O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi jizzax viloyati kasbiy ta’limni rivojlantirish va muvofiqlashtirish hududiy boshqarmasi Jizzax viloyati Do‘stlik Abu Ali ibn Sino nomidagi jamoat salomatligi texnikumi


Suvsiz erituvchilar. O‘simlik moylari



Yüklə 2,62 Mb.
səhifə197/212
tarix16.12.2023
ölçüsü2,62 Mb.
#182673
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   212
Farmasevtika texnologiya to\'plam 2022

    Bu səhifədəki naviqasiya:
  • Etanol.
Suvsiz erituvchilar. O‘simlik moylari (olea pingua)
O‘simlik moylari sifatida kam qovushqoq shaftoli, o‘rik va bodom moylari ishlatiladi. Ular boshqa moylarga qaraganda shpris ignasidan oson o‘tadi. Tibbiyotda qo‘llaniladigan moylar faqat sovuq siqish yo‘li bilan olingan bo‘lishi ke-rak. Parenteral dorilar tayyorlash uchun ishlatiladigan moy­lar kislotaligi eng kam darajada bo‘lishi kerak (kislota soni 2,5 gacha). Aks holda inyeksiya vaqtida og‘riq paydo qiladi. Adabiyotlarda keltirilishicha, bu dori turini tayyorlashda kungaboqar va eryong‘oq moylaridan ham foydalanish mumkin.
XI DF bo‘yicha inyeksiya uchun dori turini tayyorlash­da ishlatiladigan moylar tarkibida 0,001 % gacha sovun bo‘-lishiga ruxsat etiladi. Bum tekshirib ko‘rish usuli farmako-peyaning moylar maqolasida keltirilgan. Moylar og‘zi jips berkitiladigan idishlarda, salqin va qorong‘u joyda saqla-nadi. Ular quritgich javonlarda 180—200°C da 15-20 minut yoki avtoklavda 120°C da 2 soat sterillanadi. Suvda erimay-digan moddalarni eritish yoki dorilar ta'sirini uzaytirish maqsadida ishlatiladi.
Etanol. Perenteral dorilar tayyorlashda erituvchi sifati­da juda kam qo‘llanilib, odatda, 10—30 % li eritmalari ish­latiladi.
Inyeksion eritmalar uchun flakonlar
Sterillangan eritmalar tayyorlash, berish va saqlash uchun ishlatiladigan idishlar kimyoviyjarayonlarga chidamli va neytral shishalardan yasalgan bo‘lishi shart. Shisha — murakkab silikat qotishmadan iborat bo‘lib, suvda eriydigan-lari qisman gidrolizga uchrab, ishqor hosil qiladi. Bu jarayon sterilizatsiya davrida issiqlik ta'sirida yana ham kuchayadi. Ba'-zi moddalar, masalan, alkaloid tuzlari, adrenalin va boshqa -lar ishqoriy sharoitda cho‘kmaga tez tushadi va ular suvda kam yoki umuman erimaydi. Glukoza esa ishqoriy muhitda karamelizatsiyalanadi, eritrna bo‘yaladi.
Dorixonada inyeksion eritmalarni tayyorlash uchun NS-2 ishlatiladi. AB-1 ishqoriy shisha flakonlar va MTO (tibbiyot uchun rangsizlantirilgan tarali shisha), shuningdek noma'-lum shishali flakonlar markasi ishlatishdan avval ishqoriy-ligiga tekshiriladi va ularni qayta ishlanadi. Buni quyidagicha bajariladi: 5 ta flakonni sinash uchun tanlab olinadi, vodo-provod suvida yaxshilab yuviladi, tozalangan suv bilan chayiladi va | qismiga metil qizilning nordon suvi quyiladi. (1 ml 0,1 natriy xlorid kislotani 1 1 distillangan suvga to‘li-ziladi va 5 to‘lchi metil qizilning spirtli eritmasi to‘lizila-di) va avtoklavda 12ГС da (1,1 atm) 30 minut yoki 100°C da 1 soat davomida sterilizatsiyalanadi. Agar sterilizatsiya-dan so‘ng eritma rangi qizildan sariq ranggacha o‘zgargan bo‘lsa, demak shisha idishga qaytadan ishlov berish zarur. Qayta ishlash uchun flakonlarning 3/4 qismiga distillangan suv to‘ldiriladi va sterilizatsiyalanadi. Suv tindirilgandan so‘ng yana boshqa yangi distillangan suv bilan almashtiri-ladi va yana sterillanadi. Ikki marta qayta ishlangandan so‘ng, shisha flakonlar neytral holga keladi.

Yüklə 2,62 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   193   194   195   196   197   198   199   200   ...   212




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin