O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Tindirmalar va suyuq ekstraktlardan miksturalar tayyorlash



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə155/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Tindirmalar va suyuq ekstraktlardan miksturalar tayyorlash
Keng tarqalgan yozmalarni ko‘ramiz.
Rp: Natrii bro‘lidi 6,0:200 ml Tincturae Convallariae Tincturae Valerianae 8 ml M. D. S. I osh qoshiqdan 3 marta ichilsin.
Agar suzilgan natriy bro‘lid eritmasi ustiga tindirmalarni qo‘sh- sak, undagi tiniq rangsiz eritmada xira, ochroq, qo‘ngir suyuqlik hosil bo‘ladi. Nastoykalar larkibidagi erigan moddalar, (70°) spirtda tayyorlangan (suyultirish natijasida o‘sha crigan moddalar) mayda gidrofil zarrachalari cho‘kmaga tushadi. Mikstura tarkibiga elektrolitlar kirsa (retseptda keltirilishicha, bunday miksturalarda turishi natijasida galen preparatlaridan o‘tgan yengil, parcha-parcha cho‘kmalar paydo bo‘lib), ekstrafaol moddalarning cho‘kishini ko‘ramiz.
Nastoykalar bilan tayyorlangan miksturalarga qaraganda suyuq ekstraktlarda tayyorlangan miksturalar xiraroq bo‘ladi. Nastoykalarga ko‘ra, suyuq ekstraktlar 1:1 nisbatda tayyorlangan bo‘lib, o‘zida ko‘p miqdorda ckstrafaol moddalar saqlaydi. Shuni aytish kerakki, miks- turalardagi tuzli eritmani suzilgandan kcyin galen preparatlarini quyish lozim.
Suyuq ekstrakt, tindirma va efir moyi saqlovchi preparatlar bilan miksturalar tayyorlash
Rp: Sol Natrii bro‘lidi ex 6,0:200 ml Tincturae Convallariae Tincturae Valerianae aa 8 ml M. D. S. Ichish uchun.
Natriy bro‘l eritmasiga tindirmalar qo‘shilganda tiniq eritma xiralashib, och-jigar rang tusli mikstura hosil bo‘ladi. Buni quyidagicha tushuntirish mumkin. Tindirmalar 70% li ctanolda tayyorlanadi. Demak, ularning tarkibiga kiruvchi moddalar shu crituvchida erigan holda bo‘ladi. Mikstura tayyorlanganda erituvchining konsentratsiyasi keskin pasayadi. Natijada crigan moddalarning cruvchanligi kamayadi va ular mayda gidrofob zarrachalar holida miksturada tarqaladi, bu csa miksturaning xiralashishiga olib keladi.
Rp: Codeini phosphatis 0,15 Natrii benzoatis 3,0 Liq. Ammonii anisati 2 ml Sirupi Althaeae 30 ml Aq. purif. 180 ml
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal.
Miksturaning umumiy hajmi 212 ml. Bclgilangan idishga 135 ml tozalangan suv, 15 ml kodein fosfat eritmasi (1:100), 30 ml natriy bcnzoat (1:10) eritmasi solib aralashtiriladi (kodein fosfat dozasi tekshirilib olinadi). Stakanga 30 ml gulxayri sharbati; 2 ml novshadil arpabodiyon to‘lchisi solib aralashtiriladi va bclgilangan idishga solinadi. Tegishli yorliq yopishtiriladi.



Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   151   152   153   154   155   156   157   158   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin