Yelimlar Yelimlardan hosil bo‘lgan parda fazalararo taranglikni kamaytirib, mustahkam himoya pardasini tashkil qiladi.
ARAB YELIMI - (Gummi arabicum). Bu emulgator Afrika akatsiyalaridan olingan mahsulot. Yuqori navi - sarg‘ish yarim tiniq bo‘laklardan iborat. Yomon navi juda bo‘yalgan va ifloslangan (tuproq, po‘stloq va shox bo‘laklari) bo‘ladi. Arab yelimining I qismi 2 qism suvda sekin eriydi va quyuq yopishqoq eritma hosil qiladi. Dorixonada ishlatiladigan emulsiyalarni tayyorlashda cng qadimgi emulgator hisob- lanadi. Yelimlarning naviga qarab cmulgirlash xususiyatini bilish mumkin. Yuqori navi 64% to‘lchilar diametri 2,5 mkm li yuqori disperslangan emulsiyalarni hosil qiladi. Emulsiya hosil qilish uchun 10 qism yoqqa 5 qism yelim olinadi.
O‘RIK YELIMI - (Gummi armeniacac) Z. M. Umanskiy to‘lonidan taklif qilingan. O‘rik yelimi daraxtlarning tanasi va po‘stlog‘i yorilishidan hosil ho‘ladi. O‘rta Osiyoda ko‘p miqdorda uchraydi. 1961-yildan Davlat (X) Farmakopeyasiga kiritilgan yelim oq yoki sarg‘ish, qattiq, mo‘rt bo‘lakchalardan iborat bo‘lib, ushatilganda notekis bo‘lakchalar hosil qiladi. Emulgator sifatida arab yelimi o‘rnini bosuvchi suvda yaxshi eriydigan oq kukun holidagi modda. 10 qism yoqqa 3-4 qism yelim olinadi.
TRAGAKANT - (Gummi Tragacanthac). Juda kuchli emulgator. 20 g yoqqa 2 g tragakantning mayda poroshogidan olish mumkin. Tayyor- langan cmulsiyada yog‘ mazasi saqlanganligi sabahli, bu emulgator kam ishlatiladi (dispers darajasi kam). Tragakant bilan arab yelimini birgalikda ishlatish maqsadga muvofiq Bu emulgator farmatsevtika ama- liyotida yuqori dispersli turg‘un cmulsiya hosil qiladigan eski murakkab emulgator
O‘SIMLIK SHILLIQI.ARI - bu polisaxaridlarga yaqin bo‘lgan moddadir. Shilimshiqlar (slizi) o‘simlik organizmining qayta tug‘ilishi jarayonida hosil qiluvchi epidermis qavatining «shilliqlanishi» natijasida gulxayri ildizidan, salep tugunagidan va suvda o‘sadigan o‘simlikni hujayra ora1ig‘idagi moddalardan tashkil topgan. Suvda bo‘kishi bilan yopishqoq shilimshiq eritma hosil boiadi.
SALEP SHILLIG‘l - Salep shilligi yuqori stabillash xossasiga ega. 10 g yog‘ni emulgirlash uchun I g salep kukunidan olinadi. 1 g salepni suvda eritib oldin shilimshiq tayyorlanadi. So‘ng uni emulgator sifatida ishlatiladi. Salep shilligi yaxshi emulgirlash xususiyatiga cga.
PEKTIN MODDA - o‘simliklarda pektin moddalar juda keng tarqalgan: sabzavotlar, mcvalar, barglar, urugiarda va ildizlarda.
Ular hujayra devorining tarkibiga kiradi va yon hujayralarni o‘zaro biriktiradi. Pektin moddalarning yana o‘ziga xos xususiyatlari uni kuchli jelatinli xossasidir. Pektin moddalar yuqori molekulali moddalar hisoblanadi. Ularning tuzilish asosi - qisman metil spirtining poligalakturon kislota bilan efirlangani.
PEKTIN - (Pectinum). Bu modda oziq-ovqat sanoatida ishlatilgan 1933-yildan A.L. Katalxerman to‘lonidan dorixonada emulgator sifatida qo‘llaniladi. Pektinning faol jelatinli xususiyatini pasaytirish uchun o‘rik yelimi bilan 1:1 aralashmasidan foydalanish kerak.