O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Gidrofob moddalardan suspenziya tayyorlash



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə154/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Gidrofob moddalardan suspenziya tayyorlash
Gidrofob moddalar ikki guruhga bo‘linadi:
a) kuchli gidrofob xossaga ega bo‘lgan;
b) kuchsiz gidrofob xossaga cga bo‘lgan.
Kuchli gidrofob xossani namoyon etuvchi moddalarga kamfora, mentol, timol, oltingugurt kiradi. Kuchsiz gidrofob xossani namoyon etuvchi moddalarga sulfanilamid preparatlari, terpiangidrat, benzonaftol, fenilsalitsilat kabilar kiradi. Ulardan dispersion usulda suspenziya tayyorlaganda dispers faza suyuqlik ustiga qalqib chiqib flokulatsiyaga uchraydi yoki idish devorlariga yopishib qoladi. Shunday hodisalarni oldini olish uchun bu moddalarni gidrofillash talab qilinadi. Gidrofillash uchun ishlatiladigan moddalar stabilizatorlar dcb ataladi. Ularga jelatoza (jelatinani chala gidroliz mahsuloti), yelimlar, o‘simliklardan olinadigan shilimshiq moddalar, kraxmal kleysteri, polisaxarid ko‘lplekslari, MS, KMS, PVP, poliglukin, spanlar, tvinlar, bentonit va boshqalar misol bo‘ladi.
Masalan, stabilizator sifatida jelatoza ishlatsak, 1 g kuchli gidrofob xossaga ega bo‘lgan moddaga - 1 g, kuchsiz gidrofob xossaga ega bo‘lgan moddalarga - 0,5 g jelatoza qo‘shiladi.
Rp: Sol. Natrii bro‘lidi 0,5%-120 ml Camphorae 1,0 Coffeini natrii - benzoatis 0,5 M.D.S. 1 osh qoshiqdan 3 mahal.
Yordamcbi idishga 112 ml tozalangan suv, 5 ml kofein benzoat natriy eritmasi (1:10), 3ml natriy bro‘lid eritmasi (1:5) solamiz. Hovonchada 1 g kamfora 1 ml 90% li ctanol bilan maydalanadi. So‘ngra 1 g jelatoza qo‘shib aralashtiriladi. Ustiga 1 ml tayyorlangan eritmadan qo‘shib mayin pulpa hosil qilinadi va beriladigan idishga oldin tayyorlab qo‘yilgan eritma bilan chayib solinadi.
Oltingugurt bilan tayyorlanadigan suspenziya o‘ziga xos usulda tayyorlanadi. lg oltingugurtga 0,1-0,2 g tibbiyot sovuni (kaliyli sovun) qo‘shish kerak. YuMBlarni stabilizator sifatida ishlatish mumkin emas. Chunki ular oltingugurtning farmakologik ta'sirini kamaytirib yuboradi.
Rp: Sulfuris praecipitali 4,0 Spiritus aethylici 10 ml Glycerini 15,0 Aq. purif. ad 180 ml M.D.S. Sirtga.
Hovonchada 4 g oltingugurt, 2 g glitserin bilan maydalanadi. So‘ng qolgan glitserin va suv qo‘shib shisha idishga chayib qo‘yiladi. 10 ml 90% li etanol va oxirida suspenziyaga 0,4 g kaliyli sovun qo‘shiladi va yaxshilab chayqatiladi.
RP: Extr. Belladonnae 0,15 Phenylii salicylatis 2,0 Aquae Menthae 150 ml
M.D.S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 mahal ichilsin.
Silindrga 150 ml yalpiz suvi, 0,3 g to‘lchilab quyuq ekstrakt eritmasi solinadi.
Hovonchada 2 g fenilsalitsilatni 16-20 to‘lchi 95% li etanol bilan maydalanadi, unga 1,0 g jelatoza qo‘shib aralashtiriladi. Uning ustiga 1,5 ml eritma qo‘shib pulpa hosil qilinadi. So‘ng 30 ml eritma qo‘shib uni shisha idishga quyiladi. Qolgan eritma oz-ozdan qo‘shib chayib qo‘yiladi.
Rp: Sulfadimeloxyni 2,0 Natrii benzoalis 0,5 Aq. rurif. 100 ml
M.D.S. ldeserl qoshiqdan kuniga 3 mahal.
Suspenziyani tvin - 80 va PVS bilan barqarorlash mumkin. Buning uchun 0,2 g tvin - 80, 2 g PVS kerak bo‘ladi. 10 ml suvda 0,2g tvin - 80 critib olinadi. Qolgan suvda (85 ml) yordamchi idishda PVS eritiladi. Hovonchada 2 g sulfadimetoksin 1 ml tvin - 80 eritmasi bilan maydalanadi. So‘ngra unga 25-30 ml PVS eritmasidan qo‘shib yaxshilab aralashtiriladi va beriladigan idishga solinadi. Hovoncha tagida qolgan poroshokka qolgan tvin - 80 va PVS eritmasi qo‘shib aralashtiriladi va yana beriladigan idishga quyiladi. Oxirida 5 ml natriy benzoat eritmasi solinib «Ichish uchun», «Ishlatishdan oldin chayqatilsinw deb yozilgan yorliq yopishtiriladi.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   150   151   152   153   154   155   156   157   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin