O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Kichik guruhlarga bo‘lib, ishlash qoidagi bilan tanishtiriladi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə17/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Kichik guruhlarga bo‘lib, ishlash qoidagi bilan tanishtiriladi.
Aqliy hujum metodi
Aqliy hujum metodidan ham lektsiya, ham amaliy darslarda foydalanish qulay. Bu metod bir zumda auditoriyadagi barcha o‘quvchi-talabalarni qamrab olib ularni aktiv holatga keltiradi.
Yaxlit mavzu, uning bir qismi yoki tanlab olingan muammo yuzasidan o‘quvchi-talabalarga beriladigan savollar majmuasi o‘qituvchi tomonidan oldindan tayyorlangan bo‘lishi ishda yaxshi natija beradi.
Aqliy hujum metodi qo‘yilgan muammo yechimiga bog‘liq ravishda 5-10 daqiqa davom etishi mumkin. Bunda o‘quvchi-talabalarning berayotgan javoblariga na o‘qituvchining va na boshqalarning aralashuviga, har qanday fikr bildirishlariga yo‘l qo‘yilmaydi va natijalar baholanmaydi, ballar qo‘yilmaydi. Bu qoida ko‘pincha o‘qituvchi tomonidan avtomatik tarzda buziladi, ya’ni talaba-o‘quvchi bildirgan noto‘g‘ri fikrga tezda o‘z munosabatini bildirib to‘g‘rilaydi. Bu vaziyat talaba-o‘quvchilarni fikrlashdan to‘xtatadi, darsda foydalanilayotgan aqliy hujum metodiga putur yetkazadi. Maqsad: noto‘g‘ri bo‘lsada o‘quvchi-talabaning o‘z fikrini bildirishiga erishishdan iborat. O‘qituvchi umumlashtirishdan so‘ng bildirilgan fikrlarning to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligi har bir talabaga ma’lum bo‘ladi.
Talabalarning fikr yuritishlari o‘qituvchi tomonidan to‘g‘ri yo‘lga solib turiladi va rag‘batlantirilib boriladi. Vaqti-vaqti bilan fikrlar umumlashtirib turiladi.
Muammoning yechimi bo‘yicha fikrlar shaklannib bo‘lgach u oxirgi marta umumlashtiriladi va aniq fikrga kelinadi. SHundan keyin talabalar o‘zlarining takliflarini o‘zlari solishtirib, to‘g‘ri va xato fikrlarini anglab yetishadilar va o‘zlarini o‘zlari baholaydilar. Ammo o‘qituvchining ularga baho yoki tanbeh berishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

Kichik guruhlarga topshiriq beriladi

4 ILOVA


Test savollari
1. Noto‘g‘ri ozilgan retsept uchun kim javobgar?
A. farmatseft; B. *shifokor; C. shifo muassasi ; D.bosh shifokor .
2. Ichiladigan dorilar idishiga qanday rangli etiketka yopishtiriladi?
A. ko‘k; B. sariq ; C.* yashil ; D. pushti.
3. Ko‘z tomchilari uchun qanday rangli etiketka yopishtiriladi?
A. oq ; B. *pushti ; C. sariq; D. ko‘k .
4. Sirtga ishlatiladigan dorilar uchun qanday rangli etiketka yopishtiriladi?
A. ko‘k ; B.* sariq; C. pushti ; D. o‘lovrang.
5. Bemor dorini extiyotlik bilan ishlatishi kerak bo‘lsa qaysi yorliq saqlanmaydi!
A. salqin joyda saqlansin; B. ishlatishdan oldin chayqatilsin;
C. qorong‘i joyda saqlansin; D. *qo‘ng‘ir idishda.
6. Bemorga Retseptni kim yozishga haqli?
A. farmatseft ; B.* shifokor ; C. bosh shifokor ; D. hamshira .
7. Agregat xolatiga qarab dori turlari necha guruxga bo‘linadi?
A. 3 guruxga ; B. 7 guruxga ; C. 8 guruxga ; D. *4 guruxga.

Baholash mezoni bilan tanishtiriladi.


Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin