O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə159/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Gidrofil - lipofil balansi
Har qanday emulgator samaradorligini ta'riflaydigan maxsus birlik GLB deb - ikki bir-biriga qarama-qarshi gidrofil va gidrofob molekulalar nisbatiga aytiladi.
Hozirgi vaqtda moddalar molckulalarining tuzilishi yoki fizik- kimyoviy xossasiga qarab GLB ahamiyatini aniqlovchi nazariya yo‘q. Shuning uchun 1949-yilda Griffin to‘onidan taklif ctilgan yarim empirik sistema qo‘llaniladi. Bu Griffin soni dcb atalib, sirt-faol moddalarning qaysi molekulalaridan tuzilganligini aniqlaydi, shu alohida guruhlarni suv bilan birikib kirishishini shartli son darajasiga ko‘taradi. Har xil sirt- faol moddalarning GLB soni, molekuladagi guruhlarni son yig‘indisi kerakli formula bo‘yicha hisoblanadj yoki tajriba orqali aniqlanadi.
Sirt-faol moddalarning molekulasida gidrofob qismga nisbatan gidrofil qism qancha ko‘p bo‘lsa, GLB soni shuncha yuqori bo‘ladi. GLB soni hamma tabiatda uchraydigan sirt-faol moddalar uchun ko‘rsatkichi 1 dan 40 gacha bo‘lish mumkin. 10 soni faol moddaning lipofil va gidrofil moddalarning o‘rtasidagi chcgara hisoblanadi. Emulgator yog‘da erisa suvning moydagi emulsiyasini hosil qiladi. Bunda GLB soni 10 dan past bo‘ladi. GLB soni qancha yuqori bo‘lsa, bunday cmulgator moyning suvdagi emulsiyasini hosil qilishga moyil bo‘ladi. GLB ko‘rsatkichi asosan cmulgatorlarni tanlashda xizmat qiladi va sirt-faol modda GLBsi - 1-3 bo‘lsa, ko‘pik so‘ndiruvchi, 3 dan 6 gacha suvni yog‘dagi emulgatori, 7-8 yuvuvchi moddalar, 8-13 gacha moyning suvdagi cmulsiyasini hosil qiluvchi emulgatorlar, 13-15 detergent, 15 dan yuqori bo‘lsa, solubilizator eruvchanlikni oshiruvchi moddalar sifatida ishlatilishga tavsiya etiladi.
Ionogen emulgatorlar
lonogcn emulgatorlar deb, anionli yoki kationli sirt-faol moddalarga aytiladi. Birinchisi suvda parchalanib, manfiy zaryadga, ikkinchisi esa musbat zaryadga ionlashadi. Bu guruhlarning oddiy emulgatorlari sovun (anionli SFM) va ammoniy asosi hosilalariga (kationli SFM) - linimentlar va surtma dorilar bo‘limlarida kcngroq to‘xtab o‘tiladi.
Yelimlar dorixonadagi emulsiyalarni tayyorlashda juda kcng qo‘laniladi. Shilimshiq va pektin moddalar ham ishlatiladi. Bular o‘z xossasi bilan poliarabin kislotasi tuzi va poliuron kislotasi bo‘lgani sababli anion faol emulgatorlarga kirishi kerak edi, ammo bu moddalar- ning yuqori emulgirlash xususiyati bo‘lishi, zarrachalarning ustki qismida himoya parda hosil qilishi, ikki qavatli elektr qatlamining bo‘lishi ionlanadigan guruhlarga kirishini isbotlaydi.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   155   156   157   158   159   160   161   162   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin