolikka yo‘1 qo‘ymasdan, o‘lchab olish uchun yctarli imkoniyat yaratiladi. Dorixonada tayyorlanadigan suspenziyalar uchun Stoks formulasi qo‘lanilib, bunda yuksak darajada dispers sistema saqlagan, zarrachalari qat'iy yumaloq shaklda, butunlay qattiq va tckis bo‘lishi ko‘zda tutilgan. Ammo ko‘p miqdordagi mikstura, suspcnziyalar va boshqa oddiy suspenziyalar ham bu talabni qanoatlantirmaydi. Dori moddalarning disperslangan zarrachalari har xil shaklda bo‘lishi mumkin. Stoks formulasi suspenziya dori formasidagi holatlarni har to‘lonlama baho- lanishini ko‘rsatsa ham, undagi bir o‘lil, ya'ni erimaydigan moddalar suv bilan oson ho‘llanuvchi gidrofil, qiyin ho‘llanadigan - gidrofob xususiyatlari bilan bog‘liq bo‘lgan fazalari chegarasida sodir bo‘lgan hodisalarni ko‘rsatmaydi. Masalan, gidrofil xossasi bo‘lgan kukunlar, MgC03, CaC03, ZnO suvda loyqalantirish bilan yetarli darajada turg‘un suspenziyalar hosil qiladi. Shuning uchun ularning ustida taranglik parda hosil bo‘lishi zarrachalarning bir-biri bilan qo‘shilishiga qarshilik ko‘rsatadi. Gidrofob xususiyatiga cga bo‘lgan zarrachalar o‘z-o‘zidan stabillangan suvli pardani hosil qilolmaydi, chunki osonlikcha o‘z-o‘zidan yuz bcradigan (molekulani tortish kuchi ta'sirida) yopishqoq massa, oxirgi davrda csa parcha agregatlar hosil qilib, keyin tczda cho‘kmaga tushadi. Agar suspenziyalarda koagulatsiya hodisasi natijasida hosil bo‘lgan zarracha birikmalari suv bilan yo‘lon ho‘llansa, unda ular suv yuziga suzib chiqadi. Bunday hodisaning no‘li flokulatsiya deb ataladi. Qattiq faza sirtining yo‘lon ho‘llanishi natijasida, havo pufakchalari yopishishiga yordamlashadi. Shuning uchun suspenziyalarni havo pufakchalari bilan chayqatilsa, flokulatsiya hodisasi kuchayadi. Biroq gidrofob, liofil zarrachalarni suvga munosabatini tubdan o‘zgartirish imkoniyatlari bor va uni amaliyotga tatbiqi suspcnziyalarning agrcgat turg‘unligini oshirishi mumkin. Stabillash usullari bir qancha. Suvli dis- persion muhitda, shuningdck, qutbli organik suyuqliklarda (masalan, spirtda) suspenziya zarrachalarining sathi maMum ishorali dzeta-potcn- sial bilan stabillanishi mumkin. Liofob zolida mitsella mag‘izining zaryadlanishi (ionlaming eritmadan shimilishi va dissotsialanishi yoki qattiq faza yuzasidagi qatlamni gidrolizlanishi) kabi suspcnziyalarda dzeta-potensialni vujudga kclishini shunday izohlasa bo‘ladi. Bu turdagi suspenziyalarni tayyorlashda shuni bilish kerakki, ularga qo‘shilgan maMum konsentratsiyadagi clcktrolitlar ular turg‘unligini oshiradi. Elektrolitlarning konsentratsiyasini oshirish natijasida turg‘unligini oshir- masdan koagulatsiya yuzaga kcladi. Suspenziyalarni eng kuchli himoya qiladigan - yuqori molekulali birikmalardir. Bu birikmalarni eritmalari nafaqat o‘zlari katta turg‘unlikka ega bo‘libgina qolmay, bu xossasini gidrofob zarrachalarga ham olib beradi.
Ko‘rsatilgan birikmalarning stabillash xususiyati suspcnziyalarda shundan iboratki, suspenziya zarrachalari sirtida gidratli himoya qatla- mini hosil qiladi hamda bu zarralarni uzun marjonsimon makro‘lolekula bilan o‘rab oladi.
Shunga e'tibor berish kcrakki, suspenziya va kolloid critmalaming orasida yaqinlik bor. Agregat dispergatsiyasi natijasida suspenziyalar zolga o‘tadi. Liofobli zollarni koagulatsiya o‘tish bosqichida suspen- ziyalarni ko‘rish mumkin. Chunki, koagulatsiya tugallanish vaqti zarra- chalarni katta-kichiklikda yopishqoq massani hosil qilishi suspcn- ziyalarga xoslikni ko‘rsatadi.
Suspcnziyalarni dori moddalardan uch xil usul bilan olish mumkin.
1. Qattiq dori moddalarni dispersion muhitda yuqori dispersli (o‘zini tabiatiga qarab) loyqalash yo‘li bilan.
2. Dispergirlash (mexanik) usuli.
3. Kondensatsiya yo‘li bilan.
Dispcrgirlash shundan iboratki, qo‘pol dispers moddalarni kerakli dispers darajasiga yetkazish uchun ularni dispcrsion muhitda ezish mumkin. Kondensatsiya usuli asosida boshqa qonun-qoida yotadi:
- zarrachalarni yiriklashishi va ko‘z bilan ko‘rinarli holatda bo‘ladi. Ba'zi holatlarda cho‘kmaga tushishi mumkin.
- molekulalar birikmalarining zarrachalari yirikroq agregatlar bo‘lib, katta-kichikligi haqiqiy suspenziyalarga xos (kolloid zarra- chalaridan o‘tish davri).
Loyqalash yo‘li bilan suspenziyalarni tayyorlash
Amaliyotda uchraydigan dori moddalari katta-kichikligi bilan kolloid zarrachalarga yaqin. Ularnicg ko‘pchiligi gidrofil (suv bilan nam- lanadigan)dir. Bunday moddalardan mikstura - suspenziyalar «qiynash» usuli bilan tayyorlanadi:
Rp: Magnii oxydi 20,0
Aquae purificatae 200 ml
M. D. S. 1 osh qoshiqdan har 10 daqiqada.
Ichishdan oldin chayqatilsin (kislotalar bilan zaharlanganda).
Magniy oksid zarrachasining diametri 0,2-0,8 mkm, undan tash- qart ular gidrofil modda. Suv bilan yaxshi ezilgandan keyin agregativ turg‘un mikstura olinadi, faqat 2-3 soatdan keyin seziiarli sedimen- tatsiyalanishini ko‘ramiz. Miksturani ichishdan oldin chayqatilsa, dispers- ligi oldingi holiga oson qaytariladi. Miksturalarni muhokama qilayotgan turlari agregat (urg‘unligi lipofobli zolni dzeta-potcnsialiga o‘xshash ustki gidrolatsiyalangan, osiigan faza va sirt potensialining hosil bo‘lishiga sahab bo‘ladi.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   146   147   148   149   150   151   152   153   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin