O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə135/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Mikrokapsulalar (microcapsulae)
Mikrokapsulalar yangi dori turi bo‘lib, mayda zarracha, to‘lchi, gazsimon moddalar, hatto mikroorganizmlarni ham qobiqlash imko- niyatini beradi. Umuman fizik-kimyoviy xususiyatlaridan qat'i nazar mavjud bo‘lgan hamma moddalarni bu turda tayyorlash mumkin.
Mikrokapsulalash faqat dori ishlab chiqarishda emas, xalq xo‘jali- gining hamma sohasi (qishloq xo‘jaligi, oziq-ovqat sanoati, kosmetika, maishiy xizmat) da keng miqyosda ishlatilmoqda.
G.P.Gryadunova, V.Ya.Lebedenko (1976) ma'lumotlariga ko‘ra, Ger- maniya, Angliya, Fransiya, Italiya, AQSH va Misr mikrokapsulalar bilan keng ko‘lamda shug‘ullanmoqda. Ularni ishlab chiqarish bilan csa 180 ga yaqin firma va ilmiy-tekshirish institutlari shug‘ullanmoqda.
Hozirgi vaqtda mikrokapsula holida bir nccha xil dorilar: vitamin, ferment, antibiotik, antiastmatik, uxlatuvchi, siydik haydovchi, yallig‘- lanishga qarshi, yurak-qon to‘lir kasalliklarida ishlatiladigan dorilar, viruslar, baktcriyalar chiqariladi. Mikrokapsulalar kukun, tabletka, briket, emulsiya, suspenziya, pasta, surtma, malham dori shakllarida bo‘lishi mumkin. Ularning kattaligi 0,5-6500 mikromctr, qobig‘ining qalinligi esa 0,1-400 mikrometr bo‘lishi mumkin. Qobiq og‘irligi mikrokapsulaning 10-70% gachasini tashkil etishi zarur.
Amaliyotda ko‘proq ishlatiladigan mikrokapsulalarning kattaligi 100-500 mikrometr, ta'sir qiluvchi moddasi esa kapsulaning 15-99% ini tashkil qilishi lozim. Mikrokapsulaning shakli dori moddaning agregat holatiga va olinish usuliga bog‘liq.
Suyuq va gazsimon moddalardan tayyorlangan mikrokapsulalar dumaloq shaklda, qattiq moddalardan tayyorlanganlari esa tuxumsimon yoki noto‘g‘ri geometrik shaklda bo‘lishi mumkin.
Qobiq sifatida 50 dan ortiq har xil tabiiy va sun'iy polimerlar ishlatiladi. Ulardan eng ko‘p ishlatiladiganlari jelatina, selluloza hosila- lari, polivinil spirt, polivinil xlorid, polietilen, polipropilen, poliamid va boshqalardir.


Mavzu: Kukunlar
Reja:
1.Kukun dori shakllarining qo‘llanilishi, tarkibi va dozasiga qarab sinflarga bo‘linishi.
2. Kukun dori shakllariga retsept yozish qoidalari va dozasini tekshirish.
3. Umumiy texnologik jarayonlar
Kukunlar ichiladi va sirtga qo‘llaniladi. Ular qattiq dori turi bo‘lib, sochiluvchan va maydalanganda ilashuvchan hamda oddiy ko‘z bilan qaralganda bir xillik xossalarni namoyon qiladi. Kukun dispers muhitsiz har to‘lonlama erkin dispers sistemalar bo‘lib, mayda dispers zarrachalar kattaligi va shakli turlicha bo‘ladi. Kukun tayyorlashda ish-latiladigan suyuqliklar uning sochiluvchanlik xossasiga ta'sir etmasligi kerak. Kukunlar keng doirada ishlatiladi. Kukun shaklida bir yoki bir necha dori moddalari yoziladi. Tarkibi bitta dori moddadan iborat. Kukunlar oddiy kukunlar (Pul-veres simplices), tarkibida ikkita va undan ortiq dori modda-si bo‘lsa, ularni murakkab (yoki aralash) kukunlar (Pul-veres compositi) deyiladi. Kukunlar dozalangan bo‘lib, ular dozaga yoki bir marta qabul qilish uchun bo‘linadi. Doza-lanmaganlari umumiy miqdor bilan dozaga bo‘lmasdan beriladi.
Ichish uchun mo‘ljallangan kukunlar dozalangan ko‘-rinishda bo‘ladi. Sirtga ishlatiladiganlar asosan dozalanma-gan holda beriladi. Kukunlaraing tayyorlanish texnologiya­si umumiy maqola holida X DF berilgan.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   131   132   133   134   135   136   137   138   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin