O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Gidrofob moddalardan miksturalar tayyorlash



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə153/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Gidrofob moddalardan miksturalar tayyorlash
Gidrofob moddalarga kamfora, fenilsalitsilat, terpingidrat, mentol, benzonaftol va boshqalar kiradi. Yuqorida ko‘rsatganimizdek, bu modda- larning poroshogi suv bilan aralashib, yumaloqtashgan massani hosil qiladi va suv yuzasida suzib yuradi. Bcmor hamma yozilgan moddani bir marta ichishda qabul qilishi mumkin, natijada doza noto‘g‘ri taqsimlanib, nohush holat yuzaga kelishi mumkin.
Rp: Extracti Belladonnae 0,2 Phenyli salicylatis 3,0 Aquae purificatae 200,0 ml.
M. D. S. 1 osh qoshiqdan kuniga 3 marta ichilsin. Ichishdan oldin chayqatilsin.
Masalan: agar bu retseptdagi dorini oddiy suv bilan dispergirlash usulida tayyorlasak, fenilsalitsilat dona-dona bo‘lib suv yuziga chiqib, chayqatilsa idish dcvoriga yopishib qoladi. Gidrofob suspenziyani tayyorlashda suspenziyalarning agregatsiya (zarrachalarning yirikla- shishi) holatini qaytarish hamda uning barqarorligini oshirish maqsadida stabilizatorlar qo‘shiladi.
Stabilizatorlar sifatida mikstura-suspenziyalarni gidrofob moddalar bilan tayyorlashda tabiiy va sun'iy yuqori molekulali moddalar: jelatoza (jelatina to‘liqsiz gidrolizlangan modda), yelimlar, o‘simlik shilimshig‘i, kraxmal yelimi, tabiiy polisaxaridlar yig‘indisi, metilselluloza, polivinil- pirrolidon, poliglukin, spanlar, tvinlar, bentonitlar va boshqalar ishlati- ladi. Hamma sanab o‘tilgan moddalar bir to‘londan yuza-faol moddalar- dir. Gidrofob moddalarni dispergirlanish tabiatiga qarab, yuqori mole- kulali moddalarning yarmi yoki baravar miqdorida olinadi. Misolda fenilsalitsilat va Bclladonna ekstrakti bilan tayyorlashni texnika, har xil yuqori molekulali va yuza-faol moddalar bilan stabillashni tekshirib ko‘ramiz.
Hovonchada 3 g fenilsalitsilatni 20 to‘lchi spirt bilan 30 soniya davo‘lida maydalanadi. Keyin hovonchaga 3 g stabilizator (metilselluloza va kraxmal yelimidan boshqa) va 3 ml suv solamiz, yana 60 soniya davo‘lida aralashtirishni davo‘l cttiramiz. Hovonchadagi aralashmay qolgan suvni quyib aralashtiramiz va tayyor dorini idishga solgach eritadi.
Erituvchini almashtirish usuli
Moddalarning molekulalarini dispers holatidan suspenziya holatiga o‘tishi bir necha bosqichdan ihorat bo‘lib, ko‘pdan-ko‘p qo‘pol dispers darajali sistcmalarni tashkil qiiadi. Oxirida ko‘p dispersli sistema bo‘lib, shunday bir qancha kolloid zarrachalarni birlashtiradi. Moddalarni yangi dispers muhitga o‘tkazishda gidrofob xossasi bo‘lgan flokulatsiya hodisasini hosil qilmaslik uchun stabilizator kiritilishi kerak. Qaysi biri zaryad bilan zarrachalarni xabardor qilsa, shunga o‘xshash dispersion muhitda suyuqlik pardasini va adsorbsion pardani hosil qiladi. Erituv- chini almashtirish usuli bilan mexanik dispergirlashga qaraganda turg‘unroq suspcnziya hosil bo‘ladi.
Ko‘rinishidan bu xira (kattaligi zarrachani 0,1-1 mkm gacha). Shunga ko‘ra bu guruhdagi miksturalar xira miksturalar (Mixcturae turbidae) no‘li bilan ataladi. Suvli eritmalarga tindirmalarni, suyuq ekstraktlarm va boshqa galen preparatlarini qo‘shsak, xira miksturaiar hosil bo‘1adi.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin