O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə201/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

Ko‘z surtmalari. Plyonkalar
Ko‘z to‘lchilari va suspcnziyalaridan tashqari ko‘z dori shakli sifatida surtmalar ham ishlatiladi. Surtma dorilar tarkibiga har xil moddalar kiradi: antibiotiklar, sulfanilamid guruhi, simob oksidi va boshqalar. Surtma dori qo‘llanishidan kutilgan maqsad ham har xil bo‘Iishi mumkin (dczinfeksiyalash, og‘riq qoldirish, ko‘z qorachig‘ini kengaytirish, yoxud toraytirish, ko‘z ichki bosimini pasaytirish va hokazo). Ko‘z surtma dorilariga umumiy talablardan (dori moddalarini tckis tarqalgan bo‘lishi, asosning indiffcrentligi va turg‘unligi) tashqari ularni ishlatish usulini hisobga olgan holda quyidagi qo‘shimcha talablar ham qo‘yiladi:
- Surtma asosi hcch qanday qo‘shimchasiz bo‘lishi, indiffcrent, neytral, steril va ko‘z shilliq qavatida tekis tarqalishi kerak;
- Ko‘z surtmalari ascptik sharoitda tayyorlanishi zarur;
- Dori moddalarning zarrachalari optimal maydalikda bo‘lishi lozim.
Ko‘z surtmalari uchun asoslar masalasi - murakkab masala.
Hayvon yog‘lari surtma uchun yaxshi asos bo‘lib hisoblansa ham, ko‘z surtmalari uchun ishlatilmaydi. Chunki, birinchidan, ular ko‘z shilliq qavatida tckis tarqalmaydi, ikkinchidan, turish natijasida achib ko‘zga qo‘yganda uni qitiqlaydi va noxush ta'sir qiladi. Shuning uchun kimyoviy jihatdan indiffcrent hisoblangan uglcvodorod asoslaridan vazelin ishlatiladi. Vazelinning gidrofob xususiyati uni tarkibini biroz o‘zgartirish kcrakligini ko‘rsatadi. Shuning uchun DF ko‘z surtmalari uchun asos sifatida 90 qism vazelin va 10 qism suvsiz lanolindan iborat tarkibni ishlatishni tavsiya etadi. Aralashma eritilib, filtrlanib, mexanik aralashmalardan tozalanadi, 10 g dan qadoqlanib saqlanadi. Asos tarkibidagi lanolin uni ko‘z shilliq qavatida tekis tarqalishiga sabab bo‘ladi. Ko‘z asoslari tarkibida ishlatiladigan vazelin «Ko‘z surtmalari uchun» navli, ya'ni tozalangan bo‘Iishi kerak. Oddiy vazelin bu maqsadda ishlatilmaydi. Oddiy vazelinni tozalash quyidagicha olib boriladi. Ma'lum hajmda vazelin eritilib unga 1-2% miqdorida faollashtirilgan ko‘mir solinadi. Aralashma 150°C ga yetkazilib 1-2 soat qizdiriladi. Issiq vazelin qog‘oz filtr orqali filtrlanadi va steril bankalarga quyiladi. Neytrallah, organik qo‘shimchalari yo‘qligi aniqlanib, so‘ng ishlatilishi mumkin.
Ko‘z surtmalari uchun 93 qism glitserin, 7 qism kraxmal va 7 qism suvdan tashkil topgan asos ishlatish hollari ham uchraydi. Asosning muhiti neytral, ko‘z konyuktivida oson tarqaladi, oson yuviladi, gidrofil xususiyatli. Ammo uni turg‘un emasligi, saqlanganda har xil bo‘lakcha hosil qiiib, surtish xossasi yo‘qolishi (sinerezis) va kuchli gigroskopik xususiyati uni keng tarqalishiga to‘sqinlik qiladigan omillardan sanaladi.
Keyingi vaqtlarda ko‘z surtma asoslari sifatida yuqori molckulali birikmalarni (natriy alginat, natriy karboksimetilselluloza kabi) gidrofil asoslari taklif etilgan. Ular ko‘z shilliq to‘qimalarida yaxshi tarqaladi, o‘zidan dori moddani ycngil ajratadi. Ammo mikroorganizmga juda ta'sirchan, tez buziladi. Shuning uchun ularning tarkibiga konservantlar qo‘shiladi.
Tayyorlash texnologiyasi. Ko‘z surtma dorilarni tayyorlash dermato- logiyada qoMlaniladigan surtmalar kabi bo‘lib, farqi aseptik sharoitni talab qiladi. Texnologiyasida ishlatiladigan hamma dorivor moddalar, asos va yordamchi moddalar haroratga chidamli bo‘lsa, ular oxirgi DFda ko‘rsatilgan usullarda stcrillanadi.
Surtma tayyorlashda eng asosiy omil - dori modda zarrachasining qulay darajadagi maydaligini ta'minlashdir.
Dori moddani kerakli darajada maydalash uchun uni maMum qism suyuqlikda yoki eritilgan asosda ezgMlab olinadi. Suvda eriydigan moddalar masalan, alkaloidlar, novokain, protargol va boshqalar oz miqdordagi steril suvda critilib, so‘ngra asos tarkibiga qo‘shiladi. Protargolni asosda tarqalishi va crishini (ezlatish maqsadida esa unga bir to‘lchi steril glitserin to‘liziladi. Rezorsin va rux sulfatni ko‘z surtmalari dcrmatologiyada ishlatiladigan surtmalardan farqlanib, suvda eritib, so‘ng asosga kiritiladi. Erimaydigan moddalar (rux oksid, kscroform, sariq simob oksidi) surtma tarkibiga o‘ta mayda zarracha holida qo‘shiladi. Ularni steril suyuq parafin, glitserin yoki suv bilan maydalanadi. Ko‘z surtmalarining sifat ko‘rsatkichlari XI DFsi II qism, 146-betda keltirilgan «Surtmalarda dori modda zarrachalari oMchamini aniqlash» usuli bilan aniqlanadi.
Rp: Unguenti Zinci sulfatis 0,5% - 10,0D.S. 0‘ng ko‘zga kuniga 1 marta surliladi.



Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   197   198   199   200   201   202   203   204   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin