Gidrofil moddalardan tayyorlanadigan miksturalar Agar retseptda ko‘rsatilgan dori moddalar yuzasi suv bilan yaxshi ho‘llansa-yu, lckin zarrachalari yirik bo‘lsa, suvda ezib, yetarli darajada turg‘un mikstura-suspcnziyalar olish mumkin. Tabiiy mayda gidrofil xossali kukunlardan tayyorlangan suspenziyalarga tatbiq qilingan o‘lillarni, agregat turg‘unlik holatini hosil qiladigan suspenziyalarga ham tatbiq qilsa bo‘ladi.
Rp: Bismuthi subnitratis 4,0 Aquae Foeniculi 200,0 ml.
M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin. Ichishdan oldin chayqatilsin
Hovonchada vismut nitrat asosini 1,5-2 ml ukropli suv bilan eziladi. Suyuq bir xil massa olingandan keyin, dasta bilan aralashtirib turgan holda suv qo‘shiladi, so‘ng hovonchani qolgan ukropli suv bilan chayib dori beriladigan idishga quyiladi.
S. F. Shubin o‘zining kitobida vismut nitrat asosini jelatoza bilan stabillashni tavsiya qilgan. Buning zarurati yo‘q. Yuqorida keltirilgan mikstura, yaxshi ezib tayyorlangan suspenziya bo‘lib, sekinlik bilan cho‘kmaga tushadi, ammo chayqatilsa, osonlikcha oldingi holiga qaytadi. Bu berilgan miksturada, stabillash sabablaridan biri yuza taranglik potensiali bo‘lib, vismut nitrat asosi zarrachalarining elektrolitik parcha- lanishi natijasida hosil bo‘ladi. Agar rctsept tarkibiga dispersion muhit
qovushqoqligini oshiradigan modda qo‘shilsa, bu modda yuza faol modda bo‘lmasa ham, gidrofilli moddalar bilan tayyorlangan mikstura- suspenziyalar turg‘unligi ancha yuqori bo‘ladi. Masaian: bunday miksturalarga shakar va meva sharbatlaridan qo‘shish tavsiya etiladi. Bunda dori modda oz miqdordagi sharbat bilan czilib, hosil bo‘lgan massani qolgan sharbat bilan, keyin suv bilan eziladi.
Sharbatlar miksturaning qovushqoqligini oshiradi, buning natijasida dori moddalarning osilmadagi zarrachalarining cho‘kmaga tushish tczligi kamayadi va to‘g‘ri dozalarga bo‘linadi.
Dispersion usulda suspenziyalar tayyorlash, gidrofil bo‘kmaydigan moddalardan suspenziya tayyorlash Gidrofil bo‘kmaydigan moddalardan (vismut nitrat asosi, rux oksidi, magniy oksidi, magniy karbonat, oq gil, kraxmal, talk) suspenziyalar tayyorlashda ularni profcssor B.V. Deryagin qoidasiga ko‘ra maydalanadi. Bunda 1 g modda 0,4-0,6 ml suyuqlik bilan dispergirlanadi. Hosil bo‘lgan bo‘tqaga 10-20 barobar ko‘p suyuqlik qo‘shib yaxshilab hovoncha dastasi bilan aralashtiriladi. Aralashma 2-3 daqiqa tindiriladi. Ustki qismi idishga solinadi, cho‘kmasi esa yana maydalanib ustiga yana 10-20 barobar ko‘p suyuqlik qo‘shiladi va yuqoridagi jarayon takrorlanadi.
Rp: Bismuthi subnitratis 4,0
Aq. Menthae piperitae 200 ml M.D.S. Ichish uchun.
Vismut nitrat asosi 1,5-2 ml yalpiz suvi bilan hovonchada mayda- lanadi. Hosil bo‘1gan pulpa 40 ml yalpiz suvi bilan suyultiriladi (aralashtirib turgan holda). 2-3 daqiqaga qoldiriladi. So‘ng ustki qismi shisha idishga solinadi. Tagidagi cho‘kma yana 40 ml yalpiz suvi bilan aralashtiriladi. Bu jarayon cho‘kma tugaguncha davo‘l ettiriladi. «Ishlatishdan oldin chayqatilsin» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi.
Rp: Zinci oxydi 1,5
Hexamethylentetramini 1,0 Aquae purificatae 120 ml M.D.S. Sirtga qo‘llash uchun.
Rux oksidi miqdori 3% dan kam boTgani uchun suspenziya og‘irlik- hajm usulida tayyorlanadi. Dastlab yordamchi idishga 110 ml tozalangan
suv 10 ml geksametilentetramin eritmasi (1:10) solib eritma tayyorlanadi. Hovonchaga 1,5 g rux oksidi solib 0,75 ml eritma bilan aralashtirib maydalanadi (Dcryagin qoidasiga ko‘ra). So‘ngra 15 ml (10 barobar ko‘p) eritma qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi. 2-3 daqiqa tindirilib, ustki qismi idishga solinadi. Cho‘kma yana maydalanib, ustiga 15 ml critma qo‘shib aralashtiriladi. Yana 2—3 daqiqaga qoldirilib, ustki qismi idishga solinadi. Bu jarayon rux oksidi qolmaguncha takrorlanadi. Suspenziyaga «Ishlatishdan oldin chayqatilsin», «Sirtga qo‘lash uchun» deb yozilgan yorliq yopishtiriladi.
Rp: Extracti Belladonnae 0,1 Bismuthi subnitratis 2,0 Aq. rurif.100 ml
M.D.S. I desert qoshiqdan 3 mahal.
Dastlab quyuq ekstraktning suvli critmasi tayyorlab olinadi. So‘ngra yuqoridagi retscpt texnologiyasi bo‘yicha suspenziya tayyorlanadi.
Rp: Zinci oxydi 20,0 Talci 20,0 Glycerini 30,0 Aq. rurif. 100 ml M.D.S. Sirtga.
Bu retscptda quruq modda miqdori 3% dan ko‘p bo‘lgani uchun suspenziya og‘irlik usulida tayyorlanadi.
Hovonchada rux oksidi, talk aralashtiriladi va 20 g glitserin bilan dispergirlanadi. So‘ng qolgan glitscrin solinadi va oz-ozdan suv qo‘shib shisha idishga yana chayib solinadi.
Gidrofil bo‘kuvchi moddalarga tanalbin, tcalbin, sanalbinlar kiradi. Bunday moddalardan suspenziya tayyorlashda ularni quruq holda maydalab olish zarur.
Rp: Tannalbini 4,0
Sirupi simplicis 15 ml Aq. purif. 180 ml M.D.S. Ichish uchun.
Tanalbin gidrofil bo‘kuvchi modda - taninni oqsi! bilan birikmasi. Bu retscptni tayyorlash uchun 4 g tanalbin quruq holda yaxshilab hovonchada maydalanadi. Ustiga 15 ml qand sharbati qo‘shib aralash- tiriladi. So‘ng oz-ozdan tozalangan suv qo‘shib yana aralashtiriladi va shisha idishga chayib solinadi.